O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Qobiliyatni ro`yobga chiqarish insonning sezgi organlari qay darajada ma`lumotni
qabul qilishga ishtirok etishlaridan bevosita bog’liq bo`ladi. Inson atrofdagi olamni
o`ziningbeshta sezgi a`zolari: ko`z,
quloqlar, hid va tam bilish paypaslash, ushlab
ko`rish orqali idrok etadi. Ta`lim olishda qancha ko`p
sezgi organlari qatnashsa
shuncha ko`p samaraga erishiladi. Motivatsiyani mashg’ulotlar davomida
saqlanishiga va o`zlashtirishning sifatini yuksak darajaga etkazishiga vizuallashtirish,
ya`ni ko`rgazmali axborotlardan, namunalardan foydalanishi katta yordam beradi.
O`qitish samaradorligi motivatsiyani hosil bo`lishicha, uni saqlanishiga
talabaning o`qitish jarayonidagi o`rni, pedagogning unga bo`lgan munosabatiga ham
bog’liq bo`ladi. YAni pedagog – talaba munosabati
motivatsiyani shaklanishiga
muxim axamiyatiga ega. Ushbu munosabatlar shaxsga – yo`naltirilgan o`qitish
texnologiyalarining tamoyillarga mos kelishi maqsadga muvofiqdir.
Optimizm esa ishonch va irodani mustahkamlanishiga olib keladi. Pirovardda
motivatsiya kuchayadi va rejalashtirilgan o`quv natijalariga erishiladi. Tanbeh usuli
esa (ogohlantirish, tanbeh, salbiy natijalar to`g’risida ogohlantirish, jazo) pissimizm
kabi holatni shakllantirishiga olib keladi. Natijada ishonch va iroda keskin pasayadi,
motivatsiya yo`qoladi, rejalashtirilgan o`quv maqsadlariga erishilmaydi. Ma`lum
darajada talaba shaxs sifatida ma`naviy inqirozga uchraydi.
Motivatsiyani shakllanishi albatta talabani shaxsiy holatiga bog’liqdir.
Bunga
eng avalo talabaning “diqqat”, “charchoq” kabi xislatlari inobatga olinadi. Xorijiy
olimlarning olingan natijalari bo`yicha ma`ruza mashg’ulotlarida diqqat bilan
o`rganish vaqti eng ko`pi bilan 20 daqiqani tashkil etadi.Nazariy
darslarda etarli
diqqat e`tiborlik 45 daqiqa saqlanadi. Taxminan 60 daqiqadan so`ng diqqat, e`tiborlik
eng past darajasiga tushadi (3-4 marta kamayadi). Hozirgi kunda buni e`tiborga olishi
alohida
e`tiborga
sazovor.
YAngi
pedagogik
va
zamonaviy
axborot
texnologiyalarining qo`llanilishi o`qitish jarayonini jadallashtirishga olib kelmoqda.
YA`ni, bir vaqtning o`zida bir necha marta ko`p yangi o`quv materiallarini taqdim
etishiga imkoniyat yaratilmoqda.