O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Shunday qilib, modulli o`qitishdan foydalanib oliy malakali mutaxassisni
tayyorlash quyidagilar asosida ta`minlanadi:
- o`qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o`zlashtirish samaradorligi oshadi);
- o`qitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko`p qismi,
individual va mustaqil ishlash paytida, komp’yuter tarmoqlari orqali o`zlashtiriladi);
- o`qishni individuallashtirish (talaba o`z qobiliyatiga ko`ra bilim olish
imkoniyatiga ega bo`ladi).
O`qituvchining kasbiy faoliyatida rivojlanishni ta`minlovchi asosiy ziddiyat
inson qobiliyatlari hamda pedagogik faoliyat talablari o`rtasidagi tafovut bilan
belgilanadi. Pedagogik jarayonda yuzaga keluvchi ziddiyatlarni xar bir o`qituvchi
o`z
imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida xal qiladi. Bu faoliyat o`qituvchining
individual uslubini belgilab beradi.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan nazariy
bilimlarni berishda o`quv dasturini modullarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq
bo`ladi, quyida 3.2-jadvalda fanning modulli strukturasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: