Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-898-905 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 903 www.ares.uz Har bir grammatik mavzu bir necha darsda o’rganiladi. SHuning o’ziyoq
o’qituvchilardan har bir darsda o’rganiladigan grammatik material tabiatidan kelib
chiqib metod, usul va ish turlarini belgilab olishni, muayyan darslikdan kelib chiqib,
darsning texnologik xaritasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Yangi grammatik materialni o’rganish darsining qurilishi 2-sinfda “Sanoq va tartib bildirgan so’zlar” mavzusi misolida quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Yangi grammatik materialni o’zlashtirishni ta`minlash, o’quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash. Masalan, sanoq va tartib bildirgan so’zlarni o’rganish
uchun “Biz qaysi so’zlarga so’roq berishni o’gandik?” (shakl va narsa, belgi
bildirgan so’zlarga), “Kim?, nima? so’roqlari qaysi so’zlarga beriladi?”, “Qanday?, qanaqa? so’roqlari-chi?” kabi savollardan foydalanish mumkin.
Sinf xattaxtasiga “Tok ko’chati o’tqazilgandan keyin uchinchi yili hosilga kiradi” gapi yoziladi. O’quvchilar yuqoridagi savollar asosida narsa bildiruvchi
so’zlarni belgilaydilar:
Nima? - tok
Nima? - ko’chat
Nima? - hosil
Nima? - yil
Bu savol-javob yangi materialni ongli o’zlashtirishga o’quvchini tayyorlaydi.
2. O’quvchilarga bajariladigan ishlarning maqsadi e’lon qilinadi: – Biz siz bilan gapdagi so’zlarga so’roq berishni va shu so’zning nimani
bildirishini bilib oldik. Biz tahlil qilgan gaplarda baozi so’zlar qolib ketdi. Bu darsda
biz shu so’zlarga so’roq berib, nimani bildirishini aniqlaymiz (“uchinchi” so’zining
tagiga chizib ko’rsatiladi, qolgan so’zlarni ham keyin o’rganishlari aytiladi).