1
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………… 4-11
Asosiy qism
I.
Adib
hikoyalarida
inson
va
jamiyat
munosabati
masalasi……………………………………………………… 12-25
II.
Said Ahmad hikoyalarida hayvonlar obrazi……………… 26-
39
III.
Adib hikoyalarida inson psixologiyasi tasviri……………. 40-53
Xulosa…………………………………………………………………… 54-55
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati………………………….………… 56-57
2
KIRISH
Milliy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichida umumjahon ijtimoiy-
falsafiy qarashlaridagi turfa xil yo‗nalishlar bilan yaqindan tanishish imkonini
berdi. Bu hol millatni bir xilda fikrlash majburiyatidan qutultirdi. Natijada
milliy tafakkurning barcha sohalari singari o‗zbek nasrining mazmun
mundarijasi, shaklu-shamoyili va ifoda yo‗sinida ham jiddiy evrilishlar sodir
bo‗ldi. Rivojlanishlar davriga kirgan bir payta bugungi kun ijodkorlari ijodini
ham keng miqyosda o‗rganish ommaviy tus olmoqda. Zero, har bir asar o‗z
davrining ko‗zgudagi aksi o‗laroq maydonga kelar ekan, ayni holat bizga
badiiy asarlarimiz yordamida qay yo‗sinda evrilishlarni boshimizdan
kechirayotganimizni ko‗rsatib beradi. Said Ahmad asarlari ayni vazifani o‗ta
go‗zal tarzda amalga oshirishga qodir badiiyat namunalaridir.
― Ta’kidlash joizki, biz fuqarolar dunyo qarashini boshqarish fikridan
yiroqmiz, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun
bilan bilan to‘ldirish tarafdorimiz
1
‖, - deya ta‘kidlagan edi brinchi
prezidentimiz I. A. Karimov. Unib-o‗sib kelayotgan yosh avlodni ma‘nan
yuksak, fikrlash qobiliyatiga ega salohiyatli yoshlar qilib tarbiyalashni
xohlagan har bir jamiyat bu yo‗lda adabiyotdan unumli foydalanadi.
Adabiyotning
naqadar
qudratli
kuchga
ega
ekanligini
ustoz
yozuvchilardan Abdulla Qahhor aytib o‗tgan edi. Uning ―Adabiyot atomdan
kuchli, ammo uning kuchini o‗tin yorishga sarflash kerak emas‖ degan
haqiqatni yelkasida ko‗tarib turuvchi gapi, shak-shubha yo‗qki, Said Ahmad
ijodiga ham tegishli. Zero, adibning aqlni shoshirib qo‗yadigan o‗xshatmalari
va tasvirlari badiiyatga oshufta har bir yurakni hayajonga solmasdan
qo‗ymaydi. San‘at va adabiyot borasida yangicha fikrlaydigan, dunyoqarashi
eski qolip va mafkuralardan holi bo‗lgan yosh avlodni voyaga yetgazishda
1
Karimov I. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma`naviyat. – B. 75.
3
bundayin so‗z badiiyatining o‗rni beqiyos bo‗ladi, shubhasiz. Shu ma‘noda bu
asarlarning hali ilg‗ab olinmagan badiiyatini topish va uni o‗quvchiga taqdim
etish bugunning adabiyotshunosligi oldida turgan yana bir go‗zal vazifa
sanaladi.
Adabiyotni puxta o‗rganish g‗oyaviy – tarbiyaviy ishlar orasida eng
asosiy masalalardan hisoblanadi. O‗z navbatida milliy va jahon adabiyotini
chuqur o‗zlashtirish, uning badiiy, falsafiy jihatlarini tadqiq etish
adabiyotshunoslik fanining asosiy vazifalaridan biridir. Qolaversa, turli
davrlarda yaratilgan yetuk ijodkorlar asarlari bilan bir qatorda zamonaviy shoir
va yozuvchilarning nodir asarlarini tadqiq etmog‗imiz darkor. Chunki
ijodkorning turli mavzuga bag‗ishlangan badiiy asarlarida badiiylikni oshirish,
shu bilan birga o‗quvchida real tasviriy holatni ishontira bilish, emotsional -
bo‗yoqdor so‗zlardan foydalanish, turli sohalarga oid so‗z va atamalarni soha
mutaxassisi darajasidan ham ortiq o‗ziga xos uslubda adabiy til normasi
sifatida tasvirlay olish so‗z san‘atkoridan katta mahorat talab etadi. Bu esa
bugungi kun ijodkorlari hamisha diqqat-e‘tiborimizda bo‗lishi lozimligini,
ularning yaratgan asarlari ma‘naviyatimiz yuksaltirishga har tomonlama
ko‗mak berishini qulog‗imizda mahkam tutishimiz lozimlligini anglatadi.
Said Ahmad badiiy asarlarida hayotning turli jabhalariga taalluqli
bo‗lgan qarash va xulosalar ijodkor uslubiga xos o‗z badiiy ifodasini topgan.
Bu esa, albatta, so‗z san‘atkorining dunyoqarashi bilan bo‗gliq kuzatuvchanlik,
turli sohalarga bo‗lgan qiziquvchanlik, ayniqsa, gumanistik g‗oyalar bilan
yo‗g‗rilgan ijtimoiy va ma‘naviy mulohazakorligidan darak beradi. Haqiqatan
ham Said Ahmad asarlaridagi rangin bo‗yoqlar, tasvirning ajoyibligi, kishi
ko‗nglini inkishof eta oladigan lingvopoetik xususiyatlar ijodkor tafakkurida,
chuqur joy olib, sayqallanib, asarlar ruhini bezab turgani kishini hayratga
soladi. Shu o‗rinda uning hayoti va ijodiga ham bir nazar tashlab o‗tmoq joiz.
―O‗zbek adabiyotining yetuk nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‗jaev
1920 yili Toshkentning Samarqand darboza mahallasida ziyoli oilasida
dunyoga keldi. Shu yerda o‗rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‗quv yurtida
4
(1940—1941) ta‘lim olgan. Adabiyot darslari va to‗garaklarida ijodga bo‗lgan
havasi ortib, qo‗lga qalam ushlagan, vaqtli matbuot uning ijod dorilfununi
bo‗lgan. Said Ahmad dastlab «Mushtum» jurnalida, Radio komitetida (1942—
1943), «Qizil O‗zbekiston» gazetasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» jurnalida
(1948—1950) va hayotining so‗nggi yillarida O‗zbekiston Yozuvchilari
uyushmasi qoshidagi nasr bo‗limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar
to‗plami «Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi. Urush va urushdan so‗nggi yillarda
Said Ahmad ko‗plab fel‘eton, ocherk va hikoyalar yozdi. «Er yurak» (1942),
«Farg‗ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi to‗plamlar nashr etildi.
Ulug‗ Vagan urushi davri voqealariga bag‗ishlangan «Xazina», «Hayqiriq»,
«Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida avtor urushning dahshatli oqibatlarini
hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‗laydi. Adibning hikoyalarida
Oybekning psixologik tasvir mahorati, G‗afur G‗ulomning yumori, Abdulla
Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir. Said Ahmadning barcha
hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir
voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta‘sirchanlik bilan
ifodalashga, badiiy priyomlarning xilma-xilligiga erishishga intildi. «Cho‗l
burguti», «O‗rik domla», «Lochin», «Odam va bo‗ri», «Bo‗ston», «To‗y
boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‗zbek nasrida ham
yangilik bo‗ldi, Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok
bo‗lgan zamondoshlarimizdir. Muallif «Tog‗ afsonasi», «Zumrad»,
«Muhabbatning tug‗ilishi», «Ko‗zlaringda o‗t bor edi», «Poyqadam», «Alla»,
«Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi. Said Ahmad hajviy
hikoyalarida taraqqiyotimizga to‗siq bo‗layotgan yaramas urf-odatlar ustidan
kuladi, yangicha ma‘naviy-axloqiy masalalarni o‗rtaga qo‗yadi. Aksincha,
o‗zbek psixologiyasiga singmaydigan, milliylikdan yiroq bevatan, bemillat,
yangicha urf-odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning «Xanka
bilan Tanka» «Lampa shisha» kabi o‗nlab hajviyalari shular jumlasidandir.
Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‗zbek radio va televideniyesida
quvnoq miniaturalar teatriga asos solgan. Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin
5
yirik polotnolar yaratishga o‗tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va
«Hukm» (1958) qissalari shular jumlasidandir. «Ufq» romanida (1964) Ulug‗
Vatan urushining olovli yillarida o‗zbek dehqonlarining front orqasida
ko‗rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya qilinadi. «Ufq» trilogiya
bo‗lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy
muammolari haqida bahs yuritadi. U o‗zining «Jimjitlik» (1988) romanida esa
turg‗unlik davri illatlarini fosh etishga intildi. Said Ahmad mohir dramaturg
sifatida ham tanildi. Uning «Kelinlar qo‗zg‗oloni», «Kuyov» kabi sahna
asarlari shular jumlasidandir. Said Ahmad ham qatag‗onlik zulmining ikkinchi
to‗lqiniga duchor bo‗lgan, lager azoblarini tortgan ijodkordir. O‗z talanti va
ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so‗z san‘atkori darajasiga yetkazgan.
Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug‗ullangan. Jumladan, B. Polevoy, A.
Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‗zbek tiliga tarjima qilgan.
Ayni chog‗da adibning ko‗pgina hikoyalari qardosh va horijiy tillarga
ag‗darildi. Said Ahmad o‗zining quvnoq, orombahsh hikoyalari va salmoqli
romanlari bilan o‗zbek prozasi rivojlanishiga katta hissa qo‗shib kelayotgan
ilg‗or yozuvchidir. U O‗zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori
hamdir‖.
2
Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti endilikda davlat adabiyoti bo‗lmay
qoldi. Mustaqil o‗zbek davlati demokratik yo‗nalishda faoliyat ko‗rsatayotgani
uchun ham badiiy adabiyotni sho‗ro zamonida bo‗lgani kabi o‗z
monopoliyasiga aylantirishga urinmay qo‗ydi. Shu bois ijod erkinligiga
obyektiv sharoit yaratildi. Badiiy ijod qilish yoki qilmaslik siyosiy
baholanmaydigan, rag‗batlantirilmaydigan yoki jazolanmaydigan bo‗ldi.
Adabiyot ijodkorning ko‗ngil ishiga aylandi. Bugun badiiy ijod bilan o‗zini-yu
Allohni tanishga uringan odamlar shug‗ullanishmoqda. Ayonki ular shaxs
sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila o‗ziga xos, xilma-xil kishilardir.
Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o‗z ko‗ngliga qarshi bormaydigan,
uning royishlariga zug‗um o‗tkazmaydigan kishilar tomonidan
2
Sobir Mirvaliyev. O‗zbek adiblari (xrestomatiya), Toshkent ―Fan‖ 1993 68-bet
6
yaratilayotganligi quvonarlidir. Adabiy tanqid, o‗quvchilar ommasi nima desa
ham bu ijodkorlar o‗z bilganlaricha yozishdan qaytmaydilar. Bunday
yozuvchilar
ijodini
o‗zlariga
emas,
aksincha,
o‗zlarini
ijjodiga
bo‗ysundirgandirlar. Shu yo‗sinda kechagina ijtimoiy-siyosiy hodisa sanalib
kelgan badiiy adabiyot sof estetik aktga evrildi.
Istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi,
mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat
vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar:
ruhiyati, hissiyoti, ko‗nglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning
o‗zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. Shu tariqa milliy adabiyotning
qahramonlari jug‗rofiyasi kengaydi, miqyosi ko‗lam kasb etdi. Odam biror
ijtimoiy qatlamning vakili tarzida emas, murakkab va anglash mushkul bo‗lgan
inson sifatida badiiy tadqiq etiladigan bo‗ldi. Biz tadqiqot uchun obekt qilib
olgan ijodkor Said Ahmadning ham aynan istiqlol davrida yaratgan asarlari,
xotiralarini o‗qib tahlilga tortishni joiz topdik. Bundan ko‗zlangan maqsad
ijodkorning inson va jamiyat munosabatlariga qarashlari o‗rganishdir.
Said Ahmad ijodi borasida olib borilayotgan ushbu bitiruv malakaviy
ishi zamonaviy so‗z san‘atimizning naqadar go‗zal holatda yaratilayotganini,
bu o‗lmas namunlarning zamon va makon chegaralaridan bemalol chiqib keta
olishini ko‗rsatib berishni o‗z zimmasiga oladi degan umidimiz ham yo‗q
emas.
Dostları ilə paylaş: |