Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

YOzib olish o‗qish natijalarini mustahkamlashning asosiy usulidir. YOzib 
olishning asosiy turlari: reja, tezislar, konspekt, ko‗chirma va sitatalar, 
annotatsiyalar, referat, retsenziyalardir. Har kimning o‗z fikrini va keyin
masalan, retsenziya yoki referatlarda foydalanishi mumkin bo‗lgan masalalarni 
yozib olish alohida o‗rin egallaydi. 
Sitata olish (latincha ―sito‖- ―guvohlikka chaqiraman‖ so‗zidan olingan).
Sitatalarni bir xil formadagi ayrim varaqlarga yoki alog‗ida kartochkalarga 
ko‗chirib olish qulayroq. Sitatalar munozarada ajoyib guvoh, ma‘lumot olish 
1
В.Чорнолуцкий. Техника записи чтения, 1927.М. 


uchun mo‗‗tabar manba. Ammo bu ma‘lumotlarni quyidagi umumiy qoidalarga 
rioya qilib yozib olish kerak: a) eng muhim, yakun ma‘lumotlarni yozib olish, 
shu bilan birga kontekstda olib ko‗rsatish kerak: b) butun-butun jumlalarni yoki 
abzatslarni yozib olish; v) sitatalarni qo‗shtirnoqqa olish, yoniga chizma 
qo‗yish; g) ularning manbalarini ko‗rsatish (umumiy manba avval boshda 
ko‗rsatilgan bo‗lsa, faqat sahifasi yoziladi). Sitatada avtorning uslubi, 
punktuatsiyasi va shrift ajratmalari saqlanadi. 
Tezis tuzish (grekcha ―tezo‖-―tasdiqlayman‖ so‗zidan olingan). Murakkab 
tezislarda nimaning tasdiqlanishigina emas, uning nima bilantasdiqlanishi 
hamisbot etiladi. Tezislar da‘vo yoki inkorning mavhum qat‘iy ifodalarida 
ta‘riflab beriladi. Tezislar munozara uchun asos sifatida ilgari suriladi. Har bir 
tezisda bitta asossiy fikr bo‗ladi.
Reja tuzish. Asarning oddiy yoki murakkab rejasi shundan iboratki, matn 
mantiqiy jihatdan bo‗lgan ayrim qismlarga – sarlovhalarga bo‗linadi, matnning 
har bir qismi nimadan bahs etishini sarlovhalar qisqacha va aniq ta‘riflab beradi. 
Kitobning b, bo‗limning mundarijasi va shu kabilar rejaga asos bo‗lib xizmat 
qila oladi. Rejada sarlavhalar savol shaklida ko‗rsatilishi yoki nima to‗g‗risida 
gap ketayotgani ko‗rsatiladi. Rejaning tuzilishi- asarning tuzilishi; predmet 
rejasi yoki mantiqiy reja- masalalarning tematik yoki yig‗indi reja (bir necha 
asarni o‗rganish asosida tuziladi), konspekt reja farqlanadi. Allaqachon o‗qilgan 
manbaning rejasini ko‗zdan kechirish esdan chiqib qolganday ko‗rinadigan 
narsani xotiraga keltirishga yordam beradi.
Konspekt tuzish (latincha ―konspektus‖- ―obzor‖ so‗zidan olingan). 
O‗rganilayotgan manbaning rejasiga qarab uning ideyasi va asoslash jarayoni 
yozib olinadi, ya‘ni sarlavhalar, sarlavha ostidagi sarlavhachalar, tezislar, 
sitatalar, qo‗shimcha ma‘lumot va belgilar, xulosalardan foydalanib, o‗qilgan 
narsaning mohiyatini bir-biriga bog‗lab, ammo bo‗lib-bo‗lib bayon qilish zarur.
Konspektda faktlar ham, sxemalar ham, chizmalar ham, ro‗yxatlar ham, boshqa 
materiallar ham bo‗lishi mumkin. Konspektning titul varag‗ida manbaning 


oxirgi qismidagi ma‘lumotlar, konspekt tuzishning boshlangan va tamomlangan 
sanalari yozilishi kerak.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin