II BOB. TALABALARDA TASHKILOTCHILIK MAHORATINI
SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING
AMALIYOTI
2.1. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida
shakllantirishda interfaol usullardan foydalanish
Hozirgi
kunda
ta’lim
jarayonida
interaktiv
metodlar,
innovatsion
texnalogiyalar, pedagogik va axbarot texnalogiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashga
bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining
sabablaridan biri shu vaqtgacha ananaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor
bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnalogiyalar ularni egallayotgan
bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib yahlil qilishlariga,hatto
xulosolarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda
shaxsning rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi,
shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim
jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Innovatsion texnalogiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi hamda talaba
faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalgam oshirishda asosan
interaktiv usullardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv usullar – bu jamoa bo’lib fikirlash
deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo;lib ta’lim mazmunining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Bu usullarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- o’quvchi dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikirlash, ijod etish
va izlanishga majbur etish;
37
-
o’quvchini o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlari so’nmasligini
ta’minlash;
-
o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish;
-
pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil
etish.
O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnalogiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning maqsadi aniq
natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi talabalarning bilim saviyasi, guruh
xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnalogiya tanlanadi, masalan natijaga
erishish uchun, balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material,
chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axbarot texnalogiyasi kerak bo’lar, bular
o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq.
Shu bilan birga o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda
o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, ta’limning
texnik vositalarini, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda
hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina kerakli
kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda o’quvchini ta’limning
markaziga olib chiqish kerak. Oqituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra
bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak.
Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta
ahamiyatga egadir, chunki darsning tenologik xaritasi har bir mavzu, har bir ars uchun
o’qitilayotgan predmet fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va
ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson
emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika,
pedagogic va axarot texnalogiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek juda ko’p
38
usullarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsni rang barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan
puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.
Shaxsga yo’naltirilgan interfaol usullardan quyidagilarni misol qilib
keltirishimiz mumkin: “Masalan:
Dostları ilə paylaş: |