O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
oshishiga imkon beradi. Mashg’ulotlar paytida gipoteza (faraz) ilgari suriladi, uning
asoslanganligi ko`rsatiladi va bu muammoning echimi beriladi. Ko`pchilik hollarda
bizning o`qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar (ular hatto yangi bo`lsa
ham), ammo misol uchun AQSHda o`qituvchi masalani o`rganish
uslubini, o`zi
qo`ygan muammoni echish yo`llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini
ko`rsatadi va tushuntiradi. YA`ni u tadqiqotchi sifatida namoyon bo`ladi.
Birinchi navbatda, ayniqsa, ana shu narsa talabani qiziqtirib qo`yadi, unda
ijodiy fikrlash va faollikni tug’diradi.
7.
Kognitiv vizuallik (ko`z bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil
psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko`ra o`qitishdagi
ko`rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan
taqdirdagina o`zlashtirish unumdorligini oshiradi.
Aynan
shuning uchun, kognitiv grafika-sun`iy intellekt nazariyasining yangi
muammoli sohasi bo`lib, murakkab ob`ektlar komp’yuter suratchalari ko`rinishida
tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo`lib, rangli bajarilgan, kognitiv-grafik
o`quv elementlari (rasmlar bloki) hizmat qiladi.
SHuning uchun rasmlar, modulning
asosiy bosh elementi hisoblanadilar. Bu esa:
Birinchidan, talabaning ko`rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi,
ya`ni o`rganish jarayoniga miyaning tasviriy o`ng yarim shari boy imkoniyatlari
qo`shiladi.
Ikkinchidan, o`quv materiali mazmunini o`zida zich joylashtirib ravshan
ko`rsatuvchi surat (rasm), talabada tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan
rangli suratlar, o`quv informatsion materialni qabul qilinish va
eslanish samarasini oshiradi, hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo`lib
hizmat qiladi.
Insonning
bilim
olishi,
fikrlashning
xuddi
ikkita
mexanizmdan
foydalanganidek bo`ladi: ularning biri simvolli (shartli belgili) bo`lsa, ikkinchisi
geometrik (algebralik) bo`ladi.