Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. 
Shaxsni kasbiy kamoloti deganda nimani tushunasiz? 
2. 
O‗qituvchilik kasbining umumiy masalalarini aytib bering? 
3. 
O‗qituvchining aktyorlik xislatlarini sanang? 
4. 
Pedagogik takt nima? 
5. 
O‗qituvchining pedagogik qobiliyatiga nimalar kiradi? 
6. 
O‗qituvchining kommunikativ xislatlariga nimalar kiradi? 
7. 
O‗qituvchining tashkilotchilik qobiliyatlarini tushuntiring? 
 
REORIENTATSIYA PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA. 
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo‗llash (proforientatsiya) atamasi qadim 
zamondan qo‗llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida 
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yo‗llash) deb 
atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko‗nikmaga) kasbga yo‗naltirishni 
bildirib keladi. 
Qayta kasbga yo‗llash (reorientatsiya) o‗ta insonparvarlik (gumanistik) 
g‗oyani kasbini o‗zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni 
angaltadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, 
robotlarning) kirib kelishi ish o‗rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, 
tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan 
ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti 
raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori 
malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o‗ta 
oladi, xolos. O‗rtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish o‗rnini yo‗qotib, 
vaqtincha ishsizlar ro‗yhatiga kiradi. 


Ishsizlik, ish o‗rnini yo‗qotish ayollarda o‗kinchili (ayanchli) his – 
tuyg‗ular qobig‗ida o‗ta murakkab kechadi, go‗yoki tragediya, h0alokat, judolik 
vujudga 
kelganda 
ham 
ekstravertlik, 
ham 
introvertlik 
xususiyatlari 
uyg‗unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, 
iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql – zakovat maromlariga tortilganlik 
tuyg‗usi ustuvorligida namoyon bo‗ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik 
kechinmalari tarzida hukm surishi, asta – sekin uning ta‘sir kuchi pasayishi 
kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin o‗zgarishning asosiy 
omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. 
YOshning ulg‗ayishi yangi muhit, o‗zgacha sharoit, notanish jamoa va uning 
nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur 
ob‘ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bag‗ishlash ham frustratsiya holatini 
harakatlantiruvchi safida asosiy rol o‗ynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil 
ham frustratsiyaning manbai vazifasini o‗taydi (bajaradi), noxush muvaqqat 
kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz 
ravishda bajarib turadi. 
Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta kasbga yo‗llash) 
ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. Maxsus xodilar kompyuter xotirasiga 
joylashtirilgan shahar, tuman bo‗yicha ixtisoslar bo‗yicha yoki ixtisoslararo 
mutaxassislar ro‗yhati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj 
shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar etishmaganligi 
tufayli ish bilan ta‘minlash, bo‗sh o‗rinlarni to‗ldirish bilan shug‗ullaniladi, 
xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o‗rganishni taqozo etadi, 
ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:
1. 
SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 
2. 
Xissiy jabhalari va irodaviy sifatlari. 
3. 
Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 
4. 
Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi. 
5. 
Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 
6. 
Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog‗ligi. 


7. 
Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati. 
8. 
Kasbiy bilimlari, ko‗nikmalari, malakalari, mahorati. 
9. 
Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e‘tiqodi). 
10. 
Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi. 
11. 
Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan 
munosabati. 
12. 
Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 
13. 
Ekstrovertligi va introvertligi. 
14. 
YUksak insoniy tuyg‗ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) 
egaligi. 
15. 
Fidoiylik, altristik, vatanparvarlik fazilatlari usutvorligi va 
boshqalar. 
YUqorida sanab o‗tilgan mezonlar bo‗yicha tekshirish ishlari bir nechta 
metodlar, metodikalar orqali ko‗p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. 
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo 
munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli 
vaziyatlardan qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan psixologik 
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. 
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan 
xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub‘ekti roziligida ishga 
muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo‗naltiriladi. Ish joyining masofasi, uning 
ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan 
mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi 
(qiymatiga) zarar keltirmasin (ba‘zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz 
berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko‗rsatishiga qaraganda, reorientatsiya 
(kasb tanlashga yo‗llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bo‗lib, ular qisqa 
fursatda (muddatda) o‗tishi bilan o‗zaro muayyan darajada tafovutlanadi. 
Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo‗llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish 
tezkorlikda, mukammal o‗ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, 
ksbiy moslashish davri o‗ziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan 


silliq uzviy bog‗lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy 
faollik (nufuzga egalik), ma‘naviy ta‘minlanganlik (ruhiy ko‗tarinkilik 
hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan o‗z o‗rnini 
topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, 
zahiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi. 
Reorientatsiya (qayta kasbga yo‗llash) gumanistik psixologiya 
tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart – sharoit yaratadi. inson 
omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu 
havas, istak – xohish ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko‗p profilli kasb – 
hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg‗usini 
jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. 
Reorientatsiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, 
o‗zini o‗zi kashf qilishi, o‗zini – o‗zi boshqarishi, o‗zini o‗zi tashkillashtirish, 
o‗zini–o‗zi baholash, o‗zini–o‗zi refleksiyalash, o‗zini–o‗zi identifikatsiyalash 
kabi shaxs fazilatlarini ro‗yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Maktab o‗quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, 
motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo‗lgan qiziqishlari, motivlari, 
ehtiyojlari tug‗ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy 
bog‗liqdir. SHaxs psixologiyasini o‗rganish o‗quvchilarni kasb tanlashga 
yo‗llash demakdir. O‗quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va 
jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‗llash shaxs 
psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
jamiyat qurish to‗g‗risidagi hujjatlarda o‗quvchilarni (o‗z imkoniyatlarini o‗zi 
baholash orqali) mustaqil kasb tanlashga o‗rgatish juda muhim va zarur vazifa 
ekanligi ta‘kidlanadi. SHunga ko‗ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis 
Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni 
keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‗l-yo‗riqlar va metodlar 
ishlab 
chiqishlari, 
kasb 
tanlash 
maslahatlari 
rasmiy 
shaxobchalari 
kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko‗lami 
orttirilishi lozim. Bu borada Respublika tashxis Markazining 2003 yil 


ma‘lumotlari juda qiziqarli va ba‘zan munozaralidir. Bularni quyidagi 
raqamlarda ham ko‗rish mumkin: Respublika bo‗yicha 9-sinflarni bitirgan 
o‗quvchilarning 8,00 %ga sanoat yo‗nalishlariga yo‗llanma berilgan bo‗lsa, 
ularning atigi 3% o‗qishga joylashgan. Sog‗liqni saqlash sohalariga esa 12,60% 
yo‗llanma berilgan bo‗lsa, amalda ularning 4,80 % o‗qishga kirgan. Maorif 
sohalariga esa 9,60 % yo‗llanma berilgan bo‗lib, ularning 4,00%gina o‗qishga 
joylashganlar («Maktab va hayot» jurnaliga ilova 2003 yil, №1-2, 24-39 betlar). 
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi 
soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab 
o‗quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy 
qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‗ngra 
kasbga yo‗llash kerak. 
Hozirgi davrda xalq ta‘limi bo‗limlarida, ishlab chiqarishda, aholini ish 
bilan ta‘minlash muassasalarida, kollejlar va Oliy O‗quv YUrtlarida yoshlarga 
kasb tanlash yo‗lini ko‗rsatadigan maxsus kasb – hunar kabinetlari tashkil 
etilgan. Bu borada Respublika tashxis Markazining, hamda joylardagi uning 
bo‗limlarining faoliyati ibratlidir. Bundan tashqari, malakali psixologlar va 
pedagoglar (shu jumladan mahalla tarbiyachisi), murabbiylar, muhandislar va 
texniklar har bir kasb-hunarning o‗ziga xos tomonlari haqida malakaviy 
maslahatlar tashkil qilishadi. 
Lekin yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan o‗rta maktabdan boshlanadi, 
shunga ko‗ra o‗quvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yoshdagi, 
jinsdagi maktab o‗quvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini 
rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o‗zini-o‗zi namoyon etish) kabi 
muhim vazifa turibdi. Psixologlar, bundan tashqari, o‗quvchilarning aql idroki, 
qobiliyatlarini hamda muayyan kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash metodlari, 
usullari, texnologiyasi, shakllari, mezonlari va tarkibiy qismlarini ishlab 
chiqishlari, shuningdek, bu sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari zarur.
SHuni alohida ta‘kidlab o‗tish joizki, psixologiya fani o‗quvchilarning 
kasb-hunar tanlashiga yordam beradigan, yo‗l-yo‗riqlar va tavsiyalar, 


mukammal qo‗llanmalar, aksariyat kasb-hunarning professiogrammasini hali 
to‗liq ishlab chiqqan emas. Lekin shaxs psixologiyasiga oid amaliy va nazariy 
materiallar etarli miqdorda yaratilgan. SHaxs psixologiyasi masalalarini yoritish, 
ya‘ni shaxsning bilish qobiliyatlari, aql-idroki, aql-zakovati, individual tipologik 
xususiyatlari, ruhiy holatlarini aniqlash yo‗li bilan uning nimalarga qodir, 
qanday kasb-hunarga yaroqliligi to‗g‗risida aniq fikr bildirish va muayyan 
tavsiyalar berish mumkin.
Keyingi yillarda o‗tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga 
yo‗llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko‗rsatdi. Buni biz viloyatlar 
kesimida hamda Respublika bo‗yicha 9 sinf bitiruvchilariga sohalar bo‗yicha 
tavsiyanomalar berishda ko‗rdik. 
Darhaqiqat, maktabda o‗quvchilarni kasb-hunarga yo‗naltirish va 
psixologik-pedagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar 
boshlandi. O‗ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga 
yo‗naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o‗quvchilarni kasb-
hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‗ullanadigan 
maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‗lishi lozim. 
CHunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham 
mumkin emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo‗naltirish va 
psixologik-pedagogik tashxis ishlarining samarasi bevosita shu ikki 
mutaxassisning olib borayotgan ishlarining ko‗lami, ularning saviyasi va malaka 
ko‗rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗lishligi 
barchamizga ayondir.
Ommaviy kasblarga bag‗ishlangan o‗quv-uslubiy adabiyotlar va kasb-
hunar to‗g‗risidagi kinofilmlar, spravochniklar kamligi, psixologik-diagnostik 
tadqiqotlar o‗tkazishga yordam beradigan zamonaviy apparat va asboblar bilan 
ta‘minlash yaxshi yo‗lga qo‗yilmaganligi, shaxsning muayyan kasbga 
yaroqliligini 
aniqlash 
borasida 
ilmiy-tadqiqot 
ishlari 
etarlicha 
olib 
borilmayotganligi shunday kamchiliklar jumlasiga kiradi.


O‗quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning 
kasb-hunarini o‗z qobiliyatlariga yarasha to‗g‗ri tanlashlariga erishish uchun 
maktab o‗qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik 
(shuningdek, akademik, tashkilotchilik, perseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak 
bo‗lishi, fan asoslarini turmush bilan bog‗lab o‗rganilishi, to‗garak va 
qo‗shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarada kasb-hunar 
to‗g‗risida ma‘ruzalar o‗qilishi, suhbatlar, munozaralar o‗tkazilishi, sayohatlar, 
uchrashuvlar, kasb-hunar fotoko‗rgazmalari tashkil qilishlari zarur.
Ilk o‗spirinlar va katta o‗smirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga 
ega bo‗lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo‗lganligidan bu jarayonda 
ota-onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, 
chunki yoshlar ko‗p hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga 
olgan holda qat‘iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin.
SHuni ham aytib o‗tish o‗rinliki, maktab o‗quvchilari kasb tanlash 
borasidagi o‗z qarorlarini, ko‗pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, 
biroq ularning ko‗pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar. 
Maktabdagi kasb-hunarga yo‗naltirish ishlarining samarali bo‗lishini 
maktabning kasb-hunarga yo‗naltirish xonasisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. 
Maktabning kasb-hunarga yo‗naltirish xonasi «O‗quvchilarni kasb-hunarga 
yo‗naltirish xonasi to‗g‗risidagi Nizom» asosida tashkil etiladi va jihozlanadi. 
Mazkur nizomda maktab kasb-hunarga yo‗naltirish xonasining vazifalari, unda 
o‗tkaziladigan tadbirlar, devoriy ko‗rgazmalar va unda qanday ma‘lumotlar 
bo‗lishligi haqida aytib o‗tilgan. Maktabning kasb-hunarga yo‗naltiruvchi 
mutaxassisi mazkur xonaning mudiri hisoblanadi. 
Maktab kasb-hunarga yo‗naltiruvchi mutaxassisining asosiy vazifasi 
o‗quvchilarni kasb-hunarga yo‗naltirishni ta‘minlovchi barcha ma‘lumotlar 
bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-hunarga yo‗naltiruvchi 
mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy axborotlar, kasblar 
ro‗yxati, tasnifi, hududiy kasblar ro‗yxati, kasblarga bo‗lgan ehtiyoj va boshqa 
kasbiy tashxis metodikalari, tavsiya va yo‗riqnomalardan foydalaniladi. Maktab 


kasb-hunarga yo‗naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o‗quvchilarning kasbiy 
qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma‘lumotlarni to‗liqroq anglab 
etishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish 
maqsadida maktabda ilg‗or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan 
uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma‘ruzalar tashkil etilsa maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. Ushbu tadbirlar o‗quvchining shu kasbga bo‗lgan qiziqishini 
yanada qat‘iylashishini vujudga keltiradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin