Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
1. 
Kasbiy bilimlar, ko‗nikmalar, malakalar, mahoratni izohlang?. 
2. 
Qayta kasbga yo‗llashning psixologik mohiyatini ajrating? 
3. 
Xodimning salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi inobatga olgan 
holda izohlang?.
4. 
Reorientatorning 
izlanuvchanligi, 
ijodiy 
imkoniyatlari, 
innovatsiyaga nisbatan munosabati shakllantiring?
5. 
Reorintatorning ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyatlarini 
gapiring?.
KASBIY PSIXOLOGIYAGA OID MUSTAQIL ISHLARNI YO„LGA 
QO„YISH, UNING TURLARI VA MAZMUNI 
Oliy o‗quv yurtlarining 1-kurs talabalari bilan ko‗p yillar mobaynida olib 
borilgan ish tajribalari shuni taqozo qiladiki, 1-kurs talabalariga mustaqil ishlash 
usullarini jiddiy o‗rgatish zarurdir. Talabalarning ko‗pchiligi mustaqil mehnat 
qilishga odatlanmagan, kitob, darslik va boshqa ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil 
ishlashda zarur bo‗ladigan tegishli ko‗nikma va malakalarni egallamagan 
bo‗ladi. Talabalarning materialni yozib olish, o‗qish va o‗zlashtirish metodlarini 
bilmasligi dastlabki darslardayoq ma‘lum bo‗lib qoladi.
Bunga oddiygina diagnostik tajriba o‗tkazib, ishonch hosil qilish oson: 
o‗quv yilining boshlarida talabalarga darslikning darslikning birinchi bobidan 
konspekt yoki biror maqolaga tezis tuzib kelish topshiriladigan bo‗lsa, birinchi 
kurs talabalarining kitob o‗qish madaniyatini va kitob ustida ishlash 


metodikasini ravshan tasavvur qilmasliklari ularning yozib kelgan ishlarini 
analiz qilishda ma‘lum bo‗lib qoladi. 
Diagnostik tajribaning ikkinchi varianti shundan iboratki, talabalarga 
quyidagi savollarga yozma javob qaytarish topshiriladi: referat nima? 
Konspektning tezisdan farqi nima? Kitobga anotatsiya yoki retsenziya qanday 
tuziladi? Sitata olish qoidalari nima? 
Ishonchimiz komilki, birinchi kurs talabalarining ko‗pchiligi yuqorida 
berilgan yozib olish turlarining spetsifikasi va ahamiyatini tushunmaydi. 
Tajribaning uchinchi turi- belgilangan mavzuda bibliografiya tuzish 
vazifasi topshirilganda ham natija ko‗ngildagidek bo‗lmaydi. Talabalarning 
ko‗pchiligi ―bibliografiya‖ so‗zini birinchi marta eshitayotgan bo‗ladi, kitobni 
bibliografik tasvirlash qoidalarini bilmaydi, bibliografik nashrlardan foydalana 
olmaydi. Talabalarning tuzgan adabiyot ro‗yxatlarida metodika nuqtai nazaridan 
qo‗pol xatolar ko‗plab uchraydi. 
YUqoridagi holatlarni e‘tiborga olib, birinchi kurs talabalarining mustaqil 
ishlashini yo‗lga qo‗yish va bu ish metodikasiga ta‘luqli masalalarga jiddiy 
e‘tibor berish zarur.
Talabalarga kasbiy psixologik bilim o‗rganish metodikasini o‗rgatar 
ekanmiz, aynan fan predmetining spetsifikasiga yarasha mustaqil ravishda 
ma‘lumot olish va o‗z-o‗zini tarbiyalash metodlarini hamda vositalarini 
o‗rgatishi, ya‘ni talabalarni o‗qib o‗rganishga o‗rgatishimiz kerak degan fikrga 
asoslanamiz. 
SHu maqsadga erishish uchun fanlarni o‗qitishning interfaol usullaridan 
foydalanishni jadallashtirishimiz, ma‘ruzada talabalar aqliy faoliyatining 
cheklanganligiga barham berish, mustaqil ishlashning bir talay turlarini joriy 
qilish, amaliy mashg‗ulotlar formasi va mazmunini qayta ko‗rib chiqish kerak 
bo‗ladi.
Fanni o‗rgatish o‗z oldiga birinchidan, talabalarga kitob ustida ishlash 
madaniyati va metodikasini o‗rgatish, kitoblardan mustaqil bilim olish 
maqsadida ularda annotatsiyalar, retsenziyalar, murakkab rejalar, tezislar va 


referatlar tuzish mahoratini shakllantirish, ikkinchidan, shu mahoratlarni 
egallash tufayli kasbiy psixologik bilimlar sifati yaxshilanishini, talabalarning 
umumiy saviyasi ko‗tarilishini, ularning kelajak kasbiga yaxshiroq 
tayyorlanishini, ijtimoiy hayotda faol qatnashuvi uchun ko‗proq sharoit 
tug‗ilishini isbot etish vazifasini qo‗ydi.
Talabalarning o‗quv va ijtimoiy faoliyat samaralarini o‗rganish usuli g‗oyat 
diqqatga sazovor katta ahamiyat kasb etadi. 
Kasbiy psixologiyadan mustaqil ishlashning turlari va naiq mazmunini 
ta‘riflab beraylik. 
1. Talabalar avvalo birinchi manbalar, darslik, ilmiy adabiyotustida to‗g‗ri, 
madaniy ishlashga o‗rganadilar: o‗qishning turli metodlari, kitobdan yozib olish 
turlari va formalari bilan mukammal tanishadilar. Bu bilimlarni birinchi kurs 
talabalari mustaqil aqliy ishni yo‗lga qo‗yish va bu ishning metodikasiga 
bag‗ishlangan maxsus amaliy ishlash jarayonida oladilar. Talabalar 
auditoriyadan tashqarida kitobni qanday o‗qish kerak, vaqtli matbuotdan qanday 
foydalanish kerak, darslik ustida qanday ishlash kerak, spravichnik 
adabiyotlaridan qanday foydalanish kerak degan masalalar bo‗yicha 
tushunchalarga ega bo‗lishiga yordam beriladi. 
2. 
Talabalar kasbiy psixologiyaning ayrim mavzularini darslik, 
monografiya va maqolalarni o‗qib ishlab chiqadilar va ayrim holda eng rotsional 
yozib olish usulidan foydalanadilar. Bu usul orqali talabalarning mustaqil 
o‗rganish mas‘uliyatini va aqliy aktivligini oshiradi, ularning bo‗sh vaqtini band 
qiladi.
3. 
Talabalarning mustaqil ishlashini muntazam nazorat qilish, har xil 
mavzular asosida kollokviumlarni muvaffaqiyat bilan o‗tkazishga yordam 
beradi. Kollokviumda masalalar favqulodda qilib qo‗yilishi tufayli talabalar 
o‗quv materiali kursining turli bo‗limlaridan sinchiklab o‗ylab topib oladilar, 
o‗quv materialidagi qo‗yilgan masalaga yarasha o‗zgartirishga o‗rganadilar, 
qo‗shimcha manbalarning bir nechtasini ko‗rib chiqishga majbur bo‗ladilar. 


Masalaning bibliografiyasi har bir talabada borligi uchun ularning kollokvium 
yoki seminarlarga tayyorlanishi osonlashadi. 
4. 
Muayyan mavzulardagi biblografiya ro‗yxatlari referatlar ustida 
ishlab turib tuziladi. Masalaning bibliografiyasini tuzish albatta bajariladigan 
topshiriq bo‗lib, talabalarni katologlardan, biblografik nashrlardan bemalol 
foydalanishga o‗rgatadi, ―kitobdan qidirib topishga‖, faqat yaxshi kitoblarni 
o‗qishga odatlantiradi. 
5. 
Birinchi kurs talabalari kasbiy psixologiyadan ko‗rsatma 
qo‗llanmalar (rasm, jadval, organayzerlar), mavzu yuzasidan ko‗rgazmali 
uslubiy qo‗llanmalar tayyorlashadi. 
6. 
Tanlangan mavzu bo‗yicha kasbiy psixologiyaga doir muntazam 
o‗qishlar talabalardan katta nazariy uslubiy tayyorgarlikni talab qiladi.
7. 
Birinchi kursda barcha fanlar bo‗yicha eng ma‘suliyatli va ko‗p 
mehnat talab qiladigan ish referat yoki mustaqil ish yozishdir. Tanlangan mavzu 
bo‗yicha referat yozish talabaning og‗izda emas, balki amalda mustaqil ishlashi 
demakdir. Referat ustida ishlash o‗qituvchining muntazam nazoratini, malakali 
yordam ko‗rsatishini va talabalarning jon-jahdi bilan ishlashini talab qiladi. 
Ammo, talabalar referat yozib, juda katta manfaat oladilar: aqliy mehnat 
madaniyatini bir qadar egallaydilar, fan yuzasidan olgan bilimlarini 
chuqurlashtiradilar, saviyalarini ancha kengaytiradilar, pedagogik faoliyatga 
ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan qaraydigan bo‗lib qoladilar. 
8. 
Kafedralarning ilmiy tadqiqot ishlarida talabalarning aktiv ishtirok 
etishi oliy ta‘limning ajralmas qismidir, degan fikrga asoslanib, birinchi kurs 
talabalarini kafedra pedagog va psixologlari bajarayotgan mavzularda material 
to‗plashadi, fanga doir jonli faktlarni umumlashtirishga o‗rganishadi. 
9. 
Talabalar o‗zlari qiziqqan mavzularda (Masalan: Pedagoglik 
kasbiga qiziqish hamda mehrning kelib chiqishi va rivojlanishi) insho yozishga 
o‗rganadilar.
Bunday ish talabalarning kasbni to‗g‗ri (ota-onaning va talabaning istagini 
hisobga olish bilan birga talabalar shaxsining xossalarini ham hisobga olib) 


tanlashiga, qaysi o‗qishga kirish motivlarini, kasbga chinakkam havasi bor-
yo‗qligini aniqlashga, o‗z ustida doimo ishlashi zarurligini tushunishiga yordam 
beradi. 
SHunday qilib, o‗qishning birinchi yilida talabalar majburiy va qo‗shimcha 
adabiyotni o‗rganishdan tashqari psixologiyaga doir uchta yozma ishni mustaqil 
bajarishadi: referat yozishadi, ishlab chiqarish amaliyoti bo‗yicha ikki haftalik 
kuzatishlar natijasida hisobot tuzishadi, berilgan mavzuda insho yozishadi. SHu 
tariqa ular kuzatish, material to‗plash, psixologiya nuqtai-nazaridan analiz qilish 
va yakunlash hamda uni yozma bayon qilib berish mahoratini egallashda 
yordam beradi. 
Birinchi kurs talabalari fanni o‗rgana turib, aqliy mehnat usullari va 
texnikasini bir qadar bilib oladi, mustaqil ravishda ma‘lumot olish va o‗z-o‗zini 
tarbiyalash jarayonida odam psixik faoliyatining qonuniyatlarini tatbiq etishni 
o‗rganadi. 
O‗qish jarayonida talabalarning keng ma‘nodagi o‗z-o‗zini tarbiyalashaga 
yordam berish- bu faqat bilim berish bo‗libgina qolmay, balki bilim olishga 
intilishni rag‗batlantirish, bilimdan zavqlantirish, aqliy ish usullarini o‗rgatish, 
mustaqil mehnat qilishga odatlantirish ham demakdir. 
O‗z-o‗zini tarbiyalashda mustaqil ishlashning roli juda katta. Darhaqiqat, 
mustaqil ishlash, uni keng va muntazam qo‗llanish talabani intizomli bo‗lishga 
o‗rgatadi, unga bir qancha foydali malakalar beradi, ishchanlikka va 
muntazamlikka o‗rgatadi, hammadan muhimi, mustaqil ishlashni shaxsning 
belgisi sifatida shakllantiradi, busiz o‗z-o‗zini tarbiyalash mumkin emas. Hech 
narsa-yiliga ikki marta sessiya baholarida olinadigan baholar ham, dekanat va 
kafedralarning ma‘muriy nazorati ham, ota-onalarning g‗amxo‗rligi ham 
mustaqil ijodiy ish bajarishdek tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsata olmaydi, chunki o‗z 
mehnatining samaralarini ko‗rish talabaning juda katta ma‘naviy qanoat hosil 
qilib o‗zi ustida ishlashga intilishini kuchaytiradi.
Kasbiy psixologiyadan mustaqil ish bajarish, jumladan referat yozish va 
shu referat asosida ko‗pchillik oldidi muvaffaqiyat bilan so‗zlash birinchi 


kursning ko‗p talabalari uchun o‗z-o‗zini tarbiyalashda birinchi turtki bo‗ladi, 
o‗qituvchilik kasbiga qarashda burilish yasadi. Mas‘uliyat his qilish kishini 
qaytadan dunyoga keltiradi. Kishilarga kerakli ekanligingni va foyda 
keltirishingni anglash bir kuchga o‗n kuch qo‗shadi- odam o‗zini tarbiyalay 
boshlaydi, o‗zini qaytadan dunyoga keltira boshlaydi. 
Odam mustaqil yo‗l tutgach, shaxs hayotdagi o‗z o‗rnini belgilab olgach, 
ezgu maqsadiga etish yo‗lini tanlagach, o‗z manfaat va qrbiliyatlarini tushunib 
olgach o‗z-o‗zini tarbiyalash ehtiyoj sifatida vujudga keladi va namoyon
bo‗ladi. 
Mustaqil ishlay bilish va o‗ziga baho berish o‗z-o‗zini tarbiyalashda asosiy 
ichki shart-sharoitlar bo‗lib, tarbiyada, hayotning moddiy va madaniy sharoitida 
jamoa talabi bilan vujudga keladi. 
Talabalarning o‗zini-o‗zi tarbiyalashi ularning o‗zini kelgusi faoliyatga 
tayyorlash vazifasi bilan belgilanadi. Bu faoliyatning o‗ziga xos tomoni 
shundaki, boshqalarni tarbiyalash, boshqalarni mustaqil ravishda ma‘lumot olish 
va o‗z-o‗zini tarbiyalashga o‗rgatish kerak.
Kasbiy psixologiyani o‗rganish natijasida va hammadan muhimi 
psixologiyaga doir bilimlarni egallash yo‗lida talabalar mustaqil ishlash tufayli 
quyidagi xulosaga kelishadi: tashqi va ichki to‗siqlarni mustaqil bartaraf 
qilishgina, aktiv tashqi faoliyat tufayliginao‗z-o‗zini tarbiyalashda muvaffaqiyat 
qozonish mumkin. O‗z-o‗zini tarbiyalashning asosiy negizi mustaqil ravishda 
ma‘lumot olishdir, shuning uchun birinchi kurs talabalarining kuch g‗ayrati 
avvalo o‗z saviyasini kengaytirishga, mustaqil fikrlay olish uchun intellektni har 
tomonlama rivojlantirishga qaratilishi zarur. 
Kasbiy psixologiyaga doir ilmiy bilimlar talabalarning o‗zini-o‗zi bilib 
olishiga yordam beradi, o‗z-o‗zini bilib olish esa o‗z-o‗zini tarbiyalashga turtki 
beradi. Psixik bilish jarayonlarining qonuniyatlarini bilish har bir talabaning o‗z 
aqliy mehnatini to‗g‗ri tashkil etishiga yordam beradi. Iroda, aql, idrok va 
hislarni o‗stirish aqliy ish qiyinchiliklari oldida hangu mang bo‗lib qolishga yo‗l 


qo‗ymaydi. Odam bo‗lib etishish, chinakkam mualli bo‗lib etishish kabi 
tushunib olingan maqsad boshqa hamma niyatlarni o‗ziga bo‗ysundiradi.
Mustaqil ishlash metodlari va usullarini talabalarga muntazam o‗rgatish 
o‗qitishning birinchi yilidayoq juda yaxshi natija beradi. Bu ishni keyingi 
kurslarda ham davom ettirish, mustaqil ishga qo‗yiladigan talablarni va bu 
ishning mazmunini shunga yarasha oshirish muhimdir. 
Mustaqil ravishda ma‘lumot olishning negizi eng yaxshi kitoblarni 
o‗qishdir. 
Kitob o‗qiy bilish san‘atini o‗rganib olish zarur. Kitobni turlicha o‗qish 
mumkin. S.I.Povarnin kitob o‗qish usullarini uch grupaga bo‗ladi: 
1-gruppa.A. ―Kitoblarni varaqlab chiqish‖. 
B. Kitobni ―ko‗zdan kechirish‖, unga ―ko‗z yugurtirib chiqish‖. 
V. Sekin-asta tanlab chala-chulpa o‗qib chiqish. 
G. Kitobning biron joyini ham tushurib qoldirmasdan to‗la o‗qib chiqish, 
ammo material ustida aytarlik ishlamaslik. 
D. Kitobni o‗qiganda mazmunini ―chaqish‖. S.I.Povarinning fikricha, bu 
usul kitob o‗qishning eng yaxshi yo‗lidir. 
2-gruppa. A.Passiv o‗qish. 
B. Aktiv o‗qish 
3-gruppa. A. YUzaki o‗qish. 
B. Berilib o‗qish. 
Kitobni o‗qishdan oldin u bilan tanishish kerak: titul varag‗ini va 
mundarijasini ko‗zdan kechirish, kirish qismi, so‗z boshi yoki so‗ngi so‗zni, 
ayrim joylarini, xulosalarini o‗qib ko‗rish; qo‗shimcha material: izohlar, 
ilovalar, Bibliografik ko‗rsatkich, nomlar ko‗rsatkichi, xronologik jadvallar, 
karta sxema va shu kabilarni ko‗rib chiqish kerak. 
Spravochnik adabiyot: ensiklopediyalar, lug‗atlar, spravichniklar, 
asarlarning ko‗rsatkichlari, darsliklar, atlaslar, albomlar, kutubxonalarning 
byulletenlari, yillik to‗plamlar kitobni puxta tanlab olishga imkon beradi. 
Kitob tanlab olindi. Nima qilmoq kerak? 


Kitobni o‗qishdan oldin u bilan tanishish kerak: titul varag‗i va 
mundarijasini ko‗zdan kechirish, kirish qismi, so‗z boshi yoki so‗ngi so‗zni, 
ayrim joylarini, xulosalarini o‗qib ko‗rish; qo‗shimcha material: izohlar, 
ilovalar, predmet ko‗rsatkichi: bibliografik ko‗rsatkich,nomlar ko‗rsatkichi, 
xronologik jadvallar, karta , sxema va shu kabilarni ko‗rib chiqish kerak. 
YOzib olish haqida pedagoglarimiz qator fikrlarni bildirganlar. Jumladan, 
L.N.Tolstoy ―boshqalarning donishmandligini idrok etmoq uchun.... avvalo 
mustaqil ishlash kerak‖-deydi. 
YOzib olishning ahamiyatini V.CHornolutskiy juda yaxshi aytib bergan: 
―O‗qilgan kitob haqida har kimning o‗zi uchun yozib olgani kitobxonni 
intizomga soladi, ishga ko‗proq e‘tibor bilanqarashga majbur etadi, har bir 
kitobning e‘tibordan chetda qoladigan tomonlarini bilib olishga yordam beradi. 
O‗qilgan joyni yozib oliga kirishgan har kim his qiladigan asosiy natija shuki, 
fikr sergak bo‗lib, har bir sahifadan masalaning mohiyatini bilib olishga yordam 
beradi. O‗qilgan joyni yozib olishga kirishgan har kimhis qiladigan asosiy natija 
shuki, fikr sergak bo‗lib, har bir sahifadan masalaning mohiyatini bilib olishga 
tayyor turadi.‖
1
YUqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, 
kitoblardan yozib olish asl maqsad emas, balki o‗rganilayotgan narsani 
o‗zlashtirishning ishonchli vositasi, aqliy mehnatni yo‗lga qo‗yishning eng zarur 
formalaridan biridir. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin