O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
8.
Xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o`qitish jarayonida doimiy
ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga,
talabalarning ruhiy
faoliyati funktsional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga
qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi, talabada tanqidiy fikrlash qobiliyatini
rivojlanishiga yordam beradi.
9.
O`quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil talabalarda individual va
mustaqil ishlash uchun o`quv vaqtining zahirasini yaratishga yo`naltirilgan bo`ladi.
To`g’ri tashkil qilingan modulli o`qitish, o`qish vaqtini 30%
va undan ortiq
tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o`qitishning barcha tamoyillarini to`la
amalga oshirilganda, o`quv jarayoni komp’yuterlashtirilganda, yondosh fanlarning
o`quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
10.
Texnologik tamoyili. Bu tamoyil talabalar tomonidan o`qitishning
ko`zlangan natijalarga erishish kafolatini ta`minlovchi, o`qitish va bilimni
o`zlashtirish jarayonini, tizimli modulli yondashuv asosida ro`yobga
chiqarishni
anglatadi. Mazkur tamoyil quyidagilar orqali ta`minlanadi:
-maksimal aniqlashtirilgan o`quv maqsadlarni ishlab chiqish, ularni o`lchash va
baholash mezonlarini tanlash;
-qo`yilgan o`quv maqsadlarga erishishiga yo`naltirilgan o`quv jarayonini ishlab
chiqish va aniq tasvirlash;
-o`quv maqsadlarini, butun o`quv jarayonini o`qitish
natijalariga kafolatli
erishishga yo`naltirish;
-o`qitish natijalarini tezkor baholash va o`qitishga tuzatishlar kiritish;
- o`qitish natijalarini yakuniy baholash.
Texnologik tamoyili, o`qitishni qayta takrorlanadigan jarayonga aylanishiga imkon
beradi [7].
Modulli o`qitish tizimida o`rgatuvchi tsikllar soni, o`quv
fanining modullari
soniga teng bo`ladi. O`quv maqsadlariga erishish uchun o`quv me`yoriy hujjatlarning
uzviyligini ta`minlash tayanch sharoitlarini yaratish zarur. Ushbu maqsadlarda
uzviylik tamoyilini qo`llash tavsiya etiladi.