O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Pedagogik olimlarning fikricha, modulli o`qitish - o`qitishning istiqbolli
tizimlaridan
biri hisoblanadi, chunki u talabalarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
Modulli o`qitish texnologiyasining an`anaviy o`qitishdan farqli xususiyatlarini
quyidagi 1.1-jadvalda keltirdik.
1.1-jadval
An`anaviy o`qitish texnologiyasiga
asoslangan ta`lim
Modulli o`qitish texnologiyasiga asoslangan
ta`lim
bir tomonga yo`naltirilgan axborot
Bir
tomonlama muloqot
(darslik o`qituvchi
talaba)
axborot olish
xotirada saqlash
ma`nosini
tushunmagan
holda
yodlash
fikrlash va amaliy faoliyat orqali tahsil olish
ikki tomonlama muloqot
tahlil qilish orqali ma`lumotni eslab qolish
bilim va ko`nikmalarni namoyish etish
mazmunni tushunish va hayotga bog’lash
Ushbu jadvalning tahlili shuni ko`rsatadiki, modulli texnologiyaga asoslangan
ta`lim, an`anaviy ta`limdan o`qitish
usullari va vositalari, uni tashkil etish va
natijalari bilan sezilarli farq qiladi.
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi oliy ma`lumotli yuqori malakali
kadrlarni tayyorlash, quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan, hozirgi zamonda ilm fanning rivojlanish tezligi o`zining eng katta
sur`atlariga erishdi. Oxirgi har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy
ko`rsatkichlari 2 marotaba oshib bormoqda.
Ilm-fan rivoji, bu oliy ma`lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir.
Shuning uchun oliy ma`lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o`ta
iqtidorligiga, zamonaviy axborot oqimini o`zlashtirishiga,
ilmiy tekshirish faoliyati,
individual va mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy
axborot va o`quv-ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishiga imkoniyat berishi lozim.