24
joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to'qroq bo'ladi.
Orqasida
ko'ndalang yoki oq, ko'ndalangiga cho'ziq doqlari bor. Ular qirralari orasida ilonizi
yo'l qosil qilib joylashgan. Och rangli doqlardagi ba'zi tangachalarning cheti
qoramtir qo'nqir yoki qora bo'ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon
joyida turgan qolda charx urib aylanadi va bu vaqtda
yon tangachalari bir-biriga
ishqalanib charx toshi kabi o'ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga
charx ilon degan nom berilgan.
O'zbekistonda
charxilon
Termiz
atroflara
va
Qorasuv
hamda
Surxondaryodagi soq tuproqli cho'llarda juda ko'p. Bu erda bahorda bir kun
davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi bo'ylab
Sho'rchi va Bobotog’ tog’ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpoqistonning
janubiy rayonlarida va Qizilqum cho'lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog’
tuproqli va qumli cho'llar,
daryo vohalaridagi jarliklar, ko'hna xarobalarda
yashaydi. Goho u quruq yon bag’irlarda yashaydi.
Qishlagandan keyin fevral oyidayoq ko'rina boshlaydi.
Issiq kelgan yillari
ko'pincha qishning o'rtalarida, yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda
(oktyabr-noyabr) ular ko'pincha inlari yonida isinib yotadi.
Yozda faqat tunda aktiv
yashaydi. Yosh charxilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni yeydi. Kattalari
kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar (dasht agamalari,
tez kaltakesak, gekkon),
suvilon va o'qilonlarni yeydi.
8-rasm. Qum charxiloni – echis carinatus schneid
25
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg’ochilari 3 tadan 15 tagacha
uzunligi 10—20 sm bo'lgan tirik bola tug’adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi.
Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog’ida odatda 3—4 oydan keyin nobud bo'lar
edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og’ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini
buzadi. Bundan tashqari burundan, quloqdan va tananing
shilliq qavatidan qon
ketishi mumkin. Ba'zan ilon chaqqan odam uchinchi kuni halok bo'ladi. Odatda u
bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.
Dostları ilə paylaş: