Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Rejalashtirishga maolum texnologik talablar qo‘yiladi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Rejalashtirishga maolum texnologik talablar qo‘yiladi. Ular quyidagilardan iborat. 
1. Rejalar Respublika xalq taolimi Vazirligi va boshqa boshqaruv organlarining qarorlari, meoyoriy xujjatlari 
va ko‘rsatmalarining mazmuniga mos tushishi xamda uni o‘zida aks ettirishi lozim. Davlat dasturi materiallari asosida 
jismoniy tarbiya tizimining barcha zvenolarida jismoniy tarbiya jarayoni rejalashtiriladi. Barcha tuzilgan rejalar 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalariga mos tushishi shart va 
O‘zbe-kiston xalq taolimi Vazirligining uslubiy ko‘rsatmalariga asosida bo‘lishi kerak. 
2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiya umumiy va uslubiy prinsiplarga amal qilishi va ularsiz rejalashtirish 
jarayoni-dan ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin bo‘ladi. Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyani 
mexnat va xarbiy amaliyoti bilan bolash va uni solomlashtirishga yo‘nal-tirilishi rejalashtirishning qimmatini oshiradi. 
Shuning uchun darsni vositalarini tanlashda soliq uchun foydali, shuullanuvchilarni xar tomonlama rivojlantiradigan 
jismo-niy tarbiya vositalarini aloxida eotibor bilan tanlab, mashu-lotlarni iloji boricha ochiq xavoda, tabiiy sharoitda, 
quyosh nuri, xavo va suvdan tabiatni solomlashtiruvchi kuchlari tarzida samarali foydalanishni rejalashtirishni 
axamiyati beqiyos. 
3. Maqsadga yo‘naltirilgan va istiqbolli yo‘nalishga ega bo‘lgan reja tuzish rejalashtirishning asosiy 
talablaridan biri deb sanalishi kerak. Maolum muddatga (darslarga, chorak, yillik) tuzilgan rejalar oldingilariga 
tayanishi va ularni davomiyligini o‘zida aks ettirishi, bo‘lajak ishlarga tayyor-lashi rejalashtirishning asosiy 


talablaridandir. Shundagina tasodifiy, epizodik darslarga chek qo‘yiladi, rejada ilgari surilgan tizimning istiqboli sari 
dadil odimlanadi. 
4. Rejani aniq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi, uni amalga oshiruvchini kuchiga yarashaliligi, 
maktabdagi shart-sharoit xisobga olinganligi, moddiy texnik baza va boshqa imkoniyatlarni xaqiqiy xisobga olingan 
bo‘lishi, o‘qituvchini o‘z imkoniyatlariga real baxo bera bilganligi, o‘quv dasturida qayd qilingan materiallarni 
o‘qitishda erishilgan siljishni ko‘ra bilish va uni rejalashtirish talabiga rioya qilish. 
5. Rejalashtirishni konkretligi, realligi o‘qitishni aniq bosqichlarga bo‘linganligi, belgilangan topshiriqlar va uni 
xal qilish tanlangan vositalarda namoyon bo‘lishligi, ko‘p sonli mashqlardan kerakligini tanlab rejalashtira olish orqali 
maksimum pedagogik natijaga erishish. Mashqlarni ketma-ket bajarishda «kuchli taosirli mashqlar»ni sodda 
mashqlardan oldin o‘rganmaslik. 
6. Rejalashtirishni amaliyotda jadval, chizma shaklida ko‘rgazmali ifodalashdek talablar mavjud. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin