Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Qatoiyyan reglamentlashtirilgan mashq usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Qatoiyyan reglamentlashtirilgan mashq usuliyati xarakat shaklini, nagruzka kattaligini, uning ortishini, dam 
olish bilan to‘ri navbatlashuvini va xokazolarni reglament-lashtirish orqali xarakat faoliyatini ko‘p marotabalab baja-
rish bilan xarakterlanadi. Buning natijasida aloxida xarakat-larni tanlab olib, asta-sekinlik bilan ulardan zarur bo‘lgan 
xarakat faoliyatini tuzishga imkoniyat yaratiladi. 
Xarakat faoliyatini o‘zlashtirishdagi bo‘laklarga (qism-larga) ajratishni to‘la o‘rgatish usuliyati bilan bir birini 
to‘ldirishi va turli sharoitga muvofiq, o‘quv vazifalarini aniq belgilab o‘quvchilarning guruxli va individual 
xarakteristi-kasiga, taolim etaplari, o‘quv materialining xarakteri va mazmuni, o‘quv vositalarining soni (jixozlar, 
snaryadlar va boshqalar)ga qarab qo‘llanilishi kerak. Asosan, bu usuliyatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
maqsadida foydalani-ladi. Mashq belgilangan vaqt ichida tanlangan xarakat suroati (tempi), ritmi, amplitudasi xarakat 
fazalarini o‘zgarishsiz berilgan ketma-ketlikda oldindan tuzilgan dastur asosida bajarishni taqazo qiladi.
Qismlarga (bo‘laklarga) ajratish bilan o‘zlashtirish usuliyati boshlanishida xarakat faoliyatini aloxida 
bo‘laklarga ajratib, ularni asta-sekin zarur bo‘lgan umumiylikka birlash-tirishni nazarda tutadi. Bu usuliyatni to‘laqonli 
amalga oshirish ko‘p xolda xarakat faoliyatining aloxida bo‘laklarini qismlarga ajrata olish va uni ajratish lozim 
emasligini bilishni xamda amalda uni bajara olishni uddalay oladimi-yo‘qmi shunga boliq. Pedagogika amaliyotidagi 
qator ilmiy va amaliy izlanishlar xar qanday xarakat faoliyatini tarkib topdirgan bo‘laklarga - qismlarga ajratish 
mumkinligini isbotladi. Qismlarga ajratish chegarasi va uning xarakteri taolimning vazifalariga muvofiq xolda, 
mashqni bo‘laklay olishni bilishni taqazo etadi. Bir butun tarkibdagi aloxida elementlar orasida belgilangan 
munosabatlar o‘rnatiladi. Bir butun bo‘lishni aniqlash faqat uni qismlarga ajratishni ang-lash, bir butun bo‘lish 
qonuniyatlarini bilish orqali amalga oshiriladi.
Bo‘laklarga bo‘lish qismlarga ajratib o‘rgatish usuliya-tining xarakterli belgisi xisobdlanadi. U butun bir 
xarakat faoliyatini egallashni yengllashtiruvchi boshlanich bir etap xolos, yakuni bo‘lib xarakatni to‘la o‘rganish 
tushuniladi. Yakunida o‘quvchilar xarakat faoliyatini boshlanishidan oxiri-gacha bir butun deb qabul qilishlari lozim. 
Bu qo‘shilishning ijrosida asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo‘lishi mumkin emas, ularning xammasi muximdir. 
Barchasi u yoki bu darajada o‘zida umumiy yutuqga poydevor quradi.
Xarakat faoliyatini qismlarga ajratish usullari turli tuman bo‘ladi, lekin ularning xar biri oxirida aniq yo‘llanma 
beruvchi mashqlarning vujudga kelishiga olib keladi. O‘zining vazifasiga ko‘ra xamda tabiatiga ko‘ra to‘la bir butun 
xara-katning “bo‘laklari-elementlari” bilan prinsipial farqga ega bo‘lmaydi va maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan 
bo‘laklarga bo‘lish jarayonining natijasi xisoblanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin