Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-898-905 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 900 www.ares.uz nechta o’quvchi kelmadi?, Bir yil necha faslga bo’linadi?, Yilning birinchi fasli qaysi?” yoki mantiqiy mashqlar ishlash bilan bog’liq holda: “Xonadoningizda nechta uy hayvoni bor?, Nechta yovvoyi hayvon nomini bilasiz?” kabi.
Mavzular bilan bog’liq holda, “Oila” mavzusida: “Oilangizda nechta kishi yashaydi?, Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz) bor?, Siz oilada nechanchi farzandsiz?, Nechanchi yilda tug’ilgansiz?, Hozir nechanchi sinfda o’qiyapsiz?” yoki Otovushi va O o harfi bilan tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yulduz bor? (Bolani o’ylashga majbur qiladi), Nechta yulduzning nomini bilasiz?” kabi.
1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida “Gapda nechta kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bor?, Nechta unli bor?, Nechta undosh bor?, Berilgan so’z nechta bo’g’inga bo’linadi?” kabi savollarga javob olinadi.
Bu bosqichda aralash berilgan so’zlardan gap tuzdirish, mashq matnidan gaplar
sonini, gapda so’zlar sonini, so’zdagi bo’g’in yoki tovush sonini aniqlatish, baozan
tahlilni yozma tarzda bajarish (5 ta unli bor, beshta bo’g’in bor) kabi mashq turlari
qo’llaniladi. Bunda “Predmet (nomi)ga bog’lanib kelgan so’zga so’roq berib ko’r- chi?, U nimani bildiryapti?” kabi savollardan foydalaniladi.
2-bosqich 2-sinfga to’g’ri keladi. Bu bosqichda asosan ikki vazifa bajariladi:
1. Nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsalarning sanog’ini:
nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsalar tartibini bildirgan so’zlar
haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish;
2. Sonlarga so’roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta olish, ulardan
foydalanib o’z fikrini aniq ifodalash, mazmunga mos holda sonlarni o’rinli qo’llash
(o’nta o’quvchi, o’ntacha o’quvchi kabi) ko’nikmasini o’stirish, lug’atlardan
foydalana olish qobiliyatini shakllantirish.
Bu bilim va ko’nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlab boriladi.
Dastlabki mashqlar tayyor materialdan sonni aniqlashga va izohlashga qaratiladi,
keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda
bir tizimni tashkil etishi lozim:
1. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga nechta?, qancha? so’roqlaridan birini bering,
shu so’z nimani bildirayotganini ayting.
2. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering, nimani bildirishini ayting.
3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so’zlarni nechta?, qancha? (nechanchi?)
so’roqlari yordamida aniqlang.
4. Sanoq bildirgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlang.