EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020
Page 218
,,Xamsa‘‘ning umumiy g‘oyasida Inson omili,
uning komilligi asoslari yotar ekan, ushbu
insonlik, komillikning negizi uning ko‘nglida
ekanligi sababidan birinchi dostonning
kirish qismida Navoiy insonni, avvalo, uning
ko‘ngli bilan tanishtirishdan boshlab,
ko‘ngil hayratlari boblarini kiritgan.
Sharq so‘z san’atining durdonalari ,, Kalila
va Dimna‘‘ bilan ,,Ming bir kecha‘‘ asarlari
misolida kompozitsion talablarga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, bu qissalar
kompozitsion qurilishi jihatidan nisbiy
poetik sistema shaklini namoyon etadi.
Negaki bu ikki asar bir qarashda hikoyatlar
to‘plamiga o‘xshab tuyulsa ham, turkumga
xos mavzu xilma-xilligi, mazmun tarqoqligi,
fabulaviy noizchillikdan yiroq, bir butun
kompozitsiyaga ega
3
. ,, Kalila va Dimna‘‘da
qolip-kompozitsiya vazifasini ,, Kalila va
Dimna‘‘ qissasi bajaradi. ,,Xamsa‘‘ning
birinchi dostoni ham o‘ziga xos bir
butunlikkka
ega.
Biz
o‘ylaymizki,
,,Xamsa‘‘da bu vazifani ,,Hayrat ul-abror‘‘,
,,Hayrat ul-abror‘‘ uchun esa bu vazifani
uning debocha (kirish boblari) qismi
bajargan. Ya’ni bu boblar asar mohiyati
haqida yaqqol tushuncha bera oladigan
qismlardir. Uch hayrat bobida ko‘ngilning
malak, mulk, va badan mulki olamidagi sayri
va bu sayrlardan tug‘ilgan hayrati orqali
uning ma’rifati darajalari oshib boraverishi
va natijada u o‘zini va Yaratganni tanishi
ifodalangan. Hayrat bu hissiy holat. Bejizga
Xoja (ko‘ngil) hayratdan so‘ng Olloh
ma’rifatiga erishmaydi. Negaki Yaratganni
aql bilan emas, his-tuyg‘u bilan anglash,
tuyish mumkin. Hislar makoni esa faqat
ko‘ngildir.
Kompozitsiya tushunchasi badiiy asarning
barcha sathlariga taalluqli, uning qaysi sathi
3
U. Jo‘raqulov. A. Navoiy ,,Xamsa ‘‘sida xronotop
poetikasi. T:2017.
haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu
aspekti diqqat markazida turadi. ,,Hayrat ul-
abror‘‘ dostonining kirish boblarida asosan,
kompozitsiyaning badiiy nutq shakllaridan
– hikoyalash va tavsifdan foydalanilgan.
Xususan, hamd va munojotlarda tavsif
ustunlik qilsa, hayrat boblarida hikoyalash,
na’tlarda esa har ikkisi aralash holda kelgan. Asarning kirish boblaridagi kompozitsiya
vositalari quyidagilar:
Asar sarlavhasi
Lirik kirish, lirik chekinish, lirik xotima
Peyzaj
Buyumlar tasviri