5
boshqaruvining ushbu a‟zolari vakolatini to„xtatish;
j) Bank tomonidan da‟vo qo„zg„atilishi,
qaytarib olinishi, tan olinishi,
tartibga solinishi
to„g„risida qarorlar qabul qilish;
z) Bank nomidan shartnomalar, ishonchnomalar, majburiyatlarni imzolash;
i) Bankning barcha xodimlari uchun ijro etilishi majburiy bo„lgan buyruq va farmoyishlar
chiqarish, ko„rsatmalar berish;
k) Bank nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, shu jumladan
uning manfaatlarini ifoda
etish, bitimlar tuzish va O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko„zda tutilgan barcha
yuridik harakatlarni amalga oshirish (Bank ustaviga muvofiq
Bankning boshqa boshqarish
organlari vakolatiga kiritilgan bitimlarni tuzish bundan mustasno);
l) Bank xodimlari ish haqisi miqdorini belgilash;
m) Bosh bank va Bank filiallarining shtat jadvallarini tasdiqlash, Bosh bank xodimlari va
Bank filiallarining nomenklatura xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzish,
ularni lavozimdan
ozod qilish, ularga nisbatan taqdirlash va intizomiy jazo choralarini qo„llash, ularning lavozim
okladiga ustama haq belgilash;
n) Bosh bank tarkibiy tuzilmalari to„g„risida
nizomlar, Bosh bank xodimlari va Bank
filiallari nomenklatura xodimlarining lavozim yo„riqnomalarini tasdiqlash;
o) Bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlarni imzolash;
p) O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Bank ustavida
belgilangan doirada
Bankning mol-mulki va pul mablag„ini tasarruf etish;
r) Bankning tijorat sirini tashkil etuvchi ma‟lumotlarni belgilash va Bankning joriy
faoliyatida maxfiylikka amal qilinishini ta‟minlash;
s) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashiga
Bankning yillik hisobotini
taqdim etish;
t) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashiga foydani taqsimlash va
zararlarni qoplash yuzasidan takliflarni taqdim etish;
u) ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirishga oid Bank strategiyasi va siyosatining
bajarilishini ta‟minlash;
f) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi, Bank kengashi va Bank boshqaruvi qarorlarining
ijrosi uchun javobgarlikni belgilash;
x) Bank faoliyatida O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ichki normativ hujjatlar
talablariga amal qilinishini ta‟minlash;
ts) Bank boshqaruvi raisi o„rinbosarlari o„rtasida vazifalarni taqsimlash;
ch) Bankning joriy faoliyatini boshqarish bilan bog„liq, O„zbekiston
Respublikasi qonun
hujjatlari va Bank ustavida ko„zda tutilgan, boshqa masalalarni hal qilish va ba‟zi funksiyalarni
6
bajarish.
12. Bank boshqaruvi raisi ishda bo„lmagan vaqtda (xizmat safari, mehnat ta‟tili, betoblik
va hokazo), shuningdek Bank boshqaruvi raisi o„z funksiyalarini bajara olmaydigan ba‟zi
hollarda, uning funksiyasini Bank boshqaruvi raisining birinchi o„rinbosari yoki
o„rinbosarlaridan biri bajaradi.
Dostları ilə paylaş: