Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. 
Nutq va kasb deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlarini izohlang? 
3. 
Nutq vujudga kelishining nazariyalarini izohlang? 
4. 
Nutq turlarining psixologik tavsifini gapiring? 
5. 
Noverbal nutq turini tasvirlang? 
6. 
Verbal nutq turkumini aks ettiring? 
7. 
Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlarini gapiring?. 
8. 
Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningini tushuntiring? 
TEMPERAMENT VA KASBNI EGALLASH MASALALARI 
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari 
SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug‗ma, 
biologik xususiyatlariga alohida e‘tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan 
shaxs ijtimoiy mavjudot bo‗lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug‗ma 
sifatlarni o‗zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar 
individning dinamik - o‗zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta‘minlovchi 
sifatlarini o‗zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda 
keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga 
asos bo‗ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o‗ziga xosligi 
shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan 
boshqasiga, 
bir 
malakalarni 
boshqasi 
bilan 
almashtirgan 
paytlarda 
reaksiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta‘minlaydi va shu nuqtai nazardan
temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o„zgaruvchan) va 
emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar 
majmuidir.karaganda  


Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog‗liq 
bo‗lib, ularning namoyon bo‗lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, 
ekstremal vaziyatlarda o‗zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson 
turli vaziyatlarda o‗zini turlicha tutadi: oliy o‗quv yurtida talabalar safiga qabul 
qilganligi to‗g‗risidagi axborotni eshitgan bolaning o‗zini tutishi, yoki hayotning 
ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do‗stning xoinligi kabi) 
paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaksiyalari uning temperamentidan 
kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og‗ir-bosiqlik 
bilan, boshqasi esa o‗zini yo‗qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan 
kechiradi. SHuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy 
muhitda o‗ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O‗zini bosib 
olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko‗taradigan insonning odamlar 
orasidagi obro‗si ham baland bo‗ladi. Bu uning o‗z-o‗ziga nisbatan hurmatini 
ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib 
borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u 
hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - 
yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. 
YA‘ni, temprament odamning ijtimoiy ob‘ektlarga nisbatan «sezgirligini» 
tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam 
beradi. 
Temperamental xususiyatlar aslida tug‗ma hisoblansada, shaxsga bevosita 
aloqador va anglanadigan bo‗lgani uchun ham ma‘lum ma‘noda o‗zgarib boradi. 
SHuning uchun ham tug‗ilgan chog‗ida sangvinikka o‗xshash harakatlar 
namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb 
bo‗lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga 
aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. 
Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy 
nerv tizimi xossalarini ajratgan edi: 
k u ch, ya‘ni nerv tizimining kuchli ko‗zgatuvchilar ta‘siriga 
bardoshi, shunga ko‗ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi 


sifatlarning namoyon bo‗lishi: 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin