3-Modul bo’yicha amaliy mashg’ulot topshiriqlari
Guruh roʻyxatidagi raqamingizni 15 ga boʻlgandagi qoldiqni aniqlang, bu
Sizning variant raqamingiz boʻladi. Qoldiq nol boʻlgan holatda
variantingiz raqami 15 boʻlsin. Aniqlangan ushbu variant boʻyicha
berilgan
topshiriq yechimi sifatida Windows Forms ilova-dasturini
yarating. Ilova dasturini yaratish va
undan foydalanish yuzasidan
videodars tayyorlang.
Ilova dasturingiz bajarilish jarayonidan screenshotlar oling.
Ushbu
screenshotlar va dastur kodingizdan pdf fayli tayyorlab, topshiriqqa javob
sifatida HEMISga yuklang.
Loyiha papkasini arxivlab, arxiv faylini baholash uchun topshiring!
VARIANTLAR:
1-Variant. Formaga menuStrip, toolStrip va richTextBox joylashtiring. PictureBox
komponentasi joylansin va dastur ishga tushirilganida u koʻrinmas holatda boʻlsin.
menuStripda:
File:
New Ctrl+N – richTextBox ni tozalasin
Open Ctrl+O – openFileDialog orqali richTextBoxga fayl matnini yuklasin.
(openFileDialog uchun filtr – txt, cs, cpp, html kengaytmali fayllar
uchun alohida
boʻlsin)
Save Ctrl+S – saveFileDialog orqali richTextBox dagi matn faylga saqlansin.
(saveFileDialog uchun filtr – txt, cs, cpp, html kengaytmali fayllar uchun alohida
boʻlsin)
Muallif – Muallif haqidagi ma’lumotlarni richTextBoxda chiqarsin (ma’lumotda
kamida FIO, Ta’lim yoʻnalishi va guruhi boʻlishi kerak). PictureBox koʻrinadigan
holatga kelsin va unda muallif rasmi aks etsin. PictureBox bosilganida u yana
ko’rinmas holatga kelsin.
toolStripda quyidagi 4 ta tugmacha va ularning mos vazifalari boʻlsin:
2-Variant. Formaga 5 ta pictureBox, menuStrip va richTextBox joylang. Har bir
pictureBoxga eng yaqin doʻstingizning rasmini aks ettiring.
Formaning sarlavha
(Sistemali menyu joylashgan) satrida “Eng yaqin doʻstlarim” yozuvi aks etsin.
“Doʻstlarim” deb nomlangan menyuda shu 5 doʻstingiz ism familiyasi bilan
nomlangan boʻlimlar tashkil eting. Har bir boʻlimi tanlanganda (bosilganida) mos
ravishda ularning tasviri pictureBoxda hosil boʻlsin.
Qaysi tasvir bosilsa, shu
rasmdagi doʻstingiz haqida qisqacha ma’lumot (Ismi va familiyasi, tugʻilgan sanasi
va manzili) richTextBox matnida hosil boʻlsin. Dastur bajarilishi davomida
richTextBoxdagi matnni tahrirlash imkoniyati mavjud boʻlmasin. Ismi va familiyasi
qalin va koʻk rangda (qiz bola boʻlsa, qizil rangda), qolgan ma’lumotlar esa yashil
rangda bo’lishini ta’minlang.
3-variant. Formaga 1 ta toolStripComboBox, 1 ta richTextBox, 2
ta Button
joylashtiring. toolStripComboBox roʻyxatida 3 ta New, Open, Save satr
joylashtiring: