Qalamtasvir tarixi, uni o‘qitishning metodologik asoslari



Yüklə 54,5 Kb.
tarix31.08.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#141188
Qalamtasvir


Qalamtasvir tarixi, uni o‘qitishning metodologik asoslari
Qalamtasvir – barcha tasviriy san’at turlarining asosi hisoblanadi. Rassom tasviriy san’at turining qaysi birida ijod qilishidan qat’iy nazar, qalamtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. San’at asarlarini yaratishda esa, ushbu bajarilgan chizgilar rassomga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom u yoki bu kartinasining yaratishni qalamdan boshlaydi. Shudan keyingina ushbu san’at asari ranglar jilosi orqali tomoshabinga estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, qalamtasvirsiz hech bir rassom o‘z asarini yetuk holga keltira olmaydi.
Qalamtasvir boshqa san’at turlari orasida mustaqil ravishda tugallangan dastgohli san’at asari ham bo‘lishi mumkin. tush, sangina, pastel, sous, qalam bilan bajarilgan ko‘plab kartinalar jahonning turli san’at muzeyi va ko‘rgazmalaridan joy olgan.
Qalamtasvir mashyilotlari ko‘rib-kuzatib to‘o‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo‘l, on va sezgi orginlarini shakllantirishda nafaqat bo‘lajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga zarurdir.
Uyo‘onish davrining buyuk rassomi va olimi Leonardo da Vinchining «Rangtasvir qonunlari» nomli asarida jumladan shunday degan edi: «Yoshlar o‘zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi bo‘lsalar, avvalo rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozimdir».
Qalamtasvir mashyilotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida bo‘lajak o‘qituvchi-rassomlarni tayyorlashda asosiy mezon hisoblanadi. Qalamtasvir darslari talablarga I-IV kurslarda nazariy va amaliy mashyilotlar orqali olib boriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, amaliy mashyilotlar qatorida nazariy bilimlar bo‘lajak mutaxassislarga ularning keyingi pedagogik, ijodiy va ilmiy faoliyatlarida muhimdir.
Borliqni realistik tasvirlash talabalarga nafaqat amaliy bilimlarni beribgina qolmay, balki ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Realistik tasvirlash san’ati, shuningdek yoshlarda borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratlarini rivojlantiradi.
Rasm chizishni o‘rganish talabalarga atrofdagi jismlarning hajmini haqqoniy tasvirlash bilan birga, ularning estetik didlarini ham o‘stirishda katta ahamiyatga ega.
Rasm chizish asoslarini o‘rganish, narsaning o‘ziga qarab bosqichma-bosqich tarzda tasvirlash prinsipida qurilgandir. Tabiatga muhabbat va kuzatuvchanlik, buyumlarni to‘o‘ri tasvirlash kabi fazilatlar har bir tasviriy san’at bilan shuyillanadigan talabalarga xos bo‘lmoo‘i kerak.
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining yetuk malakaga ega bo‘lishda nafaqat amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi, balki tasvirlash san’ati sohasida nazariy tayyorgarligining puxtaligiga ham boo‘liq.
Bo‘lg‘usi pedagog-rassomlarni buyuk rassom va tasviriy san’at sohasida ko‘plab nazariy, amaliy bilimlarni meros qilib qoldirgan shaxslar hayoti va ijodiy faoliyatlari bilan tanishtirish, ularning asarlarini chuqur o‘rganish ham katta ahamiyatga ega.
Qalamtasvir mashyilotlari Badiiy-grafika fakultetidagi mutaxassis o‘quv fanlarining asosi sifatida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilariga quyidagi asosiy qonunlarni o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi:
Tasviriy san’atda kompozitsiya asoslari.
Shakllarning chiziqli konstruktiv tuzilishi.
Buyumlarning o‘z-aro nisbatlari.
Tasviriy san’atda perspektiva qonunlari.
Shakllarda yoruo‘ va soya qonuniyatlari.
Tasvirni metodik ketma-ketlikda «analiz» va «sintez» qilib to‘o‘ri bajarish.
Bu ko‘nikma va malakalar talabaning oliy o‘quv yurtining barcha bosqichlari davomida bilim olish vaqtida o‘quv mashqlarini bajarish orqali rivojlanadi va takomillashib boradi. Shuningdek, ushbu bilimlar bo‘lajak o‘qituvchi-rassomning oliygohni tugatgandan so‘ng, pedagogik va ijodiy ish jarayonida ham muhimdir.
