«Gaz va suyuqliklar sarfini standart toraytirish qurilmalari orqali o‘lchash
qoidalari» (РД 50-213-80)da aniqlangan.
Standart toraytirish qurilmalariga РД 50-213-80
qoidalari talablarini
qanoatlantiruvchi va modda sarfini individual darajasiz o‘lchashda qo‘llanadigan
diafragmalar, soplolar, Venturi soplolari va Venturi quvurlari kiradi.
1982 yildan boshlab «Gaz va suyuqlik sarfini standart toraytiruvchi
qurilmalar РД 50-213-80 yordamida o‘lchash qoidalari» joriy etildi.
Toraytiruvchi qurilmani tanlashda quyidagi
mulohazalardan foydalanish
zarur:
1) toraytiruvchi qurilmalarda bosimning yo‘qolishi quyidagi ketma-ketlikda
ortib boradi: Venturi quvuri, Venturi soplosi, soplo, diafragma;
2) m va ∆Р larning bir xil qiymatlarida va boshqa shart-sharoitlarda soplo
diafragmaga qaraganda yuqoriroq aniqlikni (ayniqsa kichik m lar uchun)
ta’minlaydi;
3) toraytiruvchi qurilma kirish profilining o‘zgarishi
yoki ifloslanishi
foydalanish jarayonida diafragmaning sarf koeffitsiyentiga ko‘proq ta’sir etadi.
Difmanometrning turi va xili quyidagi shartlarga ko‘ra tanlanadi:
1)
difmanometr ayni asbobni ishlatishga oid qo‘llanmada ko‘rsatilgan
muhitlarninggina sarfini o‘lchash uchun qo‘llanishi mumkin (agar difmanometr
sezgir elementini uzluksiz himoya qilinmayotgan
yoki ajratuvchi idishlar
qo‘llanmayotgan bo‘lsa);
2)
elektr energiyadan foydalanuvchi difmaiometr moc normativ hujjatlar
talabini qondirishi lozim;
3)
quvurdagi maksimal ish bosimi toraytiruvchi qurilma oldida
difmanometr mo‘ljallangan maksimal ish bosimidan katta bo‘lmasligi kerak.
Asbobsozlik sanoatida quyidagi qatordagi bosim
farqi chegaralariga moc
keladigan difmanometrlar chiqariladи: 10; 16; 25; 40; 63; 100; 160; 250; 400; 630;
1000; 1600; 2500; 4000; 6300; 10000; 16000 va 25000 Па hamda 0,04; 0,063; 0,1;
016; 0,25; 0,4; va 0,63 мПа. Difmanometrning yuqorigi o‘lchash chegarasi
berilgan eng katta sarfga mos kelishi kerak.
Eng katta sarf quyidagi katorga moc kelishi zarur: 1,0; 1,25; 1,5; 2,0; 3,2;
4,0; 5,0; 6,3; 8,0; 10 va hokazo.
Dostları ilə paylaş: