Amaliy mashg‘ulot: Xorazm bastakorlik maktabi ijodiy
faoliyatini o‘zlashtirish. Namoyandalar ijodi bilan tanishish. Xalq
ijodiyoti, suvoralar ijodiyoti va maqomlar ijodini o‘zlashtirish. Har
bir yo‘nalishga tegishli bo‘lgan musiqiy namunalardan tinglash.
Suvoralar va maqom yo‘llariga e’tibor berish. Asarlarini tinglab
tahlil qilish. K.Otaniyozovning ijrochilik va bastakorlik faoliyatidagi
yo‘nalishni aniqlash. Ijro etgan va bastakorlikda yaratgan asarlarini
o‘zlashtirish, tinglash va tahlil qilish.
Nazorat savollari
1. Xorazm bastakorlik maktabi ijodiy faoliyati xususida nimalarni
bilasiz?
2. Doston, suvora va maqom ijodining o‘ziga xos tomonlari.
3. K.Otaniyozov va boshqa ijodkorlarning bastakorlik uslubi haqida
nimalarni bilasiz?
4. Voha bastakorlari ijodini Farg‘ona-Toshkent bastakorlik uslubidan
farqlay olasizmi?
76
III bob.
BASTAKORLIK IJODI NAMOYANDALARI
3.1. XX ASR 30–60-YILLARI BASTAKORLIK IJODIY
NAMOYANDALARI
Muhammadjon Mirzayev
(1913–1999)
Ustoz san’atkor, mohir sozanda, bastakor,
O‘zbekiston xalq artisti Muhammadjon
Mirzayev 1913-yil 13-avgustda Toshkent
shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. U
yoshlik chog‘laridan musiqaga qattiq mehr
qo‘yadi. 1932-yili Toshkent to‘qimachilik
kombinatiga ishga kiradi va shu paytdan
boshlab temiryo‘lchilar klubi qoshidagi
havaskorlik to‘garagiga qatnashadi. To‘-
garakda rus xalq cholg‘ularidan mandolina sozida chalishni
o‘rganadi. 1936-yili O‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida tashkil
etilgan «O‘zbek xalq cholg‘ulari» ansamblida sozandalik faoliyatini
boshlaydi. Ansambl badiiy rahbari To‘xtasin Jalilov bilan bo‘lgan
muloqoti uning hayotida keskin burilish hosil qiladi.
Muhammadjon birinchi galda ansamblda o‘z o‘rnini topishga
harakat qildi. Ansambl rahbari To‘xtasin Jalilov taklifiga
ko‘ra qashg‘ar rubobini o‘zlashtirishga kirishadi. Qashg‘arlik
sozandalardan cholg‘uni olib uni o‘rganadi. Aslida uyg‘urlarning
qashg‘ar rubobi keskin ovozli, pardalari diatonik uslubga va
tanbur cholg‘usi kabi dastasiga boylangan edi. Cholg‘uning
texnik jihatlari va tovushqator tizimlarini zamonaviy cholg‘u
talablariga moslashtirish maqsadida u toshkentlik mashhur sozgar
Usta Usmon Zufarovga murojaat etadi va birgalikda cholg‘uni
takomillashtirib, zamonaviy uslubda qayta ishlaydi. Ularning sa’y-
77
harakatlari natijasida rubobning 7 bosqichli pardalari 12 pardali
tovushqatorga moslashtirilib, boylanma pardalar mis pardalarga
o‘zgartiriladi. Pirovardida, har tomonlama mukammal cholg‘u sozi
paydo bo‘ladi.
Qashg‘ar rubobi aynan shu davrlardan boshlab xalq cholg‘ulari
qatoriga kirib keladi. Muhammadjon Mirzayev uni ijro amaliyotiga
olib kirdi va jozibador tarannumini shaxsiy ijrosida namoyon etib
berishga erishdi.
1942-yili front konsert brigadasi bilan konsert gastrollarini
o‘tkazadi. 1943-yili musiqali drama teatrining tashkil etilishi
bilan Muhammadjon Mirzayev teatrning musiqa rahbari sifatida
ishga taklif etiladi. Ushbu jamoada uning mustaqil bastakorlik
ijodi boshlanadi. Uning ilk qo‘shiqlaridan biri Akmal Po‘lat so‘zi
bilan «Mehnat ahli» asari 1943-yili yosh sa’natkorlar Halima
Nosirova, Zaynab Polvonova va Fotima Boruxovalar tomonidan
ijro etiladi. Bu, albatta, o‘zbek san’atida unutilmas voqea bo‘ldi.
Eng avvalo, o‘zbek bastakorlari qatoriga o‘ziga xos ijodkor kirib
keldi, ikkinchidan, katta ashula janrida zabardast ustozlar Jo‘raxon
Sultonov va Ma’murjon Uzoqovlar rasm qila boshlagan katta ashula
janrining yangi yo‘nalishida yana bir o‘ziga xos asar dunyoga
keldi, uchinchidan, katta ashula o‘zbek ayol ijrochilari tomonidan
maromiga yetkazib ijro etildi.
1946-yili u O‘zbek davlat filarmoniyasiga ishga qaytadi, 1948–
1953-yillarida Toshkent davlat konservatoriyasining «O‘zbek xalq
cholg‘ulari» fakultetida qashg‘ar rubobi sinfi bo‘yicha o‘qiydi.
Muhammadjon Mirzayev sozanda sifatida rubob ijrochiligida o‘ziga
xos ijro uslubini yaratadi. Avvaliga yakkanavozlikda, keyinchalik
o‘g‘li va shogirdi Shavkat Mirzayev bilan jo‘rnavozlikda o‘zbek
shinavandalarini o‘ziga rom etadi.
Rubob cholg‘usining keng ommalashishi va xalqning sevimli
cholg‘ulari qatoriga kirib kelishining yana bir sababi, Muhammadjon
Mirzayevning bastakorlik ijodi edi. Chunki rubobning asl mohiyatini
78
namoyon etadigan zamonaviy dilbar kuylar aynan Muhammadjon
Mirzayev ijodida yaratila boshlandi. Uning ijodiga mansub
«Gulnoz», «Intizor etma», «Dilbar», «Zavqim kelur», «Dildor I,
II», «Orzu dil», «Dilrabo», «Tong», «Jonon», «Gilos» kabi rubob
taronalari yaratildi. Ushbu asarlar o‘zbek cholg‘u kuylari sifatida
o‘zining originalligi, ohangining jozibaliligi, mavzusining rang-
barangligi bilan xalq orasida keng ommalashdi.
Muhammadjon Mirzayev ijod etgan asarlari o‘zining raqsbopligi
bilan ajralib turadi. O‘zbek raqs san’ati ijro repertuari uchun
yaratgan asarlari, doimo o‘zining yorqin jozibadorligi va o‘ynoqiligi
bilan tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lib kelgan. Bastakorning
tanlagan mavzulari ham rang-barang. Ular ona Vatanni, aziz yurtni,
go‘zal tabiatni, baxtli hayotni, ishq-muhabbatni madh etuvchi
kuylarni tashkil etgan. «Bahor valsi», «Qizlar valsi», «Orzu dil»,
«Dil kuylasin», «Go‘zal Vatanim», «Shodlik», «Yor uchrashuvi»,
«Gulbahor va Tanavor», «Rohat» kuylari shular jumlasidandir.
Uning yaratgan asarlarida vohaviylik, yakkaxon xonandalarga
xos unsurlar go‘zal uyg‘unlashgan. Ijodiy faoliyati, asosan, ijodiy
jamoalar bilan bog‘liqligi sababli (masalan, jamoa yoki qatnashchilar
uchun repertuar tanlashda) kunlik vaziyatga mos asarlar yaratishga
muvaffaq bo‘lgan. Shu bois Muhammadjon Mirzayev davr
san’atkorlari uchun kuy, qo‘shiq va ashulalar yaratgan. Ular orasida
taniqli xonanda Dilorom Qayumova ijro etgan «Uch dugona», «Ey,
gul», «Oltin sandiq», «Popning popuk qizlariga», «Onalar» kabi
qator qo‘shiqlari o‘zining yorqinligi, go‘zal taronaga moyilligi bilan
alohida ajralib turadi.
Bastakorning mumtoz uslubga xos bo‘lgan ijodiy namunalari
O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov bilan bog‘liqligini
qayd etish lozim. Chunonchi, Muhammadjon Mirzayev zabardast
san’atkor, bilimdon bastakor sifatida ustoz Ma’murjon Uzoqov
ijrosida butun Farg‘ona vodiysi hofizlik san’ati ijrochilik omillarini
ko‘ra bildi. O‘zining bastakorlik ishlari doirasida o‘z ashulalarini
79
Farg‘ona vodiysi ijrochilik an’analari bilan sug‘orishga va alohida
original asarlar yaratishga muyassar bo‘ldi. Shu bois uning
yaratgan ashulalari haligacha o‘z mavqeyini saqlab yetuk hofizlar
tomonidan ijro etib kelinadi. Uning Ma’murjon Uzoqov ijrosida
mashhur bo‘lgan yalla va ashulalari orasida – Muqimiy so‘zlariga
«Yakka bu Farg‘onada», «Surating», «Yolg‘iz», «Ayrilmasun»;
Furqat so‘ziga bastalangan «Yo‘lingda», «Sho‘xi jononim mening»,
«Qachon bo‘lg‘ay» va «Yor istab»; Sobir Abdulla so‘zi bilan «Parvo
etib kel», «Shahloga tushdi», «Ko‘zlaring»; Hanifa Mavlonova
ijrosida elga manzur bo‘lgan, keyinchalik ommalashgan «Parvona
bo‘ldim», «Gulchehra yor», «Tong otguncha», «Husningga bu
shaydoni» kabi o‘nlab ashulalar o‘zbek musiqa merosidan munosib
o‘rin oldi.
Muhammadjon Mirzayev o‘zbek bastakorlik an’analarini
munosib davom ettirgan, musiqiy merosga original asarlar bilan
hissasini qo‘shgan, ijrochilik amaliyotida yangicha cholg‘u sozini
kiritgan va ijrochiligini an’anaga aylantirgan zabardast san’atkordir.
Uning ijrochilik va ijodiy merosi hozirgi davrgacha alohida o‘ringa
ega. Avvalo, u qashg‘ar rubobi ijrochiligi bo‘yicha sozandalarning
rahnamosi hamda ijrochilik maktabining asoschisi sifatida tilga
olinadi. Qolaversa, xalqimizning milliy ruhiyati, ma’naviyatini
in’ikos etuvchi betakror kuy va qo‘shiqlar yaratgan ijodkor
ko‘rinishida kelajak avlod bastakorlari uchun ibratdir. Uning
yaratgan asarlarida o‘zbekona nafosat go‘zalligi, joziba, tabiat bilan
hamohanglik, hayotga bo‘lgan mehr-muhabbat ifori barq urib turadi.
Uning ijodini har qancha e’tirof etsa arziydi.
Muhammadjon Mirzayev rubob ijrochiligida alohida ijro
maktabini yaratgan va munosib shogirdlar tarbiyalagan, musiqa
merosimizni ko‘pdan ko‘p (300 dan ortiq) betakror kuy, qo‘shiq va
ashulalar bilan boyitgan zabardast bastakor, betakror san’atkordir.
Uning musiqiy merosi o‘zining ko‘p jihatliligi, purma’noligi bilan
ahamiyatlidir.
|