Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi. Bu qoida Npyutonning ikkita (inersiya va tezlanish)
qonunidan kelib chiqadi. Eng katta kuch xarakatni boshlash uchun, tinch (turun) inersiyani yengish uchun kerak
bo‘ladi.
Masalan, shtangani ko‘krakka olishga xarakat boshlash uchun oyoqning va yelkaning orqa muskullaridan,
ularning kuchidan foydalaniladi. Chunki uni to‘xtatish yoki tinch turgan jism enersiyasini ozgina bo‘lsa-da,
o‘zgartirish uchun yana qo‘shimcha zo‘riqish talab qilinadi. Aslida bu zo‘riqishdan mashq tezli-gini yanada oshirishda
samarali foydalansa bo‘lar ekan.
Mabodo yadro turtishning qaysidir joyida xarakatning ozgina sekinlashtirilishi yoki ushlanishiga yo‘l qo‘yilsa,
oldingi xarakatning foydali effektidan maxrum bo‘lib qolish mumkin.
Xarakatlarning uzluksizligi va davomiyligi texnik tayyorgarligi yuqori bo‘lgan sportchilarda, ayniqsa
uloqtirish, sakrash, suzishning barcha turlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi va xarakat samarasiga taosir qiladi.
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor – muskul zo‘riqishi, lekin uning tanasining massasi
(vazni) xam maolum darajada rolp o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, absolyut va nisbiy kuch deb xam farqlanadi. Birinchisida
insonning tanasi vaznini xisobiga olmay, qandaydir bir xarakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, ikkinchisida,
uning tana vaznining xar bir kilogrammiga to‘ri keladigan qilib namoyon qilinadigan kuchning meoyori tushuniladi.
Kuchni o‘lchash.Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko‘rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko‘tara
oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana
oirligiga) nisbati bilan o‘lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shuullanganlikka ega bo‘lganlarda absolyut
kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini
qo‘shilishi bilan uning oirligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch xisobigagina qo‘lga kiritiladi. Qaysiki tana
vazni chegaralanadigan, vazn xisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko‘p marotalab o‘rni almashtirilib turiladigan
sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo‘lga kiritiladi. Kuchning namoyon bo‘lishi
xarakatning biomexanik sharoitiga to‘ridan-to‘ri bolangan: yelka suyagining va boshqa gavda richagining uzunligi,
muskullarning fiziologik-yo‘on yoki ingichgaligi, cho‘ziluvchanligi, chayir yoki mo‘rtligi va x.k. larida eotiborga
olinadi.