Qalamtasvir ishlash metodlari tarixidan
Tasvirlashga nisbatan bo‘lgan qiziqish insonlarni qadimdan o‘ziga jalb etib kelgan. Chunki u ibtidoiy davr odamlariga o‘zaro muloqot qilish, so‘zlashish uchun zarur bo‘lgan. Tarixdan ma’lumki, tasvirlarning aksariyati ovchilik bilan shuyillanib kelgan qadimgi odamlarning hayvonlarni qanday ov qilganliklariga asoslangan. Ular hayvonlarning yurgan yo‘llarini kuzatib, qoya va o‘orlarda turli tasvir va belgilar qoldirganlar. Vaqt o‘tishi bilan ularning tasvirlash qobiliyatlari rivojlanishi natijasida keyinchalik har xil ov manzaralari o‘ziga hos dastlabki kompozitsiya yechimiga ega tarzda aks eta boshlagan. Zaravut-Soy (Surxondaryo) o‘oridan topilgan jahon e’tiboriga molik ushbu tasvirda odamlarning yevvoyi buqaga tosh va nayzalar otib, so‘ngra uni tikka qoyadan pastga tushirib yuborish sahnasi tasvirlangan. Tasvirlarning juda sodda bo‘lishiga qaramasdan aytish mumkinki, ulardagi hayotiylik, naturaga nisbatan bo‘lgan kuzatuvchanlik holatlari kishini lol qoldiradi. Ushbu tasvir qadimgi tosh asri (mezolit)ga tegishlidir.
1957 yili Xo‘jakentda (Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani) topilgan toshga o‘yib ishlangan buyi tasviri ham diqqatga sazovordir.Uning o‘lchami buyining haqiqiy kattaligiga yaqin bo‘lib,1,9 metrni tashkil etadi. Shu yerda topilgan yevvoyi buka rasmi ham tasvirlanishi jihatidan siluet shaklida bo‘lib, toshning bo‘rtiqligi (relefi) hisobga olinib ishlangan. Bu ikki tasvir so‘nggi paleolit davriga tegishlidir.
Eramizdan avvalgi III-II asrlarga mansub kulolchilik buyumlari xamda devorlarga ishlangan suratlarda (Chust, Dalvarzintepa) asosan osmon,yer,quyosh,suv,odam va hayvonlarning tasvirlarini ko‘rish mumkin.
Ibtidoiy davr odamlari qoya va toshlarga ko‘mir bilan turli tasvirlarni tushirib, so‘ngra ular ustidan o‘tkir toshni yurg‘izib chiqqanlar.qeyin esa tasvirlarni pushti rang bilan bo‘yaganlar.uni ta’kidlash lozimki, aksariyat tasvirlar afsonaviy va turli marosimlar asosida ishlangan (ritual) xarakterga ega suratlar bo‘lib, insonlarning o‘sha davrdagi dunyoqarashlarining dastlabki ko‘rinishlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Keyinchalik shular asosida yozish paydo bo‘la boshladi va rivojlana bordi. Avvaliga piktografik (tasviriy), so‘ngra ideografik, ya’ni har bir belgi so‘z ma’nosini anglatuvchi shakl, undan keyin esa dastlabki harflardan iborat yozuvlar paydo bo‘la boshladi.
Odamlar tasvirlash borasidagi dastlabki malakalarni tabiatni bevosita kuzatish va unga tahlil qilish yo‘li orqali egallaganlar. Tasvirlashga o‘rgatish paleolit davrida ham rivojlanmagan edi. Faqatgina keyinchalik neolit davriga kelib dehqonchilik va hunarmandchilikning boshlano‘ich bosqichida insonning mehnat qilishi natijasidagina sa’natga bo‘lgan qiziqish yanada rivojlana bordi.
Rasm chizishga nisbatan ishtiyoq insonlarning kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlarni bezash orqali rivojlandi. Eng avvalo sopol idishlarga turli naqsh va tasvirlar tushirish paydo bo‘la boshladi. Shu tariqa tasvirlar ishlashning dastlabki metodlari ham yuzaga keldi. Endi shogird hunarmand-ustozining tasvirlarini qanday ishlashini kuzatib unda yo‘l-yo‘riqlar o‘rganar edi. Chunki shogirdning ustoz ko‘rsatmalariga rioya qilishi keyinchalik shu hunarning davom ettrishda muhim o‘rin tutgan edi.
Shunday qilib tasvir bajarishni o‘rgatishning dastlabki usullari paydo bo‘ldi.Lekin, ushbu dastlaki metodlar aniq ishlab chiqilgan, yo‘l-yo‘riqlar va tamoyillarga asoslanmagan edi. Tasviriy san’atga o‘rgatish, hamda maktablar tashkil etish ancha keyin boshlangan.
