EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
UIF =
8.1 | SJIF = 5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020
Page 219
vositalarning qo‘llanilishi teng emas.
Xususan, lirik kirish o‘n sakkizinchi bob –
birinchi
hayrat bobidagina uchrasa, lirik
chekinish o‘n to‘rtinchi va o‘n yettinchi
boblardagina mavjud. Lirik xotima esa bu
ikkisiga nisbatan ko‘proq, ya’ni o‘n ikki
bobda lirik xotima bor. Bu turlichalikning
sababini mumtoz badiiy asarga xos
xususiyat
deb tushunamiz, albatta.
Lirik kirish: (XVIII bob)
Subhdur, ey soqiy, etib mehr fosh,
Tut manga bir jom nechukkim quyosh.
Tong qushi chun berdi payomi sabuh,
No‘sh etayin bir-ikki jomi sabuh.
Subh safoliq mayidin mast o‘lay,
Tong qushig‘a nolada hamdast o‘lay.
O‘n yettinchi bobda shoir o‘quvchiga
ko‘ngilning tavsifini boshlar ekan,
fikridan to‘xtab, o‘ziga savol berib qoladi,
ya’ni fikran chekinadi.
Lirik chekinish: ( XVII bob)
eyki, ko‘ngul vasfi bayon aylading,
sen bu ko‘ngulni ne gumon aylading.
Gulshani jisming aro gul g‘unchasi –
Bitsa, gumon etma ko‘ngul g‘unchasi.
Va bu ko‘ngil g‘uncha emas,
qon ekanligi
kabi mulohazalarida davom etadi.
Ma’lumki, birinchi bobda ,,Bismillohir
rahmonir rahiym‘‘ jumlasining mazmuni
kitobat san’ati orqali keng mushohada qilib
berilgan, tahlil qilingan. Bob yakuniga kelib
ikki qavm – ahli rad va ahli qabul uchun bu
oyat harflarining ikki xil ahamiyat kasb
etishi aytiladi:
Azmida ul qavmg‘a dog‘ uzra dog‘,
Qati’da bu xaylg‘a bog‘ uzra bog‘.
Bu fikrlarning so‘ngida shoir o‘zi uchun
chiqargan xulosasi
lirik xotima hisoblanadi.
Chunki unda subyektivlik bor.
Lirik xotima: istabon, ey xasta Navoiy, navo,
Bo‘yla safarg‘a qilur ersang havo.
Yo‘l yomon-u yaxshisidin yema g‘am,
Bismilloh, degil-u qo‘yg‘il qadam.
Birinchi munojot, ya’ni
uchinchi bob
yakunida borliqni yaratishdan asosiy
maqsad olamning hikmati va gultoji,
koinotning mohiyati inson ekanligini
alohida iftixor va shukronalik bilan qayd
qilib o‘tadi va xotima qiladi:
Ayla Navoiyni burun odamiy,
Kim bo‘la olg‘ay bu haram mahrami.
XVIII bob –
birinchi hayrat bobida peyzaj
tasvirini kuzatishimiz mumkin.
Qaysi eram, gulshani minusirisht,
Gulshani minu dema, bog‘i bihisht.
Har shajari sidrag‘a bosh yetkurub,
Shoxin aning shoxiga chirmashturub.
Barglari ko‘kka qilib sarzanish,
Soyasida mehr topib parvarish.
Sarvlari sarkashu zangorgun,
Har biri ko‘k borgahig‘a sutun.
…suv bo‘lubon royihasidin gulob,
Soyasi tufrog‘ni qilib mushki non.
Bu peyzaj tasviri orqali shoir Yaratganning
qudrati hamda
insonning bu yaratiqlar
qoshida lolligi, ojizligini ko‘rsatmoqchi. Bu
yaratiqlarning barchasi Yaratganni eslar va
unga shukur aytar edi. Mazkur bobda
ko‘ngilning qay makonda paydo bo‘lgani
hamda uning holati tasviri beriladi.
Ikkinchi hayratda ko‘ngilning farishtalar
olamiga sayri orqali to‘qqiz osmon tasviri –
peyzaj beriladi. Ko‘ngil birinchi chaman –
(osmon) sayrida oyni uchratdi:
Zoti aning javhare erdi basit,
Olam anga markaz o‘lub, ul Muhit.
Halqa bo‘lub javhari ulviy xirom,
Xotam anga nuqtai sifliy maqom.
Halqa dema, balki mudavvar lagan,
Sham’i anga mash’alai anjuman.
Bu tasvirlar go‘yoki
Oyning sifatlariga
o‘xshab tuyulsa-da, Ko‘ngilning tomosha
qilayotgan obyekti sifatida uni lol
qilayotgan tabiatning bir bo‘lagi, mudavvar
- …durli lagan. Oydam keyin tasvirlangan