Hukm – tugallangan fikrdir. Xukm –predmet yoki xususiyatni tasdiqlash
yoki nikor etish bilan bog‗liq fikrdir.
Masalan, ―Toshkent – O‗zbekiston poytaxti‖, ―Tosh suvda suzmaydi‖.
Hukmning quyidagi turlari mavjud: birlamchi (yagona predmet haqida),
xususiy yoki qismiy (predmet yoki xodisa qismiga xos), umumiy (umuman
predmet haqida).
Xulosa – tafakkurning mantiqiy shakli bo‗lib, bir necha ma‘lum xukmdan
yagona xulosa qilinadi. Xulosalar – induktiv, deduktiv, analogiya turlariga
bo‗linadi.
1.
Induktiv xulosa –bir necha birlamchi xukmlardan yagona xulosa
qilishdir. Masalan, ―Daraxt qizdirilganda kengayadi‖, ―Temir qizdirilganda
kengayadi‖, ―Suv istilganda kenayadi‖, xulosa ―barcha jismlar qizdirilganda
kengayadi‖.
Deduktiv xulosa – umumiy xukmdan birlamchi xukmga xulosa qilinadi.
―Barcha metallar elektr tokini yaxshi o‗tkazadi: Alyuminiy metall‖. Demak
―alyuminiy – yaxshi elektr o‗tkazuvchidir‖.
Tushuncha. Tafakkur jarayonida tushunchalar paydo bo‗ladi, ular o‗zaro
bog‗liqlik va munosabatlarni yanada aniqroq, chuqurroq anglashga imkon
beradi. Biror bir predmet yoki xodisaning tushunchasini bilish – bu bir necha
xukmga ega bo‗lishidir.
Dostları ilə paylaş: