O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
• o`quv materialidagi, tayanch qismlarning ajratilib ko`rsatilishi, eslab qolish
faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
SHu bilan bir qatorda o`quv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik
tashkil etishi lozim.
Tizimli
kvantlash tamoyili, moduldagi o`quv axborotining tegishli tuzilmasini
yaratish bilan amalga oshiriladi.
Modul umumiy ko`rinishda quyidagi elementlardan iborat bo`lishi mumkin:
•
tarixiy - bu muammo, teorema, masala, tushunchalarni tarixiga tegishli qisqacha
ma`lumot berish;
• muammoli - bu muammoni shakllantirish;
• tizimli - bu modul tarkibining tizimli namoyon etish;
• faollashtirish - bu yangi o`quv materialini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan tayanch
iboralar va harakat usullarini ajratib ko`rsatish;
• nazariy - bu asosiy o`quv materiali bo`lib, unda
- didaktik maqsadlar, muammoni
ifodalash, gipoteza (faraz)ni asoslash, muammoni echish yo`llari ochib ko`rsatiladi;
• tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o`quv tajribasi, ishni va boshqalarni)
bayon
etish;
• umumlashtirish - bu muammo echimining tasviri va modul mazmunini
umumlashtirish;
• qo`llanish - bu harakatlarning yangi usullarini va o`rganilgan materialni amaliyotda
ko`llash bo`yicha masalalar
tizimini ishlab chiqish;
• xatoliklar - talabaning modul mazmunini o`rganishdagi o`zlashtirishda
kuzatiladigan bir turdagi xatoliklarini ochib tashlash, ularning
sababini aniqlash va
tuzatish yo`llarini ko`rsatish;
• tutashish - o`tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan turdosh o`quv
fanlar bilan bog’liqligini namoyon etish;
• chuqurlashtirish - iqtidorli talabalar uchun yuqori murakkabli o`quv materialini
takdim etish;
• test-sinovlash - modul mazmunini talabalar tomonidan o`zlashtirish
darajasini
testlar yordamida nazorat qilish va baholash.