Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Xotira jarayonining asoslari uch yo„nalishda o„rganilgan



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Xotira jarayonining asoslari uch yo„nalishda o„rganilgan: psixologik
neyrofiziologik, bioximik. 
Xotira jarayonlariga esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va 
unitish jarayonlari kiradi. Esda olib qolish- qabul qilinayotgan predmet va 
hodisalarni tasavvurlar sifatida qabul qilishdir. Esda olib qolish – xotira, 
materiali bo‗lib, qayta esga tushirish xotira mazmunidir. Esda olib qolish 
mexanik va mantiqiy, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‗ladi. 


Mexanik esda olib qolish tashqi bog„lanishlar orqali xotirlab qolish 
bilan bog„liqdir. 
Mantiqiy esda olib qolish ichki ma‘noga ega bo‗lgan bog‗lanishlarni 
xotiralashdir. 
Ihtiyorsiz xotira oldindan maqsad qo‗yilmagan, material tanlanmagan 
holda yuz beradi. 
Ixtiyoriy xotira maqsad qo‗yilib, material tanlangan holda amalga 
oshiriladi. 
Maxsus usullar- bu aktiv (qayta gavdalantirish) va passiv (bitta mateialni 
qayta idrok etish). 
Xotira jarayonida vaqtning ahamiyati katta. U uzluksiz va taqsimlangan 
bo‗ladi. Vaqtning taqsimlanishi M.N. SHardakovning tadqiqotlarida o‗z aksini 
topgan. Xotirada materialni taqsimlash ham katta ahamiyatga ega. Kichik 
material yaxlitligicha, katta material esa bo‗lingan holda xotirada olib qolinishi 
yoki unda qo‗shma usulni qo‗llash samaralidir (o‗qish, anglash, qismlarga bo‗lib 
yodlash). 
Esda olib qolinayotgan materialga shaxsiy munosabat – bu shaxsiy 
yo‗llanma bo‗lib, har bir odamda o‗ziga xos holda namoyon bo‗ladi. Esda olib 
qolingan materialni saqlash – xotira jarayoni bo‗lib, unda ong harakati yuzaga 
keladi. Xotirada inson tomonidan qabul qilingan barcha narsa qoladi va ma‘lum 
miqdori esdan chiqadi. 
Qayta esga tushirish – esda olib qolingan materialni aktuallashtirish 
bo‗lib, u uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga o‗tadi. Esga tushirish tanish 
yoki xotiralash, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin