2. Ta’limda tushunchalar rivojlanishining o‘ziga xos hususiyatlari. Shadrakov, o‘quvchilarda tushunchalarning o‘zlashtirilishi turli xil metodlar bilan
amalga oshadi deb ta‘kidlashi to‘g‘ridir. U hisoblaydiki, o‘quvchilarda tushunchalarni
shakllantirish qonuniyatlarini faqatgina Galperin va Talizina ko‘rsatgan bosqichlarning
muvofiqligi bilan emas, balki yana “barchasidan avval ularning so‘zli - tushunchali,
obrazli va amaliy faoliyatli” fikriy faoliyatining munosabatlarini ochish yo‘li bilan
hamdir.
Shadrakov tushunchalarni shakllantirishni quyidagi bosqich bo‘yicha amalga
oshirishni tavsiya etadi:
1. Narsa va hodisalarni kuzatish. O‘quvchilarga hodisa, narsa yoki qonun
to‘g‘risida yaqqol tassavur beriladi. Ko‘rgazmali qurollar, vositalar yoki tajribalar
yordamida; bunda yangi tushunchalar o‘quvchilarga allaqachon tanish tushunchalar
bilan zich bog‘liqlikda tushuntiriladi. Agar ilojisi bor bo‘lsa, o‘quvchilarga ular
o‘rganayotgan tushuncha predmeti bilan manipulirovkalash tavsiya etiladi (tarqatma
materiallar, sxemalar, modellar bilan ishlash). Tushunchalarni o‘zlashtirish bo‘yicha
ishning barcha jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘rganilayotgan narsa yoki
hodisaning muhim belgilariga qaratiladi.
2. Kuzatuvni boyitish. Bu maqsad bilan o‘quvchilarga o‘rganilayotgan
tushunchaga tegishli bo‘lgan turli xil narsa va hodisalarninig ko‘p miqdorli sonini
kuzatuvi tashkil etiladi. Turli xil yangi narsa va hodisalarning ko‘pini kuzatib,
o‘quvchilar umumiy muhim belgilari va hossalarini, aloqa va munosabatlarini,
shuningdek, nomuhim individual belgilarini oson topishadi.
3. O‘rganilayotgan narsa va hodisalarning umumiy muhim belgilarini ajratish. O‘quvchilarning bilimlari turli xil narsa va xodisalarning belgi hossalari va aloqa
munosabatlarining yetarli miqdorini kuzatishgandan so‘ng, ular umumiy muhim belgi
va munosabatlarini ajratishni boshlaydi. Bu fikriy jarayon narsa va hodisalarning
alohida belgilarini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni mavhumlashtirish va tahlil qilish,
o‘xshash belgi va aloqalarini solishtirish (taqqoslash), va nihoyat ularni sintezlashtirish
va umumlashtirish yordamida amalga oshadi. Bunday fikriy faoliyat natijasida
o‘quvchilar tushunchalarninig umumiy va muhim belgilarini aniqlab oladilar.