Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Kasb tanlash yo„nalishlari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Kasb tanlash yo„nalishlari 
Kasb tanlash bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗nalishlarga to‗xtalib o‗tamiz. 
Ulardan birinchisi kasbiy ma‘rifat hisoblanadi. Kasbiy ma‘rifat deb tanlanadigan 
kasb haqida, uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni 
uzatishga aytiladi. SHuning uchun ma‘lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb 
haqida, uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha ko‗p ma‘lumotlarga ega 
bo‗lishlik shu kasbni tanlashda to‗g‗ri qaror qabul qilishga yordam beradi. 
Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday 
qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yo‗lining boshida 
turgan o‗spirin uchun juda foydali hisoblanadi.
Keyingi yo‗nalish –kasbiy maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi 
vazifalarni bajarishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi: 
A) Lug‗aviy- ma‘lumot berish vazifasini bajaradi. Bu ma‘lumotlar ishga 
joylashish kanallari, ishga kirishga qo‗yiladigan talablar, turli xil kasblarni 
egallash imkoniyatlari, kasbiy o‗sishning kelajakdagi yo‗nalishlari haqida ish 
axtaruvchiga xabar beradi. 


B) Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub‘ekti shaxsini 
uning ma‘lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai-
nazardan o‗rganish haqida gap ketadi. Biz o‗z tadqiqotimizda ham mazkur 
masalaga etiborimizni qaratganmiz. 
V) Korreksion vazifani bajaradi. Kasb tanlash sub‘ektining imkoniyatlariga 
uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab o‗zgartirish korreksiya deb ataladi 
Kasbiy yo‗nalganlik bu talabaning o‗z bilim, tajriba va qobiliyatini 
tanlagan kasbi sohasida qo‗llash uchun shaxsiy intilishidir. SHaxsning kasbiy 
yo‗nalganligi kasbga nisbatan ijobiy munosabat, unga qiziqish va layoqat, 
shaxsiy tayyorgarlikni takomillashtirish istagi, o‗z kasbi sohasida mehnat qilib, 
moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishini o‗z ichiga oladi. SHuningdek, 
kasbiy yo‗nalganlik kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni hamda 
qabul qilishni nazarda tutadi. 
Talabalarda kasbiy yo‗nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash 
imkoniyatlariga ishontirish, bo‗lg‗usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, 
mehnat an‘analarini targ‗ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik 
tomonlarini, uning ijodiy xarakterini ko‗rsatish zarur. 
SHaxsning kasbiy kamoloti masalasi uning hayotida muhim o‗rin tutadigan 
faoliyat yo‗nalishidir. Bu faoliyat yo‗nalishini to‗g‗ri tanlash va belgilash keng 
ko‗lamdagi shaxsiy muammolarni hal etishga olib keladi. SHunga ko‗ra, 
quyidagi mulohazaga e‘tibor qaratish ancha muhimdir. ―Kasb tanlash – kasb 
talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va 
xislatlari ustuvorligiga ko‗ra munosibrog‗ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash 
kasbiy yo‗nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabrog‗ jarayon. CHunki 
shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik 
(bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini 
aniqlash talab etiladi.
Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‗lib, 
bunda tayyorgarlik ikki xil ko‗rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‗rganish 
(qo‗shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim 


muassasalarida ta‘lim olish orqali. Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini 
belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik‖ 
holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham 
nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, 
bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‗z 
imkoniyatlarini ro‗yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‗z ichki 
imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma‘lum kasbning talablariga uning 
imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‗ladi. Kasb tanlash ma‘lum bir 
kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub‘ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov 
ob‘ekti) munosabatlarini o‗zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi:. Tanlov 
sub‘ekti va tanlov ob‘ekti o‗rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‗rganish 
davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‗lmasdan, balki qator 
bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi 
omillarga va kasb tanlash sub‘ektining individual xususiyatlariga bog‗liq holda 
kechadi. 
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish davomida bugungi kunda mavjud 
bo‗lgan muammolarni bartaraf qilish choralarini belgilab olishimiz lozim. Bu 
muammolarga quyidagilar kiradi: 
- kasb – hunarga yo‗naltirish ishlarining mazmun va mohiyatini keng 
jamoatchilik, ayniqsa, ota-onalar o‗rtasida keng targ‗ibot qilish ishlarini 
kuchaytirish; 
- ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlarida kasb-hunarga yo‗naltirish 
ishlarining ilmiy, o‗quv-metodik, me‘yoriy bazalarini yaratish; 
- kasb-hunarga yo‗naltirishning zamonaviy axborot texnologiyalarini 
ishlab chiqish va amaliyotga izchil tatbiq etish; 
- kasb-hunarga yo‗naltirishning uzluksizligini ta‘minlaydigan va yuqori 
samaradorlikka erishish imkonini beradigan noan‘anaviy texnologiyalarni 
yaratish; 
- kasbiy axborot va maslahatlarning elektron tashuvchi vositalarini yaratish; 


- xorijiy mamlakatlarning kasb-hunarga yo‗naltirish ishlarida ilg‗or 
tajribalarini o‗rganish va amaliyotga tatbiq etish; 
- hududiy tashxis Markazlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimini shakllantirish va takomillashtirish. 
O‗spirinlarning kasbiy o‗zlikni anglashi borasidagi holatlari tahlil 
qilinganda, ularning kasblar to‗g‗risidagi tushunchalarida sayozlik mavjudligi 
ko‗zga tashlandi. Bundan tashqari, kasbiy o‗zligini anglash bilan ma‘lum kasbni 
tanlash jarayoni o‗rtasida ta‘lim-tarbiya muhiti va atrofdagilarning ta‘siri 
omillarini nazardan chetda tutmasligimiz lozim bo‗ladi. Mazkur o‗zaro ta‘sir 
jarayonlaridagi dialektik bog‗liqlikning o‗ziyoq ushbu masalaning naqadar 
murakkabligidan dalolat beradi. Masalan, birgina kasbiy maslahatni tashkil 
etishning o‗zining bir qator bosqichlari mavjud:
a) kasbiy ma‘lumot bosqichida shaxs o‗zi uchun mehnatni tashkil etish, 
ishga qabul qilish talablari, turli kasblarni egallashi, ularni tayyorlash 
bosqichlari va ta‘lim olish muddati, mehnat haqi va kasbning istiqboli xususida 
ma‘lumotlar oladi .
b) diagnostik bosqichda shaxsning o‗z tanlagan kasbiga nisbatan 
qiziqishlari, layoqati, qobiliyati va maqsadlarining mosligi o‗rganiladi 
v) shakllantiruvchi bosqichda kasb tanlagan o‗quvchi yoki shaxsga 
rahbarlik qilinadi, kasb tanlashdagi og‗ishlarning oldi olinadi va tuzatishlar 
kiritiladi
g) tibbiy jihatdan salomatligining kasbga mos kelishini aniqlash va 
psixologik bosqichda shaxs sifatlarining o‗z tanlagan kasbiga muvofiqligi 
masalalari muhokama qilinadi
Turli kasblar insonga qo‗yadigan talablarini yaxshi bilish masalaning bir 
tomonidir. Bu talablarni ko‗pincha turli xil kasblarga tibbiy va psixologik 
jihatdan zid deb ta‘riflash juda oson bo‗ladi. Uning ikkinchi tomoni – ehtimol 
tutilgan mehnat bozorini jamiyatning u yoki bu mutaxassisga bo‗lgan ehtiyojini 
bilishdir. Bu mohiyatiga ko‗ra, iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‗lib, usiz kasb 
tanlashga yo‗llash mumkin emas.


Kasbga yo‗naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning 
asosi shaxs xususiyatlarini va eng avvalo yo‗naltirilayotgan shaxsning qobiliyati 
va istagini bilishdan iborat.
Kasb mehnat bozori haqidagi ishlar tutashgan burchakda kasbga 
yo‗naltirishning kasbiy oqartuv deb ataluvchi shakl joylashgan. U kasb 
tashviqotini jamiyat va davlat uchun zarur bo‗lgan kasbga yoshlar e‘tiborini jalb 
etishni ham o‗z ichiga oladi. YOshlarni kasblarga yo‗naltirishda asosan 
muhitning: ota-onalar, tanishlar, o‗rtoqlar, maktab, mahalla va ko‗chadagi 
do‗stlarning stixiyali ta‘sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan 
bahosi o‗smirga ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. O‗smirlarga ta‘sir etish ahamiyatiga 
ko‗ra, badiiy adabiyotlar, kinofilmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi 
o‗rinni egallaydi. Ular o‗smirlarda katta taassurot va hayajon uyg‗otadi. 
Aksariyat o‗g‗il bolalar dengizchi, uchuvchi, milliy xavfsizlik va ichki ishlar 
xodimi, qizlar esa san‘atkor, shifokor, oshpaz, tikuvchi bo‗lishni orzu qiladilar.
Har qanday kasb jamiyat uchun muhim, ishlayotgan kishilar uchun
sharafli bo‗lib, ularning mehnatga talabini qanoatlantirishi mumkin. Ularga 
bo‗lgan munosabatlardagi farqlar jamiyat bahosi, ularning obro‗yi, yoshlarning 
shaxsiy manfaati, istagi va mayli bilan izohlanadi. Bularning barchasi esa 
ijtimoiy muhit va o‗z qobiliyatiga o‗zi baho berish natijasida vujudga keladi. U 
yoki bu kasbga bo‗lgan iste‘dodlarini, orzu, mayl va istaklarini o‗quvchilarda 
oldindan uyg‗otish va har tomonlama rag‗batlantirish zarur. Umumiy ma‘lumot 
darajasiga qiziqishni uyg‗otish bilangina chegaralanmaslik kerak.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin