ǀ issue 4 ǀ 2022 issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix23.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#120720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
pul-oqimlari-to-g-risidagi-hisobotdagi-axborotlarning-investitsiya-qarorlarini-qabul-qilishdagi-ahamiyati



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 494
PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTDAGI AXBOROTLARNING 
INVESTITSIYA QARORLARINI QABUL QILISHDAGI AHAMIYATI 
 
Akmaljon Axmadjonovich Nazarov 
Farg‘ona politexnika instituti 
ANNOTATSIYA 
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida tashkilotning pul oqimlarini 
tahlil qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hisobotning axborot ahamiyati 
kompaniyaning potentsial muammolarini va itisodiy xavflarini aniqlashga imkon 
beradigan birinchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan pul oqimlari ekanligi bilan bog‘liq. 
Tadqiqot milliy va xorijiy buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarining bir qismi sifatida pul 
oqimi to‘g‘risidagi hisobotning axborot ahamiyatini va pozitsiyasini baholashga 
qaratilgan.
Kalit soʻzlar: pul oqimlari, pul oqimi hisoboti, pul oqimlarini aks ettirish 
usullari, axborotni oshkor qilish, muqobil ko‘rsatkichlar, moliyaviy hisobot. 
 
Kirish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish har bir tarmoq 
iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini 
oshirishga bog‘liq bo‘ladi. [1-5-23] Investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish 
investitsion siyosatni ham tubdan tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda. Shu bilan birga 
investitsion siyosatni amalga oshirish chog‘ida bozor munosabatlariga mos dastaklardan 
foydalanishni, ya’ni investitsion jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini 
belgilashni, mamlakatda investorlar uchun to‘laqonli raqobatni ta’minlashni, moddiy va 
intellektual boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat va shunga tenglashtirilgan 
tadbirlarni amalga oshirishni taqoza etmoqda. [2-3-4] 
Investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga tegishli qarorlarni qabul 
qilishga imkon beradigan zarur va eng muhim maʼlumotlar bu pul oqimlari toʻgʻrisidagi 
hisobot va kelajakda kutilayotgan pul oqimlarini baholashga imkon beradigan boshqa 
maʼlumotlar. 
Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot investitsiyalarni tahlil qilish uchun zarur 
boʻlgan eng muhim hujjatdir. Ushbu hisobotga moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi 
hisobotga qaraganda chiqarilganqarorlar, hukmlar va taxminlar kamroq taʼsir qiladi.
Shu bilana birga, kelajakda tashkilotning pul oqimlarini yaratish qobiliyati ularga 
koʻplab moliyaviy va moliyaviy boʻlmagan omillarning taʼsiriga, shu jumladan 
debitorlik qarzlarini boshqarish siyosatiga, inventarizatsiyani shakllantirishga, etkazib 
beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan oʻzaro munosabatlarga bogʻliq boʻlib, ular har 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin