Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Uyatchanlik - asossiz tortinchoqlikda ifodalanadigan xarakter xislati. 
Faoliyatni optimallashtirish - mehnat qilish, o‘qish uchun eng qulay 
sharoitlar, psixologik imkoniyatlar yaratish yo‘li bilan muayyan faoliyatning 
samaradorligini orttirish. 
Flegmatik temperament - sekin kuchsiz va barqaror emosional 
qo‘zg‘aluvchanlik bilan tavsiflanadigan individual xususiyat. 
Xayrixohlik - shaxs kechirayotgan muayyan ruhiy holatining ifodali 
harakatlar orqali boshqa kishilarga ham o‘tib, ularda shunga mos emosional 
kechinmalarini hosil qilishdan iborat ruhiy hodisa. 
Halollik - shaxsning o‘z burchi va e‘tiqodlariga nisbatan sadoqatida, 
atrofdagi borliqqa hamda kishilarga vijdonan munosabatda bo‘lishida 
ifodalanadigan axloqiy sifati. 
Xarakter xislati - ijtimoiy muhit ta'sirida tarkib topgan shaxsning xatti-
harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlar yig‘indisi. 
Xarakterning ijobiy xislatlari- shaxsning jamiyat axloq normalari 
doirasidagi doimiy ijobiy xususiyatlari.


Hasadgo‟ylik - o‘zga shaxslarning mavqei, qobiliyati, iste‘dodi, 
faoliyatidagi yutuqlari, mulki kabilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik munosabatida 
ifodalanadigan salbiy xarakter xislat. 
Shaxsiy tajriba - har bir individning yoki shaxsning turmush jarayonida 
hosil qilgan tajribasi.
Shuhratparastlik - arzon obro‘-e‘tibor qozonishga jon jahdi bilan 
intilishdan iborat juda past xarakter xislati. 
Egoizm - o‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat, jamoa manfaatlaridan yuqori 
qo‘yishga kuchli intilishda ifodalanadigan salbiy xarakter xislati. 
Qat‟iylik - xarakterning o‘z vaqtida asosli va qat‘iy qarorlar qabul qila 
olish va ularni ikkilanmasdan ijro etishga kirishishdan iborat irodaviy xislati.
Qiziqish - shaxsning muayyan narsa va hodisaga ega bo‘lishga, bilishga 
faol va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati yoki faoliyat motivi. 
Qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga 
bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan 
individual xususiyatlari yig‘indisi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin