Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs? 
2. SHaxsning ijtimoiylashuv jarayoniga nimalar kiradi? 
3. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish ? 
4. Kasbiy saralash jarayonida amalga oshiriladigan ishlarga nimalar kiradi? 
5. Kasb tanlash yo‗nalishlarini gapiring? 
6. 
Kasbiy tayyorgarlik haqida tushuncha bering?
 
KASBIY MOTIV VA MOTIVATSIYA MEHNAT FAOLIYATI 
MOTIVLARI 
Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng 
doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida YE.A.Klimov, 
V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni 
kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog‘liq motivasiyalarni 3 
guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - 
kasb tanlash motivlari va uchinchisi-ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat 
esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya‘ni, bunda mehnat faoliyati 
motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita 
motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. Mehnat faoliyati 
motivlari xilma-xil bo‘lib, ular o‘ziga xos omillar bilan belgilanadi. Birinchi 
guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg‘onishi bilan bog‘liqlari kiritilib, 
bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, 
mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan 
tobelikni hohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi. Ikkinchi guruh omillari o‘zi va 
oilasi uchun moddiy mablag‘ning orttirilishi, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarning 
qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir. Uchinchi guruhga o‘zini o‘zi 


faollashtirish, rivojlantirish, o‘zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va 
boshqalar kiradi. Ma‘lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan 
shug‘ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste‘molchi balki yaratuvchi 
bo‘lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv 
jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini 
qozonish bilan bog‘liq. Maktab o‘quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu 
motiv bilan bog‘liq ravishda shakllantiriladi. Mehnat faoliyatining umumiy 
motivlari yuqorida aytib o‘tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. 
Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion jarayondir. Axir shaxsning to‘g‘ri 
kasb tanlashi ko‘pincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab bo‘ladi. 
Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko‘proq tashqi omillar haqidagi qarorning 
qabul qilinishi jarayoni haqida to‘xtalishi muhimdir. Bu asosan tashqi holat 
baholariga, o‘zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va 
moyilliklariga bog‘liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta‘sir ko‘rsatadigan 
omillar, o‘zida ishlab topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan 
korxona, muassasaning yashash joyiga yaqin bo‘lishi, transpot aloqalarining 
qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi 
psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi. O‘z 
imkoniyatlarini baholash sog‘lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi bo‘yicha muhim 
sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli 
ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni 
o‘z ichiga oladi. Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni 
vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to‘siqlari, ishni 
boshqarish, kasbiy o‘sish, tashabbusning paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. 
Ba‘zan qiziqish bo‘yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish 
joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya 
qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi: 
1) 
Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi). 
2) 
Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart 
sharoitlarni ro‘yobga chiqarish). 


3) 
Komformist.
4) 
Kasbiy motivasiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya‘ni 
yaqinlarini, do‘st va tanishlarining maslahatlari bilan). 
Kasbga yo‗naltirishda hal qiluvchi davr o‗smirning o‗z istagi yoki 
zaruratiga ko‗ra, tanlagan va uning mehnat yo‗lini belgilaydigan kasbga 
kirishish davridir. Bu davr shuning uchun ham hal qiluvchiki, kishining mehnat 
yo‗li bo‗lishi, bu yo‗lda u qanchalik uzoq vaqt muvaffaqiyatli bora olishi ishlab 
chiqarishni xodimlar o‗rtasidagi muomalani endi o‗quvchi emas, balki boshqa 
rolni malakali xodim rolini qanchalik oson yoki qiyin, tez yoki sekin 
o‗zlashtirishiga bog‗liq.
Kasbiy moslashuv – bu yosh insonning asta-sekin kasbiy mehnat 
sharoitiga kirish vazifasiga ko‗ra emas, balki uning psixik xususiyatiga ko‗ra 
talaba o‗quvchilikdan malakali xodimga aylanishidir.
Organizmning ishlab chiqarish muhiti va mehnat rejimiga moslashish 
tarzida biologik ko‗nikish elementlarini ham o‗z ichiga olgan holda kasbga 
ko‗nikish bir butunlikda ijtimoiy ko‗nikishning asosiy turi hisoblanadi. Kasbiy 
moslashuv davri odatda uchta o‗ziga xos bosqich bo‗yicha boradiki, ularning har 
biri kasbiy ta‘lim pedagoglari uchun juda muhim xususiyatga ega.
1. 
Kasbiy moslashishning birinchi bosqichi tanishtirish bo‗lib, 
o‗zining atrof muhitidagi yangi rolini anglashidan iborat. U tanlangan kasb 
bo‗yicha muayyan malaka olishga qaror qilgandan boshlanadi va ishlab 
chiqarish ta‘limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida, o‗quv qobiliyatlari 
kasb-hunar kolleji tayanch korxona bilan tanishishdan boshlanadi. Kasbiy 
moslashishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‗g‗riligini 
o‗smir o‗zi baholaydi. Kasbga, ishlab chiqarish mehnati guruhlariga va 
o‗qituvchilariga, kasb-hunar kelleji va korxonaga munosabati vujudga keladi. 
O‗smir o‗z kelajagiga nazar tashlaydi hamda tanlagan kasbida qanday jozibali 
va qandaydir kamchilik tomonlarini ko‗radi.
Sohalar haqidagi o‗y- xayollar barbod bo‗ladi. Hamda yangi umid va 
intilishlar paydo bo‗ladi. Ta‘sirchan o‗smirlar ongida sabablarning qattiq kurashi 


ketadi. Bu kurash oqibati boshqa bir mashg‗ulotga bo‗lgan oldingi intilishlar 
engadimi yoki yangi egallash mavqega muvofiq yangi intilishlar tug‗iladimi, 
bularning hammasi birinchi mashg‗ulot: muallim va yaqin kelajakda o‗qish va 
ishga to‗g‗ri keladigan kasb hunar kolleji va korxonalarning tuzilishi, ulardagi 
umumiy sharoitlar uyg‗otadigan taassurotga bog‗liq bo‗ladi.
2. Kasbiy moslashishning ikkinchi tayyorlov bosqichi – ijtimoiy umumiy 
texnika va maxsus predmetlar hamda o‗quv xonalarida ishlab chiqarish ta‘limini 
asosli o‗rganishdan iborat bo‗lib, bu kasb o‗rganishdir. Bu erda ham tanlangan 
mehnat yo‗lini baholash davom etadi. Atrof muhitga, ta‘limga va 
o‗zlashtirilayotgan mehnatga munosabat o‗zgaradi. Biroq hal qiluvchi narsa 
taassurot emas, balki o‗quv mehnatidagi yutuq va kamchiliklar bo‗ladi. Kasbiy 
moslashishning ancha uzoq va ma‘suliyatli bo‗lgan bu bosqichida kasbini 
o‗zlashtirayotgan malakali xodim shaxsining daslabki shakllanishi yuz beradi. 
Bu shakllanishning muvaffaqiyati o‗zining o‗quv mehnati natijasidan 
qanoatlanishi va qanoatlanmasligiga bog‗liq yutuqlar quvontiradi va ilhom 
beradi, yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga undaydi, tasodifiy muvaffaqiyatsizlik 
yanada ko‗proq kuchni safarbar qilishni talab qiladi. Ammo bunday holat tez-tez 
bo‗lib tursa, doimiy muvaffaqiyatsizlik esa ishdan, o‗qishdan va kasbdan 
ixlosini qaytaradi. O‗quv predmeti va ishlab chiqarish mashqlariga bo‗lgan 
qiziqishning paydo bo‗lishi, kuchayishi yoxud yo‗qolishini hamda kasbni 
yoqtirmay qolishi ana shu yutuq va muvaffaqiyatsizliklarga bog‗liq bo‗ladi. 
Bularning hammasi avvalo pedagoglarga o‗quvchilarning yutug‗i va 
muvaffaqiyatsizligi o‗quvchining ruhiy holatiga ko‗ra qanchalik e‘tibor 
berishlariga hamda ularning qanchalik mohirlik bilan boshqara bilishiga bog‗liq. 
3. Kasbiy moslashishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona 
xodimlari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‗quvchi-talaba o‗zini o‗rab olgan 
o‗sha jamoaning a‘zosi sifatida his qiladigan ammo ular darajasida malaka 
orttirmagan mehnat unumdorligi va mahsuloti sifatini ta‘minlay olmaydigan, 
ba‘zan xato va beparvoliklarga yo‗l qo‗yadigan, ishlab chiqarish amaliyoti 
davrida boshlanadi. Rasmiy jihatdan o‗zining tengligi va atrofdagi kishilar 


bilan ishlab chiqarish malakasida tez emasligi hamda ularning yosh xodimga 
«temir qanot qushcha» deb munosabatda bo‗lishini anglash uning bu 
bosqichdagi kasbiy moslashish jarayonini favqulodda murakkablashtirib 
qo‗yadi. Buni ijobiy hal qilish esa amaliyotda korxona xodimlari bilan o‗zaro 
munosabati qanday bo‗lishi kasb-hunar kollejini tugatgach ular bilan birgalikda 
qiladigan mehnatga bog‗liq bo‗ladi.
Har qanday faoliyat asosida mehnat yotadi. Mehnat esa muayyan kasb-
hunar bilan bog‗liq bo‗lib, o‗ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. 
Mehnatning ana shunday xususiyatlaridan biri yoshlarning kasb-hunarga 
moslashish shartidir. Mazkur pedagogik omil bir nechta bosqichlardan iborat. U 
o‗z imkoniyatlariga mos mehnat jamoasini tanlash, undagi vaziyatni to‗g‗ri 
baholay olish, to‗plangan amaliy tajriba va bilimlarni ish faoliyatiga joriy etish, 
mustaqil ko‗nikma hosil qilish kabi bir qancha shartlarni o‗z ichiga olgan ushbu 
jarayonni umumiy mezon bilan baholash mumkin. Bunday mezon mehnatning 
hayotiy qadriyat ekanini tushunib etish, kasb-hunarga nisbatan o‗z salohiyatini 
baholay olish, mehnat faoliyati va jamoadagi sharoitdan qoniqish, kasbga 
qiziqish, mehnat faoliyatiga oid ko‗nikmaning shakllanishi asosida aniqlanadi. 
Bu esa kasb-hunarga moslashishga yordam beruvchi yoki to‗sqinlik qiluvchi 
ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablarni tahlil etishda qo‗llaniladi. 
Endi ana shu omillarga to‗xtaladigan bo‗lsak, vujudga kelgan ijtimoiy 
munosabatlar, mehnat sharoiti, rag‗batlantirish tizimi, ishxonadagi ma‘naviy 
muhit moslashuv jarayoniga yordam beradi. Sub‘ektiv omillar ko‗p hollarda 
yoshlarning shaxsiy xususiyatlari bilan bog‗liq holda paydo bo‗ladi. Ular 
yoshlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarining qanoatlantirilishi, haqiqiy 
vaziyat va istakning muvozanatini ifodalaydi. Tadqiqotlar natijasi shuni 
ko‗rsatadiki, o‗smirlarda kelgusi hayot haqida turli-tuman rejalar mavjud 
bo‗ladi. Lekin ularning aksariyati real voqelikka asoslanmagani bois, orzuligicha 
qolib ketadi. SHu bois, o‗smir yoshlarning reja va istaklarini inobatga olgan 
holda ularning aqliy qobiliyati va muayyan kasb-hunarga qiziqishini o‗rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda maxsus so‗rovnomalar o‗tkazish usuli 


yaxshi samara beradi. Kasb-hunarga qiziqish unga moslashishga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi asosiy xususiyat hisoblanadi. U shaxsning doimiy xislatini ifoda 
etadi va o‗smir yoshlarning bajaradigan ishiga nisbatan munosabatini belgilaydi. 
Lekin u o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmaydi, aksincha, o‗quv jarayoni va muhit 
ta‘sirida shakllanadi. 
Kasb-hunarga moslashish sharoiti bir nechta ta‘sir etuvchi omillar 
natijasida yuzaga keladi. Ularning birinchisi tashqi ta‘sir omillari bo‗lib, kichik 
yoshdagi maktab o‗quvchilariga mo‗ljallangan ma‘naviy-tarbiyaviy ishlar, 
ijtimoiy-tarbiyaviy mehnat, oilaviy tarbiya, jamoatchilik tarbiyasi kabi 
tarmoqlardan iborat. Maktabdagi va atrofdagi muhit, ota-onaning kasbi-kori, 
shaxsning ichki va tashqi tabiati, oilaviy kasb-hunar an‘analaridan tashkil topgan 
ijtimoiy pedagogik omillar ikkinchi guruh hisoblanadi. Uchinchi guruhga kasb-
hunarni to‗g‗ri tanlay olish, unga nisbatan qiziqish, malaka, ish sharoiti, mehnat 
faoliyatining samaradorligi kabi o‗ziga xos omillar kiradi. Ana shu omillarni 
uyg‗unlashtirish kasbga moslashuv jarayoniga ijobiy ta‘sir etish barobarida 
ta‘lim – tarbiya tizimiga ilg‗or pedagogik texnologiyalarni va ish tajribalarini 
joriy qilishni taqozo etadi. Bunday pedagogik tadqiqotlar yoshlarning muayyan 
kasb-hunarni mukammal va tez fursatda egallashiga yordam beradi. Bu hol o‗z 
navbatida shaxs va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin