Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Bilish ehtiyojlari - bilimlarni yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan 
qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi. 
Bilishga qiziqish - shaxsning voqelikdagi narsa va hjodisalarni, ularning 
sifat hamda xususiyatlarini, o‘zaro munosabatlari mohiyatini, shuningdek, turli 
qonuniyatlarni bilib olishga nisbatan doimiy barqaror yo‘nalishidan iborat 
individual xususiyati. 
Diqqatsizlik - diqqatni muayyan ob‘ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik. 
Zehni o‟tkirlik - yangi yoki murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni 
hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini tez topa olishdan iborat aql sifati. 
Ijtimoiy malakalar - ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish va jamoa orasida 
o‘zini tuta bilish malakalari.
Individual tajriba - har bir shaxsning o‘z hayoti davomida orttirgan 
tajribasi. 
Industrial psixologiyasi - mehnat psixologiyasining psixologik 
omillarning sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga 
asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi 
maxsus sohasi. 
Inertlik - faoliyatda sustkashlik ko‘rsatishdan iborat salbiy xarakter 
xislati. 


Intizomlilik - muayyan jamoaning barcha a‘zolari uchun majbur bo‘lgan 
qat‘iy tartib va xulq-atvor qoidalariga tizimli ravishda rioya qilishdan iborat 
bo‘lgan ijobiy xarakter xislati. 
Intizomsizlik - jamoat joylari, mehnat, o‘qish yoki oila jamoasining tartib 
qoidalariga tizimli ravishda rioya qilmaslik yoki ularni buzishdan iborat salbiy 
xarakter xislati. 
Introversiya - shaxsning o‘z fikrlari, sezgilari, kechinmalari va qis-
tuyg‘ulariga tayanish. 
Iroda kuchi - shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni 
amalga oishirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma‘lum bir qaror qabul qilish 
tezligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan iroda sifati. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin