O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Bunda talaba uchun o`quv maqsadi shunday ifodalanishi kerakki, u uni shaxsiy
ahamiyat va kutilgan natija sifatida tushunish va anglash imkoniga ega bo`lsin.
Didaktik maqsad o`z ichiga o`rganilayotgan material hajmiga va uni o`zlashtirish
darajasiga ko`rsatmani oladi. Bundan tashqari har bir talaba o`qituvchidan o`quv
materialni qaerdan topish bo`yicha yozma ravishda maslahatlar olishi kerak. Modulli
o`qitishning boshqa ta`lim texnologiyalaridan farqli ravishda o`ziga hos
hususiyatlarini quyidagicha ko`rsatish mumkin [9].
1. Modulli ta`lim o`qituvchini talabalar bilan bo`ladigan
muloqot shakllarini
o`zgarishini ko`zda tutadi. U talabalar bilan modullar orqali ham bevosita – har bir
talaba bilan individual tarzda muomala qiladi. Modulli ta`limgina o`qish-o`qitishni
sub`ekt-sub`ekt asosga, ya`ni talabani faol bo`lishga, o`quv jarayonida sub`ekt
holatiga o`tkazishga imkon yaratadi. O`qituvchi har bir talabaga individual
yondashuv asosida maslahat – koordinatsiyalashuvchi funktsiyani bajaradi. Bu esa
pedagog va ta`lim oluvchiga o`qish-o`qitishni optimal yo`llarini birgalikda tanlashga
imkon beradi. Natijada ta`lim jarayonida o`qituvchi va talaba o`rtasidagi
munosabatlar teng huquqlik bo`lib boraveradi.
2. Talabaning o`quv-biluv faoliyatini yuqori darajada o`zini-o`zi
tashkil
etilishi. U o`quv maqsadlarni mustaqil qo`yishga, faoliyat usullarini tanlash
ko`nikmasiga, o`z harakati va munosabatlarini boshqalar bilan moslashtirish va
muvofiqlashtirishga asoslangan. Modulli o`qitish sharoitida bu shu bilan
ta`minlanadiki, talabalar o`z vaqtlarining katta qismida mustaqil ishlaydi, o`quv-biluv
faoliyati ularning anglangan predmet iva idroki bo`lib qoladi.
3. Bosma materialga asoslangan modullarni mavjudligi o`qituvchiga talaba
bilan ishlashni individuallashtirishga, ya`ni talabaga dozalangan shaxsiy yordam
orqali hamda ularning har biriga maslahat berishga imkon yaratadi.
Modulli texnologiyaning xususiyatlaridan yana biri, an`anaviy ta`lim berishda
muqobil tarzda vujudga kelgan, u pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi to`plangan
barcha tajribalar va ta`lim jarayonida jadallashtiruvchi
hamda rivojlantiruvchi
metodlarni o`zida mujassamlashtiradi.