Page 495
doim ham hisobotda toʻliq aks ettirilmaydi, bu ham investitsiya qarorlarini qabul qilish
jarayonini taʼminlaydigan moliyaviy modellarni prognoz qilish va qurish muammosi
bildiradi.[6-7-26]
Doimiy oʻzgaruvchan iqtisodiy voqeliklar tufayli tashkilotning moliyaviy holatini
ushbu oʻzgarishlarga eng sezgir koʻrsatkichlardan biri sifatida pul oqimlari toʻgʻrisidagi
hisobotni tahlil qilish va oʻrganishga asta-sekin oʻtilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Hozirgi davrda investitsion kompaniyalari
uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning foydali ma’lumotlarini ahamiyatini oshirish,
baholash va uni takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan
ko‘plab professional tadqiqotlar mavjud. Investitsiyalarning naqadar katta ahamiyatga
egaligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quydagi nutqdan anglab olish mumkun:
"jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakat o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga
erishdi, bu esa faol investitsiya siyosatini olib bormoqda.
Shuning uchun investitsiyalar iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib,
o‘zbek tilida, iqtisodiyotning yuragi, agar shunday deb aytsak, hech qanday mubolag‘a
bo‘lmaydi. Investitsiya, yangi texnologiyalar, turli soha va tarmoqlarda ilg‘or tajribalar
bilan bir qatorda, yuqori malakali mutaxassislar viloyatlarga keladi, tadbirkorlik jadal
rivojlanadi" deb atagan. [8-9-18]
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida" gi
farmonida investitsiyalash uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan: xalqaro
iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliya
institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, tashqi qarzlarning puxta o‘ylangan siyosatini
davom ettirish, undan samarali foydalanish. [10-11-15]
Bunda tashqari, bu borada turli iqtisodchi olim va amaliyotchilar o‘zlarining
ilmiy nuqtai nazaridan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflar bergan. Masalan, prefessor
E.V.Mixaylovning fikricha, “investitsiya bu-sub’ekt ixtiyoridagi barcha moliyaviy,
moddiy va boshqa boyliklarni kelajakda iqtisodiy samara olish uchun biror ob’ektga
sarflashdir”. Bu o‘rinda investitsiyaning mohiyati bilan mazmunini bozor iqtisodiyotiga
moslashtirib ochib berishga harakat qilingan.
Boshqa bir iqtisodchi olimning investitsiyaga tarif berishicha, “tadbirkorlik va
boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga foyda, yaratiladigan yoki ijtimoiy samara beradigan
mulkiy yoki intellektual boyliklarning hamma turlari investitsiyalardir” [3] deb
o‘zining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tganlar.
“Investitsiya” atamasi lotin tilidagi “Invest” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
“qo‘yish”, “mablag‘ni safarbar etish” ma’nosini bildiradi.[13-14] Aksariyat hollarda