49
Frenel difraksiyasini doiraviy teshikdan yorug’lik o’tganda ko’ramiz. Doiraviy
teshikni Frenel zonalariga bo’lamiz. Masalan, doiraviy teshikda 3 ta zona joylashgan.
A nuqtada difraksion manzarani kuzatamiz. Bunda umumiy qoida shunday: agar
doiraviy teshikda juft zonalar joylashsa, A nuqtada ( markazda ) qorong’ulik bo’ladi.
Agar doiraviy teshikda toq zonalar joylashsa, A nuqtada ( markazda ) yorug’lik
bo’ladi. Biz ko’rayotgan holda doiraviy teshikda 3ta
zona joylashgani uchun A
nuqtada yorug’lik bo’ladi.
Difraksiya hodisasiga asoslanib maxsus asboblar yasalgan. SHunday
qurilmalardan birini difraksion panjara deyiladi. Difraksion panjara deb,
bir-biridan
teng masofalarda turgan ko’p tirqishlardan tuzilgan asbobga aytiladi. Difraksion
panjaradagi parallel joylashgan tirqishlardan yorug’lik o’tganda Fraungofer
difraksiyasi kuzatiladi. Difraksion panjaradagi bitta tirqishning eni b bo’lsa, ikki
tirqish orasidagi to’siq eni a bo’lsa, ularning yig’indisiga difraksion panjara doimiysi
yoki davri d deyiladi. Tirqishlar soni N va panjara doimiysi d o’zaro
shunday
bog’langan:
d
N
a b
1
(3.1)
Ikki qo’shni tirqishdan o’tgan yorug’lik to’lqinlarining o’zaro yo’l farqi
d sin
(3.2)
ga teng bo’lib, bu yerda
- difraksiya burchagi .
Difraksion panjara uchun yorug’likning kuchayishi, ya’ni maksimum sharti
quyidagicha bo’ladi:
d
k
sin
,
(
k
0 1 2
, , ,...
) (3.3)
Difraksion panjara uchun minimumlar sharti :
d
k
sin
(
)
2
1
2
(
k
0 1 2
, , ,...
) (3.4)
(3.3) va (3.4)
ifodalardagi
k
lar mos ravishda maksimum va minimumlar tartibi.
Difraksion panjara hosil qilgan manzarada yana qo’shimcha minimumlar va
ular orasida ikkilamchi maksimumlar ham kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: