Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


 Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasi shakllari



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

2.3. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasi shakllari. 
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvchi xarakteriga ko‘ra korxona ishlab 
chiqarish tuzilmasi 3 xil ko‘rinishda tashkil etiladi: 
- texnologik, 
- buyumli (buyumli-yakunlangan), 
- aralash (buyumli-texnologik). 


Texnologik tuzilmaga ko‘ra sexlarda texnologik jihatdan bir xil jarayonlar 
bajariladi. To‘qimachilik korxonalarida to‘quv, bezak berish sexlari, mashinasozlik 
korxonalarida - quyish, termik, mexanik, yig‘ish sexlari. 
Bunda ish o‘rinlarining ixtisoslashuvi chuqurlashadi, ya‘ni har bir uchastkaga 
ma‘lum bir texnologik operatsiyalar biriktiriladi. Natijada ishlab chiqarishga 
maxsus jihozlarni joriy etish imkoniyati kengayadi. 
Afzalligi: 
- progressiv texnologiya jarayonlarni qo‘llash imkoniyatining kengligi; 
- asosiy vositalar va materiallardan to‘liqroq foydalanish imkoniyatining kengligi; 
- texnik rahbarlikning soddaligi. 
Kamchiligi: 
- sexlar orasidagi kooperatsiya aloqalarining murakkablashuvi; 
- ishlab chiqarish siklining uzunligi; 
- transport xarajatlarining ortishi. 
Ishlab chiqarish tuzilmasining buyumli turi sexlarning alohida turdagi 
mahsulotlar, mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuvi bilan xarakterlanadi. 
Bunda mahsulotlarga to‘liq ishlov berish faqat bir sex doirasida amalga oshiriladi 
va yakunlanadi. Masalan: mashinasozlik (avtomobilsozlik) korxonalarida shassi va 
kuzov, motor ishlab chiqarish sexlari; tikuvchilik va poyafzal korxonalarida tikuv 
sexlari va h.k. 
Afzalligi:
- sexlar orasidagi kooperatsiya aloqalarini soddalashtiradi; 
- mahsulot sifati yaxshilanadi; 
- ishlab chiqarish sikli qisqaradi; 
- rejalashtirish soddalashadi. 
Kamchiligi: 
- mahsulot turini ko‘paytirish imkoniyati qisqaradi. 
Aralash tuzilmada turli belgiga ko‘ra ixtisoslashgan sexlar o‘zaro birga tashkil 
etiladi. Masalan: tayyorlov sexlari texnologik belgiga ko‘ra, ishlov beruvchi va 
yig‘uvchi sexlar buyumli belgiga asosan tashkil etiladi. 


Aralash 
(buyumli-texnologik) 
tuzilma 
mashinasozlik, 
tikuvchilik, 
mebelsozlikda keng tarqalgan. 
Ichki bo‘linmalarning mamuriy xo‘jalik xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish 
tuzilmasi turli xilda bo‘lishi mumkin. Sanoatda ishlab chiqarish tizimining sexli
sexsiz, kombinat va korpusli ko‘rinishlari qo‘llaniladi. 
Bular ichida sexli tuzilma keng tarqalgan. Sexsiz tuzilmai kichik korxonalarda 
tashkil etilib, bunda sexlar o‘rnida ustaxonalar, atelyelar yoki ishlab chiqarish 
uchastkalari 
tashkil 
etiladi. 
Ushbu 
struktura 
boshqaruv 
apparatini 
soddalashtirishga, boshqaruvchi bilan ishchining o‘zaro yaqinlashuviga olib keladi. 
Kombinatli tuzilma yirik qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladi. Bunda ishlab 
chiqarish bo‘limlari qat‘iy texnologik jarayon asosida tashkil etiladi. Korpusli 
tuzilmada asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish sexlari bloklarga birlashtiriladi 
va har bir blok alohida binoga (korpusga) joylashtiriladi. Bunda territoriyaga talab 
kamayadi, transport xarajatlari qisqaradi. 
Shunday qilib korxonalarda turli ko‘rinishdagi ishlab chiqarish tuzilmalari 
tashkil etiladi. Asosiy maqsad ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda 
samarali shaklni tanlash va shu orqali mavjud resurslardan unumli foydalanishdan 
iboratdir. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin