1.3. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fani bo`yicha
ta`lim texnologiyalarining kontseptual asoslari
O`quv jarayoni bilan bog’liq ta`lim sifatini belgilovchi xolatlar quyidagilar:
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni
savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va
mul`timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan
muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash,
erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” kursini loyixalashtirishda
quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim jarayonining
barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni
loyixalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo,
kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan
xolda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g’inlarini o`zaro
boglanganligi, yaxlitligi.
Faoliyatga
yo’naltirilgan
yondoshuv.
Shaxsning
jarayonli
sifatlarini
shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv
jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga
yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko’rsata
olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va
ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baxolashda
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda takdim kilish orkali ta`lim
oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv karama-
karshiligi va uni xal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va
rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati
ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash - yangi
komp’yuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash.
O`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, amaliy ishlar.
O`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, mulokot xamkorlik va o`zaro o`rganishga
asoslangan frontal, kollektiv va gurux.O`qitish vositalari: ishning an`anaviy shakllari
(darslik, ma`ruza matni) bilan bir katorda - komp’yuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari alokaga asoslangan
bevosita uzaro munosabatlar.
Teskari aloka usullari va vositalari: kuzatish, blits-surov, oralik va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o`qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg’uloti boskichlarini belgilab beruvchi
texnologik karta kurinishidagi o`quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maksadga
erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafakat auditoriya
mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashkari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baxolash: o`quv mashg’ulotida xam butun kurs davomida xam
o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki
yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baxolanadi.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanini o`qitish jarayonida
komp’yuter texnologiyasidan, prezentatsion materiallardan va maxsus o`rgatuvchi
interfaol dasturiy majmualardan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar
bilimini baxolash test asosida va komp’yuter yordamida bajariladi. “Internet”
tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar
tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy
nazoratlar o`tkaziladi.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Dostları ilə paylaş: |