Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Xujjatlar – namunaviy o‘quv rejasi va davlat taolim standarti asosida tuzilishi belgilab qo‘yiladi. O‘quv rejasi 
maolum yoshdagilar uchun qaysi o‘quv fanlari o‘qitilishini qayd qilsa, davlat taolim standartida shu fanlar bo‘yicha 
o‘quvchiga o‘qitilishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali tavsiya qilinadi va qatiyyan belgilanadi. Jismoniy tarbiya fani 
asosiy fan tarzida taolim tizimining barcha o‘quv muassasalarida majburan o‘qitiladigan o‘quv fani xisoblanadi. 
** 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursini o‘rganayotib, yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari va 
o‘quv dasturidagi boshqa bo‘limlarning xususiy metodikasi xamda o‘qituvchilarning amaliy faoliyatini amaliyot 
paytida kuzatib, talaba o‘zlashtirib olayotgan bilim va amaliy malaka va ko‘nikmalarini o‘zining o‘lchoviga solib 
bo‘lajak faoliyatida qanday foydalanish lozimligini tasavvur qilib ko‘radi va o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘ladi. 
O‘qituvchida kelgusi o‘quv yili ishlari oyasi o‘z shaxsiy tajribasi, boshqa o‘qituvchilarning pedagogik faolitini 
kuzatish, o‘z ustida ishlash jarayonida tashkil topadi. Bu sharoitda o‘z mutaxassisligiga to‘ri keladigan fan 
o‘qituvchilar tajribasiga tayanib qolmasdan, boshqa fan o‘qituvchilari tajribasidan xam foydlanish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. So‘ng bu oya ishning aniq sharoitlari, o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan taqqoslanadi va bunda bir 
necha o‘zgarshlar, qisqartirishlar yoki to‘ldirishlar yuz berishi mumkin. ana shundan so‘ngina, ishning aniq maqsadi 
vujudga kelad, bunda o‘quvchilarni xam nazariy, xam jismoniy va texnik tayyorgarlik xolatlari darajasi xisobga 
olinadi. Istalgan natijaga erishish uchun bir qator aniq vazifalar belgilanadiki, bunda lozim bo‘lgan nazariy bilimlarga 
ega bo‘linadi, maktab dasturida ko‘zda tutilgan jismoniy mashqlar orqali tarbiya jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Demak 
rejalashtirishning texnologik operatsiyasi deb o‘qitish va tarbiyalashning aniq vazifalarini navbatma-navbat qo‘ya 
bilish tushuniladi. 
Ayrim topshiriqlarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik taosir o‘tkazish tizimini aniqlaydi. 
Metodlar va ish sharoiti shu vositalar tarkibiga kiradi. Bu operatsiyalar xam ilgargisiday o‘quvchilarning aktiv 


ishtirokida xam bajarilishi mumkin. Bunda jismoniy tarbiya jarayonining to‘ri tashkil qilinishiga xalaqit beradigan 
noqulay faktorlarni xisobga olish zarurati mavjud. Shuning uchun pedagogik jarayonning turi va uni qanday 
borayotganligini tekshirib borish uchun aloxida ajratib olingan ekspress testlar yordamida etapma-etap nazorat qilish 
tizimi tashkil qilinadi. Agar xar etap bo‘yicha olingan xisob natijasi rejalashtirganiga yaqin yoki to‘ri kelsa barcha 
operatsiyalar to‘ri rejalashtirilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Agar nazorat natijalari rejalashtirilgandan ancha farq 
qilsa, rejalashtirish texnologiyasida xatolar mavjudligi va ularni uchta zvenodan qidirish tavsiya qilinadi. Birinchidan 
barcha noqulay faktorlar xisobga olingan olinmaganligi, ikkinchidan pedagogik taosir tizimi nazorati qandayligi 
o‘rganiladi, bu yerda xam xatolar topilmasa, pedagogik vazifalarning xaqqoniyligi baxolanadi. 
Agar xatolar birinchi zvenoda ekanligi aniqlansa va o‘qituvchi aynan shu xatolar natijalarini yuzaga 
chiqmaganligiga sababchi deb ishonsa, bunda kerakli tadbirlar qabul qilinib, boshqa zvenolar tekshirilmaydi. 
O‘qituvchi faoliyatining birinchi yillarida, barcha yosh o‘qituvchilarning ish faoliyatlarida aynan shu xollar yuz 
beradiki rejalashtirish texnologiyasi operatsiyalarida eotiborsizlik, xatolar sodir bo‘ladi. Albatta bular barchasi ish 
natijalariga yo ijobiy yo salbiy taosir etmay qolmaydi. Shuning uchun barcha yosh o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini 
tizimli taxlil qilib borishlari, o‘zlariga nisbatan qattiq qo‘l xakam bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Bular o‘z navbatida kelgusi 
yutuqlarga zamindir. 
Rejalashtirishning shakllari maxsus ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarda turlicha. Xozirgi kunda rusiy zabon 
olimlar B.A.Ashmarin, L.P.Matveea va boshqalarning o‘quv ishlarini rejalashtirish texnologiyasidan amaliyotda 
ko‘proq foydalaniladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin