46
jarayonida ham sochiladi, shuningdek ko’p moddalar yorug’lik, rentgen va boshqa
nurlar ta’sirida lyuminessensiya sababli nurlanadilar.
YOrug’lik chiqarish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatdiki, yorug’likni
elementar manbalari - atomlar, molekulalar va elektronlardir. Agar atom yoki
molekulaga ma’lum energiya berilsa, u uyg’ongan holatga o’tadi va bunday atom
yoki molekula ma’lum chastotali yorug’lik to’lqinini chiqarish qobiliyatiga ega bo’lib
qoladi. Atom yoki molekulani uyg’onish darajasiga qarab u har xil chastotali
yorug’lik to’lqinini chiqaradi. SHu sababli atom va molekulaning nur sochish sohasi
infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha sohada yotadi. SHuninng uchun keng
ma’noda yorug’lik infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar to’plamidir.
Bu nurlanishlarning tabiatini o’rganadigan fanga
optika deyiladi va nurlanishlar
spektriga
optik spektr deyiladi.
1-§. YORUG’LIKNING TABIATI HAQIDA TO’LQIN VA KVANT
TASAVVURLAR
Optikaning rivojlanish jarayonida yorug’lik tabiati haqida ikki qarama-qarshi
nazariya vujudga kelgan. Birinchi nazariyaga ko’ra, yorug’lik tabiati to’lqin
xarakterga ega. Bu sohada birinchi bo’lib Robert Guk, Xristian Gyuygens, Tomas
YUng, Arago, Koshi, Frenel kabi olimlar ko’plab ish qildilar. Keyinchalik ularning
ishlari ingliz olimi Maksvell tomonidan ishlab chikilgan elektromagnit nazariyaga
asos bo’ldi va yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra
yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, elektr vektori
E
va yorug’likning
tarqalish tezligi s o’zaro perpendikulyardir. YOrug’likning to’lqin nazariyasi asosida
yorug’lik interferensiyasi, yorug’lik difraksiyasi, yorug’likning qutblanishi bilan
bog’langan barcha hodisalar to’g’ri tushuntiriladi.
YOrug’likning to’lqin nazariyasi bilan bir qatorda yorug’likning kvant
nazariyasi ham rivojlandi. Bu sohada I.Nyutonning g’oyalari va ishlari katta
ahamiyatga ega. I.Nyuton o’zi kuzatgan yorug’lik dispersiyasi va boshqa hodisalarni
tushuntirishda yorug’lik juda kichik zarralar — korpuskulalar oqimidan iborat degan
g’oya asosida tushuntirgan edi. Bu nazariya keyinchalik yanada rivojlantirildi va u
asosda XX asrda yorug’likning foton yoki kvant nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga
ko’ra yorug’lik elementar zarralar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi, absolyut
qopa jism qonunlari fotoeffekt, Kompton effekti shu nazariya asosida tushuntirildi.
YOrug’likning foton nazariyasi kvant mexanikasi asosida vujudga keldi. SHu sababli
yorug’likni foton nazariyasi yana yorug’likning kvant nazariyasi deb ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: