Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bo‗lar quyidagilardir:
1. Muloqot jarayonida orientirovka(mo‗ljal olish) qilish. Bu bosqichda
pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. SHuningdek, muloqot
uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga chiqadi.
Taniqli psixolog SH.A.Amonashvili bolalarni maktabga kelmasidan avval
ularga hat yozgan. Masalan, ―salom, qadrli.... Men sening o‗qituvchingman.
Mening ismim SHalva Aleksandrovich. Maktabga kirayotganing bilan
tabriklayman. Umid qilamanki, sen bilan do‗st bo‗lib ketamiz. Seni 35 ta
o‗rtog‗ing bo‗ladi. Seni sinfda kutaman. ‖Demak, bu erda o‗quvchiga
orientatsiya (mo‗ljalga olish), ustanovka(ko‗rsatma ) berilyapti.
O‗z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga
e‘tiborni qaratish lozim:
— bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko‗rinishingiz haqida
o‗ylang;
— bugo‗ngi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu
bosqichini e‘tibordan chetda qoldirmang;
— boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo‗l ko‗ymang;
— bugo‗ngi muloqot ko‗ngildagidek bo‗lmasa uni tuzatishga harakat
qiling;
— darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya( vaziyatni yaratish, real
hayotda bor narsani ko‗rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling;
— auditoriya bilan ish boshlashdan avval faqat o‗zingizning pedagogik
masalalaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga tayyorligi haqida
o‗ylang.
2. Pedagogik faoliyatning muhim jihati e‘tiborni o‗ziga tortish bo‗lib, bola
bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars jarayonida bolaning
diqqati barqaror bo‗lishi kerak. O‗ziga jalb qilishning quyidagi usullari mavjud:
— verbal muloqotda bo‗lish(nutqiy);
— tanaffus qilish ;
— harakatli(doskaga yozish, ko‗rgazmani osish) ;
— aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qo‗llash).
Darsda ko‗pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning
fikricha, 40% (yuz ifodasi) va imo-ishoralar orqali ma‘ruzada axborot beriladi.
3. Ob‘ektning (kishi) kalbini zabt etish bosqichi pedagogik muloqotni
tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich
kommunikatsiyani o‗ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, yangi materialni
bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. O‗qituvchining
o‗quvchini tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi.
4. Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot, ya‘ni
o‗qituvchining yangi materialni o‗quvchilarga og‗zaki bayon qilib berishidir.
Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida
pedagogning so‗zi obrazlar qo‗zg‗atuvchisi bo‗lib hisoblanadi.
5. Pedagog bilan tinglovchi o‗rtasidagi o‗zaro harakatda hayajonlanishni
o‗zatishning kommunikativ vositalari muhim rol o‗ynaydi. Jumladan,
pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda bo‗lishi
kerak. SHunda tinglovchilarning idroki to‗liq, obrazli bo‗ladi.