O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet


 Modulli o`qitish texnologiyasini qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#119454
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish

2.3. Modulli o`qitish texnologiyasini qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari 
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan o`quv 
modulni ishlab chiqishdagi asosiy holat – uning mazmunini ko`rgazmali tarzda, 
ishlatishga qulay ko`rinishda namoyish qilish hisoblanadi. «Modul» atamasi 
etimologik jihatdan bilimlarni siqish, komponovka qilish ma`nolarini bildiradi. 
Modulni o`zlashtirish samaradorligi faqatgina dasturlashga oid o`quv materialining 
to`liq bo`lishiga emas, bu ma`lumotlarning qanday komponovka qilinganligiga 
bog’liq. Fanlarning xususiyatlariga ko`ra bilimlar, ma`lumotlar turlicha komponovka 
qilingan bo`ladi. Bilimlarni komponovka qilishning quyidagi modellari mavjud: 
mantiqiy model, mahsulot (produktsion) modeli, freymli model, semantik tarmoq 
modeli va hokazo. 
Mantiqiy model sifatida matematik aksiomalar va teoramalarni mantiqiy 
predikatlar yordamida yozilishini keltirish mumkin. Masalan, «Ikkita a va b to`g’ri 
chiziq uchinchi c to`g’ri chiziqqa parallel bo`lsa, ular o`zaro paralleldirlar» tarzida 
yoziladigan teoremani quyidagi ko`rinishda ham yozsa bo`ladi: (a//c, b//c)^#&(a//b). 
Ko`rib turganimizdek, teorema mantiqiy shaklda yozilganda ancha kam miqdorda 
belgilar ishlatiladi va ixcham bo`ladi.
Mahsulot (produktsion) modeliga misol qilib dasturlashdan biror bir 
laboratoriya ishini bajarish yoki masalani echish uchun ishlatish bo`yicha qonun-
qoidalar, ko`rsatmalar, hisoblash uchun kerakli formulalar to`plamini keltirish 
mumkin. 
Freymli model yordamida axborot «siqiladi», shaklga solinadi, tizimlashtiriladi 
va maxsus jadvallar ko`rinishiga keltiriladi. Freym (ramka) – bu oldin to`plangan 
bilimlarni tasvirlash birligi bo`lib, uning ma`lum bir qismlari joriy vaziyatga qarab 
o`zgartirilishi mumkin. Freym slotlar deb ataladigan yacheykalardan iborat bo`lib, 
ularning har biri o`z vazifasiga ega bo`ladi. 
Semantik tarmoq modeli bilimlarni graflar, blok-sxemalar, rasmlar orqali 
tasvirlashga asoslangandir. Odatda, gumanitar ma`lumotlar umumlashtirilib, tayanch 
konspektlari, graflar, gneseologik daraxtlar va hk. ko`rinishida sistemaga solinadi.


O’zg
 
Vara
q
 
Hujjat 
№ 
Imzo 
Sana
 
Bet 
 
 
Aslonova D. 
Bajardi: 
Rahbar: 
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli 
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini 
geometrik usulda yechish) 
Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib nima uchun matematiklar mantiqiy 
yoki mahsulot modelini, biologlar, kimyogarlar va tibbiyot xodimlari esa freymli 
hamda semantik modellarni afzal ko`rishadi, degan savolga javob topish mumkin. 
Ravshanki, biror bir fanni o`rganishda semantik tarmoq modelini ishlatmasdan iloj 
yo`q.
Biz “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanini modulli 
o`qitishda modulni o`quv mazmuni siqiq tasvirlangan blok-sxema bilan boshlashni 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Modulning yakunida esa butun moduldagi 
nazariy ma`lumotlarini qulay va kompakt ko`rinishda ifodalovchi qisqacha konspekt-
sxema bilan yakunlagan ma`qul.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanida o`quv modulini 
o`zlashtirishning samaradorligi faqat undagi o`quv materialining tasvirlanish usuliga 
emas, o`qituvchi tomonidan topshiriqlar to`plamining qanchalik malaka bilan ishlab 
chiqilishi va tuzilishiga bog’liq. Topshiriq istalgan o`quv predmeti mazmunining 
asosiy struktura birligi hisoblanadi. Topshiriq muammosi o`qitishda etarlicha 
munozarali muammo bo`lib, uning mohiyatini anglab etishga bag’ishlab ko`plab 
pedagogik va psixologik tadqiqotlar o`tkazilgan. Hal etilishi o`quvchilarga yangi 
bilimlar va ko`nikmalar beradigan biluv topshiriqlari M.I.Maxmutov tomonidan 
ularning qo`yilish usuli, mazmuni muammoli va muammosiz bo`lishiga qarab 
differentsiallab chiqilgan.
Agar topshiriq ta`lim oluvchi tomonidan o`zlashtirilgan bilimlar va unga 
noma`lum bo`lgan ba`zi bir bilimlar o`rtasida munosabatlar o`rnatib, muammoli 
vaziyatlarni yuzaga keltirsa, bunday topshiriq muammoli hisoblanadi. “Axborot-
kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan mumammoli topshiriqlar va 
muammoli vaziyatlar ta`lim jarayonida shuning uchun kerakki, faqatgina ularni 
qo`llash yo`li bilangina ijodiy fikrlash muhiti yaratiladi.
So`nggi yillarda pedagogikada o`tkazilgan yangi tadqiqotlar to`lqini 
muammoli o`qitishning boshqa turdagi o`qitish usullari bilan integratsiyalashuviga 
olib keldi. Jumladan, muammoli-modulli o`qitish nazariyasi yaratildi. Muammoli-
modulli o`qitish nazariyasi muallifi M.A.Choshanov, muammoli va modulli 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin