Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni 
o„zgartirish muammosi 
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli 
tizimini ishlab chiqqan: 
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g‗oyalar, 
tushuncha va tasavvurlar majmui; 
B. Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan 
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); 
V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda 
amalga oshirishi mumkin bo‗lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‗lish). 
Bu uch xil komponentlar o‗zaro bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lib, vaziyatga 


qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‗lishi mumkin. SHuni aytish 
lozimki, komponentlararo monandlik bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim 
talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‗lsalar 
ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», 
«jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat 
komponentlarida uyg‗unlik yo‗qligini ko‗rsatadi. Bu bir qarashda so‗z va ish 
birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‗lishini eslatadi. Agar 
odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa 
bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‗rganib qoladi va ustanovkaga aylanib 
qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar 
vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‗lmasligiga yoshlarni o‗rgatib 
borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga 
bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
2. Motiv tasnifi. 
Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‗zimizning 
shaxsiy ma‘lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga 
ajratishni lozim topdik.
I. SHaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‗unlashgan, ularning mohiyati 
mezoni orqali o‗lchanuvchi motivlar:
1) 
dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‗lgan g‗oyaviy motivlar;
2) 
ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi
shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar; 
3) 
jamiyatning axloqiy me‘yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, 
etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; 
4) 
borliq go‗zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in‘ikos etuvchi nafosat 
(estetik) motivlari. 
II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‗yicha umumiylikka ega 
bo‗lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: 
1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); 
2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar; 


3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‗naltirilgan protsessual 
motivlar; 
4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‗ljallangan 
rag‗batlanuv, mukofot motivlari. 
III. Faoliyat turlari mohiyatini o‗zida aks ettiruvchi motivlar: 
1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; 
2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‗zida namoyon etuvchi motivlar; 
3) o‗qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. 
IV. Paydo bo‗lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan 
umumiylikka ega bo‗lgan motivlar: 
1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; 
2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; 
3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab 
etuvchi motivlar. 
V. Vujudga kelishi, kechish sur‘ati bioquvvat bilan o‗lchanuvchi motivlar: 
1) kuchli, qudratli, ta‘sir doirasidagi shijoatli motivlar; 
2) paydo bo‗lishi, kechishi o‗rta sur‘atli motivlar; 
3) yuzaga kelishi, kechishi sust sur‘atli motivlar. 
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati
xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: 
1) 
aniq, yaqqol, voqe bo‗luvchi real motivlar; 
2) 
zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; 
3) 
imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini 
o‗zida mujassamlashtiruvchi motivlar. 
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga 
keltiruvchi motivlar: 
1) 
biologik motivlar; 
2) 
psixologik motivlar; 
3) 
yuksak psixologik motivlar. 
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta‘siri.


Bu o‗rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O‗qish-bilim olish 
faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‗ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu 
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‗nikmalar 
o‗zlashtriladi.
Foliyat turlari o‗z-o‗zidan ro‗y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy 
xulqi va o‗zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o‗z-o‗zidan ro‗y 
bermaydi. ęaoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun 
psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma‘noga ega. 
Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‗lanishi, yo‗nalishi va faolligini 
tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u 
yoki bu shaxs xulqini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», 
«qanday manfaat yo‗lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani 
qidirish demakdir. 
Haxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‗zini tutish sabablarini 
o‗rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lib, masalani yoritishning ikki jihati 
farqlanadi. 
1. Ichki sabablar, ya‘ni xatti – harakat egasining sub‘ektiv psixologik 
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‗ljallar, 
istaklar, qiziqishlar va h.k.). 
2. Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar. 
YA‘ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan tashqi 
stimullardir. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin