Mavzuga oid test topshiriqlari.
1.Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llangan gapni toping.
A. Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
B. o‘quvchilar dam olishga dala
shiyponiga kelishdi
C. Mening borishimdan sizga nima foyda?
D. So‘rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal
2.o‘rin-payt kelishigi kelishigi shaklidagi so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?
A. Yozda qilingan mehnat o‘z natijasini berdi
B. Birlashma idorasi uch
qavatli binoda edi
C. Katta chinni kosada
suv olib chiqdi
D. Nemis do‘stlarimizni Buxoroda uchratdik
E. Ohangni chuqur sukutda tingladilar
3.Chiqish kelishigi shaklidaga so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?
A. Anvar bolalikdan otlarni sevardi
B. G`ulomjon uyidan erta
chiqib ketgan ekan
C. Sultonovning gapini chin yurakdan qarshiladi D. Men Farg`onaning bir chekka qishlog`idanman
E. U ham muhabbat zavqidan bahramand bo‘ldi
4.Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping.
A.Sen o‘zingni maqtama, seni
birov maqtasin
B.
Chiniqqanga dard yuqmas
C. Kulgu yuzni go‘zal qiladi
D. Dardsiz odamdan ijodkor chiqmaydi
E. Ko‘rmaganlar ko‘rishni orzu qildilar