1) Ijtimoiy funksiyasi deganda jamiyatning to‗laqonli va teng huquqli
a‘zosi sifatida ijtimoiy kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan
qadriyatlar, normalar va bilimlarning ma‘lum tizimini o‗zlashtirish nazarda
tutiladi.
2) Iqtisodiy
fuksiyasi
deganda
xodimlarning
sifat
tarkibini
takomillashtirish, kasbiy faollikni yuksaltirish, ishlab chiqarish unumdorligini va
malakasini oshirish tushuniladi.
3) Psixolog-pedagogik funksiyasi deganda ma‘lum kasbni tanlagan
kishining individual xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish va inobatga olishni
tushunish mumkin.
4) Tibbiy fiziologik funksiyasi deganda sog‗liqqa va alohida fiziologik
xususiyatlarga nisbatan u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirishda zarur
bo‗ladigan talablarni hisobga olish nazarda tutiladi .
SHunday qilib kasbiy o‗zini-o‗zi aniqlash jarayonininng muhim
komponentlaridan biri hisoblangan - kasbiy yo‗nalganlikni hisobga olmaslik
insonning noto‗g‗ri, o‗ziga mos bo‗lmagan kasbni tanlashga olib kelishi
mumkin. Bundan shaxsning o‗zi ham, jamiyat ham manfaatdor emas.
Kasbiy yaroqlilikning ikki xil turi farqlanadi: mutloq kasbiy yaroqlilik
(bunda insondan maxsus qobiliyat talab qilinadigan kasblar uchun yaroqlilik
nazarda tutiladi)va nisbiy kasbiy yaroqlilik (bunda har qanday sog‗lom inson
uchun imkon darajasida bo‗lgan kasblarga yaroqlilik nazarda tutiladi).
Dostları ilə paylaş: