Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-898-905 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 902 www.ares.uz yozilishi (ikki, yetti, sakkiz, o’ttiz), sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr so’zlari
bilan qo’llanishi yangi bilim sifatida o’rgatiladi. Sonning 3-bosqichda o’rganilgan
grammatik xususiyatlari bu bosqichda asosan mustahkamlanadi.
Metodik ishlar mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi. Gap yoki
matnni o’rganishda, chiziqchalar o’rniga mos sonlarni qo’yib o’qish, gap tuzishda
maqollar, topishmoq; matn tuzishda ertaklardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:
_______ o’lchab, _______ kes. _______ yigitga _______ hunar oz. ____ ketib, _______ qoldi. Bir mayizni _____ bo’lib yemoq. Pak-pakana bo’yi bor, ______ qavat to’ni bor va hokazo.
Sonlarni miqdor bildiruvchi so’zlar bilan almashtirish: 100 ta – ancha ko’p, 2
ta – kam, oz. Ularni ifodalashdagi farqni aniqlatish: ikki raqam bilan yoziladi, kam,
oz so’zlarini raqam bilan yozib bo’lmaydi.
Sonlarning imlosiga doir mashqlarda raqamlarni harflar bilan ifodalash (2, 7, 8,
9, 11 - ikki...: 2+ov, 7+ala, 6+ov; 10 gramm, 100 so’m, o’n so’m...), harflar bilan
yozilgan sonlarni raqamlar bilan (arab va rim) ifodalash (etti o’quvchi, beshinchi sinf,
ikki ming birinchi yil, o’n to’rtinchi yanvar, 5-sinf, V sinf, 7 o’quvchi...) kabi
topshiriqlardan foydalaniladi. Mashqlar asta-sekin murakablashtirib boriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Boshlang’ich sinflarda sonni o’rgatish ot bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Sonning ot bilan bog’lanishi asosida o’quvchilar ko’p ma`lumotlarni ham
egallaydilar.
Sonni o’rganish yakunida o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni
egallashlari lozim:
1. Sonning sanoq va tartib ma`nolarini bildirishini. 2. Son nechta?, qancha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lishini. 3. Son otga bog’lanib kelishini. 4. Son gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishini. 5. Sonlarni imlo jihatdan to’g’ri yozishni. 6.Og’zaki va yozma nutqda sonlardan to’g’ri va o’rinli foydalana olishni. 7. Sonlarga shakldosh so’zlar topishni. 8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so’zlar bilan almashtirishni.