2. BOSIM FARQLARI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf
o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday
usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-
diafragma. 4.1 – rasm,a, soplo 4.1 – rasm,b, Venturi soplosi 4.1 – rasm, v va
Venturi quvuri 4.1 – rasm, g o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial
energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik
diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib,
mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi
toraygan joyidan o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning va, binobarin,
kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial
energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan
oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. Shunday qilib, modda toraytirish
qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ∆Р = Р
1
—Р
2
xosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi
oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. Demak, toraytirish qurilmasi
hosil qilgan bosim farqlari quvurdan o‘tayotgan modda capfining o‘lchovi bo‘lishi
mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan ∆Р bosimlar farqi
bo‘yicha aniqlanadi.
4.1 rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: а – diafragma, б – soplo,
в – Venturi soplosi, г – Venturi quvuri
.
Suyuqlik, gaz va bug‘larning sarfini o‘lchash, uchun toraytirish qurilmasi
sifatida standart diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvurlari
ishlatiladi.
4.1.-rasm, а da ko‘rsatilgan diafragma dumaloq teshikli yupqa diskdan
iborat. Teshikning markazi quvur o‘qida yotishi kerak. Oqimning torayishi
diafragma oldida boshlanadi va undan o‘tgach, ma’lum masofadan so‘ng, o‘zining
eng kichik kesimiga erishadi. Undan keyin oqim tobora kengayib, quvurning to‘liq
kesimiga erishadi. Modda diafragmadan o‘tganda, diafragma orqasidagi
burchaklarda «o‘lik» zona hosil bo‘ladi. Bu yerda, bosim farqlari natijasida
suyuqlikning teskari yo‘nalishdagi harakati yoki ikkilamchi oqim paydo bo‘ladi.
Suyuqlikning qovushoqligidan asosiy va ikkilamchi oqim bir-biriga qarama-qarshi
harakat qilib, uyurmalar hosil qiladi. Bunda diafragma orqasida birmuncha
energiya sarflanadi, demak, bosim ham ma’lum darajada kamayadi. Diafragma
oldidagi zarrachalar yo‘nalishiining o‘zgarishi va ularning diafragma orqasidagi
siqilishi potensial energiyaning o‘zgarishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
4.1-rasm а da ko‘rsatilganidek, Р
1
va Р
2
bosimlar diafragma diskining oldi
va orqasida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi. Soploning (4.1-
rasm, б) kirish qismi ravon toraygan, chiqish qismi esa silindrdan iborat. Soploning
profili sharrachaning to‘liq siqilishini ta’minlaydi va soplodagi silindr teshigining
yuzi oqimning minimal kesimiga teng deb hisoblanishi mumkin.
Soploning orqa qismida hosil bo‘ladigan uyurmali harakat diafragmadagiga
ko‘ra kam energiya yo‘qotishlarga olib keladi. Soploning old va orqasidagi Р
1
va
Р
2
bosimlar xuddi diafragmanikidek o‘lchanadi.
4.1-rasm, в da Venturi soplosi tasvirlangan. Venturi soplosi qisqa silindrik
qismga o‘tuvchi silindrik kirish qism va kengayuvchi konussimon diffuzor
qismdan iborat. Toraytirish qurilmasining bunday shaklida, chiqish diffuzori
mavjudligi tufayli bosim yo‘qolishi diafragma va soplodagi bosim yo‘qolishiga
nisbatan ancha kam bo‘ladi. Р
1
va Р
2
bosimlar Venturi soplosining ichki bo‘shlig‘i
bilan aylana bo‘yicha joylashgan teshiklar orqali bog‘langan halqa kameralar
yordamida o‘lchanadi.
4.1-rasm, г da Venturi quvuri tasvirlangan. Venturi quvuri kirish silindrik
quvuri, kirish konusi, o‘rta silindrik quvuri va diffuzor chiqish konusidan tuzilgan.
Р
1
va Р
2
bosimlar kirish konusining oldi va o‘rta silindrik quvurining o‘rta
qismlarida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi.
Toraytirish qurilmalari vujudga keltirilgan bosimlar farqi orqali modda
sarfini o‘lchash prinsipi va ularning asosiy tenglamalari toraytirish qurilmalarining
barcha turlari uchun bir xil. Faqat bu tenglamalardagi tajriba orqali aniqlanadigan
ba’zi koeffitsiyentlar bir-biridan farq qiladi.
Siqiluvchi muxit (gaz, bug‘) sarfini o‘lchashda, ayniqsa, bosimlar farqi katta
bo‘lganda, modda oqimi toraytirish qurilmasidan o‘tayotgandagi bosimning
o‘zgarishi natijasida modda zichligining o‘zgarishini e’tiborga olish zarur. Lekin
gaz yoki bug‘ning toraytirish qurilmasidan o‘tish vaqti ko‘p bo‘lmagani sababli,
moddaning siqilishi va kengayishi adiabatik ravishda, ya’ni issiqlik almashinuvisiz
o‘tadi.
Demak, gaz va bug‘ sarfini hisoblash tenglamalari suyuqlik sarfini hisoblash
tenglamasidan ε koeffitsiyentning mavjudligi bilan farq qiladi. Agar ε=1 bo‘lsa, bu
tenglamalarni siqilmaydigan suyuqliklar uchun ham qo‘llash mumkin. Bir qator
o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi hajmiy va massaviy sarf tenglamasiga ega
bo‘lamiz:
Dostları ilə paylaş: |