Tasviriy san’atga o‘rgatish metodlari to‘o‘risida gap borganda dastavval Qadimgi Misrning yuksak rivojlangan madaniyatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Tarixiy manbalarda yozilishicha Qadimgi Misr maktablarida turli fanlar qatori rasm chizish ham keng o‘rgatilgan. Maktabni tugatgan o‘spirin xona ichki ko‘rinishini tasvirlay olishi, katta maydon chizmasini chizib, uning o‘lchamlarini qo‘ya bilishi, suv inshootlari tasvirini chiza bilishi shart bo‘lgan. Tasviriy san’at metodlarini maktablarda o‘rgatilishini biz dastlab Qadimgi Misrliklar faoliyatida ko‘rishimiz mumkin.
Bolani tasvirlashga o‘rgatishning asosiy sabablaridan biri o‘qitish uslubi iyeroglofik xususiyatga ega bo‘lganligidandir. Chunki u yoki, bu fikrni bayon etish faqat tasvirlar orqali amalga oshirishni talab etardi.
Bolani maktabda o‘qitish tizimi juda qattiqqo‘llik bilan, hattoki majburlash darajasida olib borilardi. Belgilangan maktab qonuniga amal qilinmagan o‘quvchi jazolanardi. Qadimgi manbalarda yozilishicha, maktab qonun-qoidalariga bo‘ysunmagan shogird hivich bilan savalanib, so‘ngra uzoq vaqt qoronyi zulmatda saqlangan ekan. O‘sha davr maktab qonuni quyidagilarni talab etardi: «Kundalik o‘qishda faol va atrofdagilarga muloyim bo‘l. Hech qachon dangasa bo‘lma, yo‘qsa kaltaklanasan!». Maktablarda rasm chizishga o‘rgatish dastlab Qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. O‘qitish rassom-pedagoglar tomonidan aniq ishlab chiqilgan va tasdiklangan metod hamda qonunlar asosida olib borilardi. Shuni ta’kidlash lozimki, Misrliklar rasm chizish va uning nazariy qonunlariga asos solganlar. O‘sha davr maktablarida yoshlarga ta’lim berishning aniq ishlab chiqilgan didaktik tamoyillari bo‘lmagan.Yeshlarga rasm chizishni o‘rgatish naturani kuzatish, tahlil etish, atrof tabiatdagi voqea va hodisalarni kuzatish orqali emas, balki oldindan ishlab chiqilgan andozalar olib borilgan.
Misrliklardan farqli o‘laroq Qadimgi Yunon rassomlari tasviriy san’atni o‘qitish borasida ta’lim-tarbiyaga o‘zgacha yondoshib, uni tubdan boyitdilar. Ular yosh rassomlarni ko‘proq tabiatni o‘rganishga va uning ajralmas bo‘laklaridan biri bo‘lgan inson go‘zalligini yuksak darajada tasvilashga chaqirganlar. Parassiy, Evpomp, Pamfil, Appeleks va boshqa rassomlar o‘zlarining nazariy asarlarida dunyodagi barcha narsa va buyumlar simmetrik, garmonik hamda matematik jihatdan o‘lchamlarga ega ekanligi haqida yozadilar. Jumladan eramizdan avvalgi 432 yilda yashab ijod etgan haykaltarosh Poliklet odam tana bo‘laklarining bir-biriga nisbatlari haqida yozib, uning isboti sifatida «Dorifor» ma’budasini yaratgan. Keyinchalik rasm chizishni o‘rganayotgan yoshlarga Poliklet yaratgan haykallardan birini o‘ziga qarab tasvirlash majburiy ravishda ta’lim tizimiga kiritilganini ko‘ramiz.
Eramizdan avvalgi IV asrga kelib qadimgi Yunonda Sikion, Efess, Fivan kabi o‘sha davrdagi mashhur rassomlar maktablari vujudga keldi. Shulardan eng ko‘zga ko‘ringani Sikkaon maktabi bo‘lib, u nafaqat rasm chizish metodlarini takomillashtirishga balki, umuman tasviriy san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi hamda u yoshlarga tasviriy san’atni o‘rgatish orqali go‘zal tabiatni sevishga, uning qonuniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganishga qaratdi.
Tasvirlash jarayonida yoshlar tabiatni kuzatish bilan bir qatorda mavjud narsalarning tuzilish xususiyatlarini ham o‘rganganlar. Shuning uchun Sikkion maktabining asoschilaridan biri Pamfil rasm chizishni fan sifatida barcha o‘quv dargohlariga kiritilishini yo‘lga qo‘ygan. U tasviriy san’atga ilmiy nuqtai nazardan qarashni birinchilardan bo‘lib oldinga surdi. Tasviriy san’atning asosi bo‘lgan qalamtasvirga yuksakbaho berarkan «Qalamtasvir ishlashda yuqori darajada aniqlik va ilmiy asos berishi kerak» deb hisoblardi.
Ko‘rib turibmizki, Pamfil tasviriy san’atni, xususan qalamtasvir bo‘yicha yoshlarga saboq berishning ilmiy asoslangan, nazariy va ilmiy metodikasini ishlab chiqqan. Uning metodikasi asosidasaboq olish yoshlardan nazariy bilimlarni egallashni va ko‘plab amaliy mashqlar bajarishni talab etardi. Bu yerda to‘liq o‘qish davri o‘n ikki yil davom etgan.
Qadimgi Yunon mo‘yqalam ustalari o‘z o‘quvchilariga tabiatni ko‘proq kuzatib idroklashni, uning beqiyos va takrorlanmas go‘zalliklaridan lazzatlanishni o‘rgatar edilar. Yana shuni ta’kidlash o‘rinliki, Yunon rassomlari narsa va buyumlarni o‘ziga qarab haqqoniy tasvirlashga birinchi bo‘lib asos solganlar. Rasm chizishning barcha maktablarda fan sifatida haqqoniy tasvirni ifodalay bilishlari ular tarbiyasiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Qadimgi Rim davri san’atkorlari Yunon rassomlari erishgan yutuqlarni davom ettirgan holda tasviriy san’at sohasida ulkan muvoffaqiyatlarga erishdilar. O‘sha davrning boy kishilari san’at asari namunalarini yio‘ib, keng ommaga namoyish qilishni odat qilganlar. Ayniqsa bu hol Sezar hukumronligi davrida ko‘proq oshirilgan. Lekin, Yunonlik san’atkorlardan farqli o‘laroq, Rim rassomlari tasviriy san’atni o‘qitish tizimiga hech bir yangilik kiritmadilar. Rim imperiyasirassom-o‘qituvchisi badiiy ijod muammolari bilan shuyillanmas edi. Asosan o‘qitish tizimida Bnon rassomlari yaratgan namunalarga esa rassom-ijodkor sifatida emas, hunarmand nuqtai nazardan nusxa ko‘chirish, yunon rassom-pedagoglari ishlab chiqqan o‘qitishning ilmiy asoslangan uslublaridan voz kechish oxir – oqibatda tasviriy san’atning rivojlanishiga to‘sqinlik qildi.
O‘rta asrlarga kelib, realistik tasviriy san’at batamom inqirozga uchradi. Chunki bu davr rassomi na buyumni tekslikda haqqoniy tasvirlash qoidalarini va na tasvirlashda Yunon rassomlari tomonidan ishlab chiqilgan asosiy prinsiplarni to‘liq bilmas edi. Ruhoniylar buyuk Yunon rassom-pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan o‘qitishning nazariy asoslarini yo‘q qildilar. Uyo‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan rassom-nazariyotchisi bu haqda shunday yozadi: «Imperator Konstantin va Silvestr papasi davrida Xristianlik dini tarkib topdi. Tasviriy san’at misli ko‘rilmagan darajada ta’qib qilindi. Buyuk san’at asarlari-kartinalar, ma’budalar va insonning eng buyuk tuyyisini shakllantiruvchi rassomlar san’atini o‘qitish borasida to‘plangan chizma, qonun hamda yozuvlar yo‘q qilini».
Antik nomi bilan yuritilgan ushbu davr san’atning vayron qilinishida turk istilochilari ham o‘z «hissalarini» qo‘shdilar. Turklar tomonidan Yunonistonning bosib olinishi tasviriy san’atning batamom rivojlanishdan to‘xtalishiga olib keladi. Tasviriy san’at xususan rangtasvir san’ati bilan shuyillangan Stendal o‘rta asr davrini shunday izohlaydi: «Bosqinchilar qadimgi olimlarning qo‘lyozmalarini yoqib kul qildilar, buyuk san’atkorlar tomonidan tasviriy san’at va haykaltaroshlik namunalari yo‘q qilindi. IX,X,XI asrlar, Qora zulmat asrlari boshlandi».
Bu vaqtga kelib tasviriy san’at darslarini umumiy ta’lim fani sifatida o‘qitish olib tashlandi. Oqibatda o‘qitishning aniq ishlab chiqilgan nazariy va metodik tizimi yo‘q bo‘ladi. keyinchalik bu murakkab va ma’suliyatli vazifalar uyo‘onish davri rassom-ijodkorlari tomonidan bajarildi.
Uyo‘onish davri tasviriy san’atning rivojlanishida yangi davrni ochdi. Rasm chizish nazariyasi sohasida rassomlar yangicha metodlarni ishlab chiqa boshladilar. Salkam ming yillik turyinlikdan so‘ng, ilmiy bilimlar va san’atni rivojlantirish muammolariga bo‘lgan qiziqish yana qaror topdi.
Tasviriy san’at xususan qalamtasvir bajarishning yangi metodlari bo‘yicha Chennini, Alberti, Lenardo da Vinchi, Dyurer kabi ko‘plab buyuk san’atkorlar shuyillana boshladilar. Ular tasviriy san’at sohasida ilmiy izlanishlar tabiat qonunlaridan kelib chiqadi deb qaraydilar.
Rasm chizishga nisbatan ko‘p bo‘lmagan 4-6 o‘quvchidan iborat guruhlar tashkil qilinib, ular usta rassomlar usta xonasida taxsil olar edilar. Qalamda tasvirlash kompozitsiya bilan chambarchas boo‘liq holda olib borilardi. Usta rassom qanday qilib qalamchizgi bajarish, keyin uni materialda ishlash hamda karton (xomaki rasm) tayyorlashgacha bo‘lgan barcha bosqislarni o‘rgatar edi.
Qalamtasvir, me’morchilik, haykaltaroshlik, rangtasvirning haqiqiy asosi sifatida tang olinar edi. Shuning uchun ham uyo‘onish davri buyuk rassomlari rasm chizish metodlariga katta e’tibor berganlar.
Chennini Chennino «Rangtasvir qonuniyatlari» nomli asarida qalamtasvir bajarish metodlariga katta e’tibor berib,uning zaminida narsaning o‘ziga qarab tasvirlash mashqlari yetardi deb yozgan edi.Uning ta’kidlashicha yuksak maxoratga ega bulish uchun shogird xar kuni bir necha soat rasm chizishi kerak.
Florensiyalik me’mor – Leon Vatista Alberti ham qalamtasvir va uni uqitish metodlariga katta e’tibor beradi.Xususan uning «Rangtasvir to‘o‘risida uch kitob» nomli mashxur asarlar to‘plamida yozishicha,ranglar bilan ishlashni o‘rganishdan zarurligini aytadi.Uning ushbu asari 500 yil avval yozilganiga qaramasdan, qonuniyatlari, xulosalari, xozirgi zamon akademik rasm chizish metodlariga to‘la-to‘kis mos keladi. Alberti rasm chizishga jiddiy ilmiy fan sifatida qarar edi.
Rasm chizish metodlarini takomillashtirishga buyuk Leonarda da Vinchi ham o‘z xissasini qo‘shdi.Uning «Rangtasvir xaqidagi kitob»ida olamning tuzilishi, tabiatdagi o‘zgarishlar, xaykaltaroshlik chizikli va fazo perspektivasi xaqida ko‘plab ilmiy asoslangan fikrlarni ko‘rish mumkin.
Alberti kabi Leonarda va Vinchi ham tasviriy san’atning asosi qalamtasvir deb hisoblab, narsaning o‘ziga qarab tasvirlash o‘qitishning zarur qismi ekanligini ta’kidlar edi.Undan tashqari Leonardo da Vinchi inson a’zolari tuzilishini anatom kabi yuksak darajada o‘qib o‘rgangan.Insonning xat bir mushak to‘qimalarini o‘rganib, ularning tasvirlarini chizib qoldirgan.Uygonish davrining usta rassomlari orasida qalamtasvir bajarish metodlarini takomillashtirish muammolari bilan shuyillanganlardan biri nemis rassomi Albertx Dyurer va Shonlardir.Ular tasvirlashda perspektivaning asosiy qonun-qoidalari ustida ko‘plab tajriba sinovlar o‘tkazdilar.Rassom olimlarning diqqatiga sazavor ishlardan yana biri inson qomatining nisbatlarini ishlab chiqish va uni kesik shakllar orqali aks ettirish metodini ishlab chiqqanligidir.
Uygonish davri rassomlari jahon tasviriy san’atning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar.Ularning tasviriy san’at bo‘yicha ishlab chiqqan perspektiva qonunlari keyinchalik ijodkor rassomlarga misli qurilmagan darajada yordam berdi.Agar o‘rta asrlarda tasvirlash metodikasi buyumlar shaklu shamoyilining o‘xshashligini e’tiborga olgan holda bajarilgan bo‘lsa,endi bu davr qalamtasviri ilmiy asoslangan, anatomiya qonunlarini chukur o‘rganish, perspektiva qoidalariga to‘la to‘kis hisobga olib aks ettirgan holda tasvirlash metodlari rivojlangan davr bo‘ldi. Yuqorida ta’kidlanganidek uygonish davri rassomlari rasm chizish metodikasiga katta xissa qo‘shdilar va qalamtasvirni fan sifatida rivojlanishiga asos soldilar.Lekin,ular o‘qitishning didaktik negizlariga kam e’tibor berdilar.Bu muhim vazifani XU1 asrning oxiriga kelib turli davlatlarda tashkil etilgan badiiy akademiyalar davom ettirib,xal eta boshladilar.
XVII asr tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi qalamtasvirning fan sifatida to‘la-to‘kis uning akademik tarzda davom ettishi uchun zamin yaratdi.Akademik qalamtasvirning pedagogik amaliyotda o‘qitishning tizimi dastlab Florensiyadagi «Qalamtasvir akademiyasida»ishlab chiqildi.Aka-uka Karrachilir tomonidan tashkil etilgan Boloniyadagi yosh musavvirlarga quyidagi usulda sabok berganlar.Dastlab qalamtasvir chizish metodlari, qonun-qoidalari bilan tanishgan, so‘ngra gips namunalarini tasvirlangan,shundan keyin inson qiyofasini o‘ziga qarab rasmini solgan.Bu mashyilotlarda u insonning anatomik tuzilishlarini xam chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Boloniya akademiyasida o‘z davrida yoshlarga badiiy ta’lim berish borasida eng makbul va namunali oliy o‘quv dargoxi hisoblanganligi tufayli uning metodikasini davom ettirib 1648 yilda Parij qalamtasvir va xaykaltaroshlik bo‘yicha qirollik akademiyasi, 1660 yili Rimda badiiy akademiya,1696 yili Berlinda,1753 yili Madridda San-Fernando,1757 yili Piterburg akademiyasi, 1768 yili London badiiy akademiyasi tashkil etilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, davlat tomonidan tashkil etilgan akademiyalar bilan bir qatorda xususiy san’at maktablari xam mavjud edi.O‘quv adabiyotlari ustaxonalar bilan to‘liq ta’minlangan maktablardan biri taniqli Flamand rassomi Rubensning xususiy maktabidir.Rubens o‘z zamonasining yirik namoyondasi edi.U buyuk rangtasvir,qalamtasvir ustasi bo‘libgina qolmay,balki san’at asarlarini yuksak qadrlay biladigan olim-tadqikotchi, davlat va jamoat arbobi hamda shogirdlarning mexribon ustozi bo‘lgan.U yuqori darajada ma’lumotli bo‘lib, ingliz,ispan,fransuz, italyan,nemis tillarida yozish va sulashni mukammal bilgan.Antik davr san’atini chuqur, o‘z shogirdlarida o‘sha davrda yaratilgan xaykallarni to‘o‘ridan-to‘o‘ri ko‘chirish emas, balki ushbu namunalarni aks ettirish orqali inson a’zolarini tasvirlashda ilmiy tomondan yondoshishga da’vat etgan.
XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya badiiy maktablarining rivojlangan markaziga aylandi.Fransuz akademiyasi badiiy ta’lim tarbiya tizimiga ko‘plab yangiliklar olib kirdi.Ayniqsa u yerda akademik qalamtasvir ishlash borasida talaygina metodik yangiliklar yaratilgani ma’lum.
Qalamtasvir va uning o‘qitilish metodlarini rivojlantirishga mashxur Fransuz rangtasvir ustasi Dui David xam katta xissa qo‘shdi.Tasvir bajarishda deb ta’kidlar edi, u xar bir bo‘lak mukammal, aniq ishlanish, shu bilan bir qatorda ushbu qism yaxlit bir butunlikni tashkil etish lozim.Inson qomatini tasvirlashda avvalambor uning ichki tuzilishini skeletini, chukur o‘rganib, tashki qiyofasini chizishga o‘rgatar edi.
Qalamtasvir o‘qitish metodlarini rivojlantirishga aka-uka Aleksandr va Fernand Dyupyuilar xam katta xissa qo‘shdilar.1835 yil ular Parijda yosh rassom va xunarmandlar uchun bepul maktab ochib, shogirdlarga tasviriy san’at buyicha saboq berdilar.Diqqatga sazovor joyi shundaki, ushbu maktabda o‘qitishning metodik bosqichlari o‘ziga xosdir.Bu yerda boshqa san’at dargoxlaridan farqli o‘larok eng murakkab bo‘lgan inson komatini tasvirlashni mukammal urganib bulgandan keyin gips naksh namunalarini chizishga utilgan.
Aka-uka Dyupyuilarning ta’kidlashicha, o‘simliklardan tashkil etilgan naqsh bo‘laklari tabiatning barcha eng murakkab shakllarini o‘zida mujassamlashtirgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xususiy akademiyalar yanada ko‘payib bordi.Ba’zi akademiyalar ko‘p yillar davomida tajriba va sinovlardan o‘tib,ta’lim berishda amaliy jixatdan to‘plangan tajribalarni inkor etish asosida qurilgan edi.O‘qituvchi professor o‘zining xususiy maktabini taro‘ibot etish maqsadida o‘tmishda tashkil etilgan va mavjud akademiyalarni «Eskirib, bir yerda qotib qolgan» deb hisoblab, ko‘p xollarda o‘zlari yoshlarga xech qanday tizimga ega bo‘lmagan usulda ta’lim berardilar.
Xususiy akademiyalarga 40-50 ga yaqin o‘quvchilar taklif etilib, ularni na kurslarga va na guruxlarga bo‘linmagan xolda mashyilotlar olib borilgan. Mashyilotlar quyidagicha tarzda edi: Katta xonaning bir necha joyida natura qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilar hech bir yo‘nalishga ega bo‘lmagan xolda taxsil olar edilar. Dars davomida o‘quvchilarga erkinlik berilib, ular xoxlagan naturaga qarab rasm chizar edilar. Ko‘p xollarda u yoki bu vazifani bajarish uchun aniq maqsad ko‘yilmasdi. Shuni ta’kidlash kerakki, xususiy tarzda tashkil etilgan akademiyalar orasida xam aniq yo‘nalishlarga ega bo‘lgan o‘quv dargoxlari mavjud bo‘lgan: Jumladan venger rassomi Shimon Xolloshi (1857-1919) va yugoslav pedagog - rassomi Anton Ashbelar (1862-1905) maktabi diqqatga sazavordir. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan metodika va o‘ziga xos ravishda tuzilgan dasturlar asosida o‘qitish tizimi ularni butun jaxonga mashxur qilgan bo‘lib, ushbu maktabdan o‘nlab iste’dodli rassomlar yetishib chiqqanlar.
XIX asrning oxiriga kelib akademik tarzda o‘qitish tizimi o‘z yo‘nalishi jixatidan yangi zamon talablariga javob bera olmay qoldi. Qisqa vaqt ichida turli badiiy oqimlar paydo bo‘la boshladi. Neormressionizm, kbizm, ekspressinizm, daizm, syurrealizm va turli tarmoqli oqimlarning o‘zaro ziddiyatlari o‘qitish metodikasi ayniqsa qalamtasvirning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. San’atshunoslik akademik tarzda o‘qitish tizimiga qarshi chikib bunday shaklda ta’lim tarbiya berish yoshlarning ijodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi deb xisoblar edilar. Tarixdan ma’lumki o‘sha davrda namoyish etilgan ko‘rgazmalardagi badiiy asarlarning umumiy madaniyat saviyasi uyokda tursin, ularda tasvirlashning oddiy qonun-qoidalariga xam e’tibor berilmaganligini ko‘ramiz. XX asrning boshlariga kelib Garbiy Yevropa va Amerika davlatlarining badiiy maktablari to‘la inqirozga uchradi. Qalamtasvir ishlash uslublari xam keskin o‘zgardi. Tasvirlanajak namuna qiyofasini noizchil o‘rganish, uning tuzilish qonun-qoidalarini yengil-yelpi egallash oqibatida uzoq muddatli akademik qalamtasvirlar ishlash o‘rni yuksak koralamalar bilan almashdi. Ba’zi rassom-pedagoglar esa o‘z o‘quvchilariga buyumlar shakllarini xoxlagancha buzib tasvirlashga ruxsat etdilar.
Bu xol sobik sovet tuzumi davridagi o‘qitish tizimiga xam o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Akademiyalarga antik davrga mansub gips xaykal namunalari yo‘q qilindi, iqtidorli rassomlar tomonidan yaratilgan akademik ishlar barbod etildi. Natijada akademik rasm chizish mustaqil o‘quv fani sifatida o‘zining qadrini yo‘qotdi. Mashyilotlar uzbilarchilik tarzida o‘tkazildi. Tasvirlash uchun buyum va narsalarni (quyilmalarni) o‘quvchilar pedagogsiz o‘zlari xoxlagan tarzda tashkil etardilar. Vazifalar esa aniq maqsadga qaratilmasdan yengil yelpi bajarilar edi. Bu esa o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash imkonini bermas edi. 1939 yildan boshlab sobiq ittifoqning ko‘pgina yirik shaxarlarining oliy ta’lim tizimida tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘limlari tashkil etildi. 1942 yildan boshlab esa ushbu bo‘limlar badiiy grafika fakultetlariga aylantirildi. Ushbu o‘quv dargohlarida tasviriy san’at mashyilotlari xususan qalamtasvir – akademik tarzda narsa va buyumlarni xaqqoniy qilib o‘xshatib tasvirlash yo‘lga qo‘yilgani bilan e’tiborlidir. Buning natijasida yoshlarni turli xil formalistik oqimlarga kirib ketmasliklariga imkoniyat paydo buldi. 1947 yilda esa sobiq ittifok badiiy akademiyasi tashkil etildi. Uning usha yili qabul qilingan qarorlariga esa 1947-48 o‘quv yilidan boshlab barcha badiiy – oliy o‘quv dargohlari birinchi kurslarda gipsdan ishlangan antik davr bosh namunalari va odam portreti, ikkinchi kurslarda esa inson qomati va gips tors namunalari, uchinchi kurslarda inson qomatining turli murakkab odatlarini tasvirlash, to‘rtinchi beshinchi kurslarda esa 2-3 libossiz gavdaning qalamtasvirini uzoq muddatda akademik tasvirlash vazifalari belgilandi.
Shundan so‘ng sobiq ittifoq respublikalarining Tallinn, Kiyev, Tbilisi shaharlarida badiiy institut tashkil etildi. 1955 yili Nizomiy nomidagi TDPI qoshida ham Badiiy – grafika fakulteti tashkil etilib, turli yillarda iqtidorli rassom-pedagoglar – O‘zbekiston xalq rassomlari M.Nabiyev, N.Kuziboyev, akademiklar R.Choriyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arboblari A.Boymatov, M.Saidov, dotsentlar K.Eminov, Y.Yelizarov, T.Ogonesov, N.Ten, G.Abduraxmonov va ko‘plab yirik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadilar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qaysi davrda bo‘lishidan qat’iy nazar tasviriy san’atning rivojlangan eng yirik chuqqisi, uni ilmiy asoslangan, mukammal ishlab chiqilgan metodlarida xamda nazariy bilimlar bilan amaliy faoliyatinining uyyinlashgan davrida o‘z aksini topgan.
Pedagogika universitetlari va institutlarida tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashda qalamtasvir asosiy fan xisoblanadi. Qalamtasvirga oid nazariy bilimlar esa bo‘lajak o‘qituvchi-rassom uchun nixoyatda zarur. Qalamtasvir chizish qonun-qoidalari, undagi iboralar, turli ashyolar bilan ishlash texnologiyasi, inson va xayvonlarning plastik anatomiyasi, yoruo‘ va soyalar, ularning buyum va narsalardagi ko‘rinishlari: daraxt va shox-shabalarning tuzilish xususiyatlari kabilarni o‘qituvchi mutaxassis o‘quvchiga metodik bosqichlardan foydalangan xolda to‘o‘ri tasvirlashni o‘rgatishi va ilmiy jixatdan atroflicha tushuntira olishi kerak.
Keyingi vaqtda tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirishga xukumatimiz katta e’tibor bermoqda. Unga esa qalamtasvir mashyilotlari yuksak darajada olib borilgandagina erishish mumkin.
Buyuk Mikelanjelo Buanorotti aytganidek: “Qalamtasvir - boshqacha qilib aytganda, chizgilar san’ati, rangtasvir, xaykaltaroshlik, me’morchilikning eng yuqori nuqtasi qalamtasvir barcha fanlarning ildizi va manbaidir”. Ushbu so‘zlar 500 yil oldin aytilganiga qaramasdan hozir ham qimmatini yo‘qotmagan va o‘z isbotini topmoqda.
Adabiyotlar ro’yhati


  1. Boymetov B. “Qalamtasvir”. Darslik 1-qism.- Toshkent, 2006.

  2. qo‘shimcha adabiyotlar

  3. Boymetov B. «Qalamtasvir» Pedagogika institutlari va universitetlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent, 1997.

  4. Boymetov B. “Qalamtasvir asoslari”. O’quv qo‘llanma. - Toshkent, 1999.

  5. Boymetov B. “Portret qalamtasviri”. O’quv qo‘llanma. - Toshkent, 2001

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin