1
Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonunining
(yangi tahriri) 8-bob, 47-moddadan iborat (1-1-ilova).
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Jismoniy tarbiya va sport sohasida
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida
Farmonida Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa,
yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va
infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok
etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaligini ta’kitdlab
o’tdtlar (1-2-ilova).
3
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 martdagi «Jismoniy tarbiya va
sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi PF-5368-son Farmoni ijrosi yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil
etish to’g’risida Qarori qabul qilindi (1-3-ilova).
4
Hukumatimiz rahbariining Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida Qarorida Yurtimiz vakillarining Olimpiya
o’yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o’yinlari va chempionatlari hamda xalqaro
musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O’zbekistonning obro’-
e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon
andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o’quvchi va talaba
yoshlar o’rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”
1
Qonun «Xalq so’zi» gazetasining 2015 yil 5 sentyabrdagi 174 (6357) -sonida e’lon qilingan.
2
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 36-son, 473-modda; 2016 y., 52-son, 597-modda; 2017 y., 24-son, 487-
modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son, 24.07.2018 y., 03/18/486/1559-son.
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son Farmoni.Toshkent sh.
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 5 martdagi PQ-3583-son Qarori Toshkent sh.
va“Universiada” sport o’yinlari ommalashib borayotganini belgilab o’tdilar (1-4-
ilova).
5
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar
o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va
infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok
etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli
muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali
olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to’liq foydalanishga
to’sqinlik qilmoqda.
Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish
maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish ustivor
masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli Xalqaro
bellashuvlarda, Olimpiada o‘yinlari va jahon birinchiligi musobaqalarida yuksak
natijalarga erishayotgani, Respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani
shahar va qishloqlarda zamonaviy sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va
yoshlar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkzilishi ommalashib borilayotgani ayniqsa
e’tiborlidir.
Bolalar sportini rivojlantirish – yurt ravnaqi uchun qo‘yilgan poydevordir.
Kelajakni o‘ylab qilingan bunday olijanob savobli ish O‘zbekistonda yurtboshimiz
tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz ommaviy sportning inson va
oila hayotidagi roli, ning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi, hayotga
katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o‘z qobiliyat va ist’edodini ro‘yobga
chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta’kidlab kelingan.
Hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolaning sog‘lom bo‘lib voyaga etishi,
5
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 3 iyundagi PQ–3031-son Qarori. Toshkent sh.
intizomli va qobiliyatini namoyon eta olishi orqali jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi
uchun unga beriladigan tarbiya o‘ta muhum omil hisoblanadi.
Xalqimizda Dunyo ko‘rgan degan ibora ishlatiladi. Buning ma’nosi ko‘p
amlakatlarda bo‘lgan, har xil xalqlar va millatlar bilan muloqatda o‘lgan insonning
dunyoqarashi va tafakkuri boy bo‘lishini anglatadi. Zamonaviy davrda dunyo
ko‘rishning eng samarali usullaridan biri sport musobaqalarida ishtirok etishdir.
Demak, bolalarimizni dunyo bilan tanitishimiz uchun ularni sport bilan oshna
qilishimiz lozim. Buni amalga oshirishni boshlab bergan yurtimizning bolalar
sportini rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘taradi. Bolalar va o‘smirlar sport
maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risidagi “Bolalar va o‘smirlar
sport maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilash” to‘g‘risidagi 13.05.2005 №
119 –sonli buyrug‘i
1. Jismoniy tarbiya murabbiylarni tayyorlaydigan Olimpiya zaxiralari kollejlari
bitiruvchilarni Xalq ta’limi vazirligi ho‘zuridagi Bolalar sportini rivojlantirish
jamg‘armasi tomonidan yangi qurib foydalanishga topshirilgan sport inshoatlari
hamda BO‘SM ga tegishli
mutaxassislar bilan ta’minlash imkon bo‘lmagan taqdirda, istisno tariqasida,
vaqtinchalik murabbiylik lavozimlariga ishga qabul qilishga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O‘zbekistonda
jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli
qarori. Bolalar sportini rivojlantirishda qo‘llaniladigan asosiy qonunlar O‘zbekiston
Respublikasining qonuni 14.01. 1992 y. № 513 -12 Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risidagi ( yangi tahriri) Mazkur qonunning Yangi tahriri O‘z.R 26.05.2000 y
76.11-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonun
27 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 29.08.1997 y. № 464
Ta’lim to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport
qo‘mitasining O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish
to‘g‘risidagi takliflari asosida tashkil etildi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish
jamg‘armasi barcha, shu jumladan Xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, kompaniya va
ishtirok etishlari uchun ochiq bo‘lgan Xalqaro noxukumat jamoat tashkiloti
hisoblanadi.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrdagi
qarori, 374 – sonli qaroriga 1-ilova Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi
muassasalarining ro‘yxati
2-ilova O‘zbekiston Bolalar sporti rivojlantirish jamg‘armasi homiylar
kengashining tarkibi 3-ilova O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi
to‘zilmasi
4-ilova Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi markaziy
apparatining to‘zilmasi
5-ilova Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mintaqaviy
filialining na’munaviy to‘zilmasi.
6- ilova O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi
to‘g‘risidagi Nizom Ushbu ishlarga jami 81 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.
Shundan yangi qurilishlarga 69.6 mlrd. so‘m, rekonstruksiyaga 11.4mlrd so‘m
sarflandi. Mablag‘larning 36.3 mlrd so‘mi jamg‘armadan, 44.7 mlrd. so‘mi
mintaqaviy filiallardan harajat qilindi. 2003-2006 yillarda foydalanishga
topshirilgan bolalar sporti inshoatlari jami 7 mlrd. 400 miln.so‘mlik sport
anjomlari bilan jihozlandi. Ijtimoiy muxofazaga muxtoj oila farzandlari uchun 1.9 mlrd
so‘mlik sport anjomlari tarqatildi. Foydalanishga topshirilgan inshoatlarning barchasi
belgilangan me’yorlar asosida jamg‘arma tomonidan sport anjomlari va uskunalari
bilan to‘liq jihozlanib sport mashg‘ulotlari o‘zluksiz olib borilmoqda. Sport bazasiga
ega bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarsport maktablari jamg‘arma tomonidan ko‘rib
foydalanishga topshirilgan sport majmualariga ko‘chirildi. Ushbu g‘oyat muxim
masalalar izchil yo‘lga qo‘yildi. Xukumat qarorlari va jamg‘arma homiylik
kengashining yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha mahalliy
xokimiyat va boshqaruv organlari, nodavlat va jamoa tashkilotlari hamda Xalqaro
tashkilotlar bilan o‘zviy hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirib borilmoqda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston bolalar sportini
rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish haqida”. 2002 yil 24 oktyabr PF –3154- sonli
Farmoni Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash davlat dasturiga
muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy
salomatligini shakllantirishning sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-
muhabbatni singdirishning g‘oyat muxim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini
rivojlantirish maqsadida : Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Sog‘lom avlod
uchun” Xalqaro jamg‘armasi, xukumat jamoat tashkilotlari turmush tarziga amal
qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligi tuyg‘usini shakllantirish,
Vatanga mehr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur, iftixor ruxida tarbiyalash
borasida chora-tadbirlar komplektini amalga oshirish;
- birinchi navbatda qishloq joylarida bolalar jismoniy tarbiya va sportining
moddiy bazasini shakllantirish, umumta’lim maktablari qoshida va aholi yashash
joylarida zamonaviy sport uskunalari bilan jihozlash va ulardan samarali foydalanishi
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va
moddiy mablag‘larni jamlash
- bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini,
jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko‘nikmalarini singdirishning, sport sohasida
iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga tanlab olishning ilmiy
asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga
ko‘maklashish;
- umumta’lim maktablarining sport bazasini hamda shaharlarda va qishloq
joylarda bolalar sport inshoatlari tarmoqlarini yanada rivojlantirishdan iborat qilib
belgilanadi. Jamg‘arma tashkil topgandan beri, o‘tgan 6 yildan ortiq vaqt davomida
ushbu maqsad va vazifalarni bajarish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
O‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
maqsadida jismoniy tarbiya fani umumta’lim maktablarining 5-9 sinflarida maktab
ixtiyoridagi soatlardan haftasiga 0.5 soatdan, 10-11 sinflarda bir soatdan davlat
ixtiyoridagi soatlarga qo‘shimcha ravishda o‘qitila boshlandi. Jamg‘arma tomonidan
2003-2006 yillarda 543ta bolalar sport inshoatlari foydalanishga topshirildi. Shundan
336 tasi yangi (154 ta TIP, 182 ta sport zallari) 207 ta mavjud sport inshoatlari
rekonstruksiya qilindi. Bularning 437 tasi (80%) qishloqlarga to‘g‘ri keladi. Ilgargi
maktab, murabbiylar va soha mutaxasislari faqat qiziqishi bor bolaning sport bilan
shug‘ullanishiga e’tibor qaratishgan bo‘lsa, bugungi kunda davlat arbobidan
boshlab, korxona raxbarigacha, oiladan tortib mahallagacha, tadbirkor-fermergacha
qo‘yilgan, barcha bolalar sportning sehrli olamida yashamoqda. Qisqa davrda bu
borada ulkan ishlar qilindi. Bunda albatta juda ko‘plab insonlarning mashaqqatli va
zaxmatli mehnati yotibdi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy
salomatligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-
muhabbatni singdirish borasida shart-sharoitlar yaratib berish, bolalar ommaviy
sportini qishloqlarda rivojlantirishga alohida e’tibor berish, Vatanga sadoqatli,
kelajakka ishonchi bor, barkamol avlod tarbiyalash, bolalar orasidan iste’dodli
sportchilarni tanlab olish va ularning qobilyatini rivojlantirishga ko‘mak berish
maqsadida muhtaram birinchi
Prezidentimiz I. A. Karimov 2002 yilning 24 oktyabrda 3154-sonli Farmonga
imzo chekdi. “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish
to‘g‘risida”gi ushbu Farmon bolalar jismoniy tarbiya va sportini yanada
rivojlantirish borasida poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Belgilangan vazifalarni bajarish
maqsadida O‘zbekiston Respublika Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari raisligida
mutasadi tashkilotlar raxbarligidan iborat to‘zilgan komissiya ishtirokida
mamlakatda 42494 ta sport inshoati, shu jumladan 320 ta stadion, 262 ta ochiq
va 53 ta yopiq basseyinlar, 35228 ta sport maydonchalari, 6010 ta sport zallari borligi,
bulardan 18.9 % ta’mirlanishiga muxtojligi aniqlanib, 2003 yilga 44 ta ob’ekt qurilishi
va 60 ta sport inshoatining ta’mirlanishi, 59 ta inshoat rekonstruksiya qilinishi
rejalashtirib, shahar va qishloqlarda zamonaviy sport inshoatlari barpo etishi boshlab
yuborildi.
Bolalar sportining moddiy- texnika va resurs bazasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari davlat siyosati darajasida amalga oshirish, buning uchun davlat
to‘zilmalari bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, homiylar, nodavlat va
jamoa tashkilotlarining Xalq ta’limi boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari
bilan birgalikda bolalarda sportga mexr uyg‘otish, ma’naviy va jismoniy komillika
intilish zarurligi tuyg‘usini shakllantirish, Vatanga muhabbat va o‘z mamlakati
uchun g‘urur, iftixor ruxida tarbiyalash borasida chora-tadbirlar komplektini amalga
oshirish umumxalq harakatiga aylandi.
2004 yil 29 avgustda 3481-sonli “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish
jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul
qilindi. Ushbu farmon bolalar sportini rivojlantirish va qishloq joylarda o‘quvchi
yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishga ommaviy jalb etish,
umumiy o‘rta ta’lim tizimining takomillashtirishning muxim vazifasi 2004-2009
yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumiy dasturining ajralmas qismi
sifatida yangi yo‘nalish ochib berdi.
Dostları ilə paylaş: |