48
Interferensiya hodisasini hayotda biz uchratib turamiz. Masalan, suv yuzidagi
yupqa yog’ yoki moy qatlamlariga yorug’lik tushganda ularning tovlanishini
ko’ramiz. Bu hodisaga optikada yupka plastinkalar rangi deb
nom berilgan. Bunday rangli tovlanishlar sovun pufaklarida juda yupqa neft
pardalarida, eski shisha yoki metallar sirtida ham kuzatiladi. Agar yupqa shaffof
plyonkani yoritsak, unda ham shunday hodisani ko’ramiz. Buning sababi shundaki,
yorug’lik yupqa plastinkaning ikki sirtidan qaytganda yorug’lik to’lqini ikki kogerent
dastani vujudga keltiradi. Bu dastalar o’zaro uchrashib interferensiyani beradi. Bunda
hosil bo’lgan interferension manzaralar lokallangan manzaralar deyiladi. CHunki ular
faqat parda sirtiga yaqin sohada kuzatiladi. Interferensiya hodisasi aniq o’lchashlarda,
fizik tajribalarda, sanoatda, texnikada va yana juda ko’p sohalarda keng qo’llaniladi.
Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlovchi maxsus optik asboblar - interferometrlar
yasalgan.
Dostları ilə paylaş: