Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Biologiyasi va ekologiyasi



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix22.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#119521
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

Biologiyasi va ekologiyasi. Ko‘pchilik holatda tog‘ etaklaridagi butazor,
toshloq yerlarda, qishloq va bog‘larda, eski buzilgan binolardan iborat harobalarda
uchraydi. Ba’zan daryo sohillari, qumli sahrolarda ham uchratish mumkin.
Tog'larda dengiz sathidan
2000 m balandlikkacha bo‘lgan joylarda tarqalgan. Kalamushlar, qumsichqon kabi


21
kemiruvchilar inida yashaydi. Qishki uyqusini ham shu yerda o‘tkazadi. Sentabr,
ayrim xollarda oktabrdan qishki uyquga ketadi va keyingi yilning mart-aprel
oylarida uyg‘onadi.
0 ‘zbekiston sharoitida kapchailonlaraing uyg‘onishi aprel oyining birinchi
dekadasiga to‘g‘ri keladi. Aprelda va kuz oylarida bu ilonni kunduz kuni ham
uchratish mumkin. Yoz faslida havo isib ketganda u ertalab va kechqurun faol
bo'ladi. Kapchailon baqa, qurbaqa, ilon va kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar va
turli sutemizuvchilar, ba’zan qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. U
boshqa zaharli ilonlar bilan ham oziqlanadi. O‘zbekiston va Turkmanistondan
tutilgan bir necha kapcha ilonlarning ichi yorib ko‘rilganda, ba’zilarining
oshqozonidan charx ilon (eng zaharli ilonlardan biri) skeleti, kalamush qoldiqlari
va ba’zi birlaridan yosh quyon, qirg‘ovul, kaklik qoldiqlari topilgan.
7-rasm. O'rta Osiyo kobrasi (ko'zoynakli ilon) – kobra naja oxiana eichw
May oyida juftlashadi va tullaydi. Kapcha ilon O‘rta Osiyo sharoitida
iyulning ikkinchi yarmi va avgustning dastlabki kunlarida uzunligi 3,3-3,8 sm,
og‘irligi 12-19 gr keladigan 6 tadan 19 tagacha tuxum qo‘yadi. Bo‘yi 32,8 sm
keladigan yangi tug‘ilgan bolasi sentabrning ikkinchi yarmida uchragan. Soni
keskin kamayib ketganligi sababli O‘zbekiston va Xalqaro «Qizil Kitob»ga
kiritilgan tur hisoblanadi.


22
Tarqalishi. Shimoliy-G‘arbiy Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron,
Turkmaniston,
Tojikistonda
uchraydi.
O‘zbekistonda
Qizilqum sahrosidagi
tog‘larda, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida hayot kechiradi.
Umuman O‘zbekistonning janubidagi Bobotog‘dan to Hisor tog‘lari etaklari,
Qo‘shtanga, Ko‘hitang, Zarafshon tog‘lari, Turkiston tog‘larining Naratog‘ va
Aristonbel tog‘lariga qadar tarqalgan.
Zaharlanish manzarasi. Kapcha ilon chaqishi natijasida qora ilon hamda
qalqontumshuqlardan farqli ravishda mahalliy hodisalar - og‘riq yoki shish
rivojlanmaydi, ammo limfadenit va limfangoit kuzatilishi mumkin. Og'ir holatlarda
dastlabki qisqa muddatli qo‘zg‘alishdan keyin nafas olish sustlashishi bilan bir
qatorda MAT funksiyalarining tez orada pasayishi kuzatiladi. Yutish qiyinlashadi,
nutq buziladi, qovoqlarning ko‘tarilmasligi sodir bo‘ladi. Reflekslar tormozlanadi,
patologik uyqu sodir bo‘lib, bunda taktil va og‘riq sezgirligi keskin pasayadi.
Kapcha ilon zahri bilan zaharlanganda sodir bo‘ladigan asfiksiya eng yomon
patologik jarayon bo‘lib, u o‘limga olib kelishi mumkin. Ko‘p miqdorda zaharning
qonga tushishida (yirik tomirlar joylashgan qismlarning chaqishida) gemodinamik
shok rivojlanishi mumkin, uning patogenezida organizmdan ajralayotgan fiziologik
faol moddalar: prostaglandin, gistamin, endorfнnlar ham ishtirok etadi.
Birinchi yordam. «Antikobra» zardobi va ilonlarga qarshi plivalent zardob
kiritish, atropin bilan birgalikda antixolinesteraz preparatlar, kortikosteroidlar,
antigipoksantlar qo‘llash tavsiya qilinadi. Nafas olish buzilishida o‘pkalarni sun’iy
nafas oldirish kerak.
Zaharning kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi. Kapcha ilon zahri - toksik
polipeptidlar, spetsifik biologik xossali fermentlar va oqsillarning murakkab
aralashmasidir. Zahar tarkibiga toksik polipeptidlar: neyrotoksin, neyrotoksin,
sitotoksinlar kiradi. Kapcha ilon zahri fermentlari orasida fosfolipaza A
2
,
atsetilxolinesteraza, endoribonukleaza, dezoksiribonukleaza, fosfodiesteraza, 5-
nukleotidaza, L-aminokislotalar oksidazasi, gialuronidaza ma’lum.
Zahar tarkibidagi o‘ziga xos biologik xossali oqsillardan FRN va
antikomplementar faktorlarni ko‘rsatish mumkin. Kapcha ilon zahrining ko‘pchilik


23
komponentlari zahar tarkibida bir nechta izomorflar holida bo‘lib, ulaming miqdori
ekologik faktorlarga
bog‘liq bo‘ladi. Zaharning sichqonlar uchun toksikligi (DL50) 0,5 mg/kg,
neyrotoksinniki I - 0,084 mg/kg, sitotoksinniki I - 1,1 mg/kg, fosfolipaza A j niki -
80 mg/kg. Kapchailon zahri muhim tizimlar va a’zolar: markaziy va periferik asab
tizimi, yurak-tomir va endokrin tizimlar, qon va qon hosil qiluvchi a’zolar, jigar va
buyrakni shikastlovchi keng miqyosdagi patologik reaksiyalarni chaqiradi.
Kapcha
ilon zahari
bilan zaharlanganda neyrotoksinlar eng katta
patogenetik ahamiyatga ega bo‘ladi, ular skelet va nafas olish mushaklarining falaj
bo‘lishini chaqiradi. Neyrotoksinlar ta’siri ko‘ndalang-targ‘il mushaklar N-
xoliretseptorlarining qutblamaydigan bloki tipida rivojlanadi, bu esa ularni
kuraresimon toksinlar tipiga kiritishga imkon beradi. Zahar sitotoksinlari
biomembranalar bilan samarali ta’sirlashib, eritrotsitlar gemolizini (bevosita litik
faktor), asab, mushak va yurak to‘qimalarining qutblanmasligini (kardiotoksik
ta’sir) keltirib chiqaradi. Sitotoksin II antikomplementar ta’sirga ham ega. Zahar
ta’sirliligida fermentlar ham muhim rol o‘ynaydilar. Masalan, atsetilxolinesteraza
atsetilxolinni gidrolizlaydi va shu bilan neyrotoksinlaming falaj qilish ta’sirini
oshiradi. Sitotoksinlarning biomembranaga ta’sirini fosfolipaza A
2
kuchaytiradi.
Bundan tashqari, fosfolipaza A
2
oPrganizmda zaharlanishni kuchaytiruvchi
ko‘pchilik fiziologik faol moddalarning ajralishiga moyillik qiladi. Shunday qilib,
kapcha ilon zahrining toksik komponentlari o‘ljani falaj qilishini ta’minlaydi.
Amaliy ahamiyati. Kapcha ilon zahari ilonlarga qarshi zardoblar ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Neyrotoksinlar atsetilxolin retseptorlarini molekulyar
tuzilishini o‘rganishda qo‘llanilsa, antikomplementar faktorlar ilmiy tadqiqotlarda
immunodepressantlar sifatida foydalaniladi. Zahar fermentlari biokimyoviy
tajribalarda qo‘llaniladi. Endonukleaza va fosfolipaza A
2
tijorat preparatlari
sifatida chiqariladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin